Memo ga kiritilgan matn uning Text xossasida saqlanadi. Unda bittadan ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin. Memo1.Text:=’1-satr’+#13+#10+’2-satr’; Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki ta natural sonning kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz:
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 1. Memo obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
2. Edit maydonchasiga kiritilgan matn satrini Memoga har bir harfi
alohida qatorda joylashadigan qilib chiqaring.
3. Memogа 50 ta satrdan iborat matn kiriting. Ularning juft nomerli satrlarni matndan olib tashlang.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Memo obyektining Text xossasi qanday vazifa bajaradi?
2. Memo obyektining Lines elementi matn bilan qanday ishlaydi?