Mavzu-7: yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`I


Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə3/6
tarix12.04.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#96700
1   2   3   4   5   6
МАВЗУ-7 2022 Ер солиги

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

  • 1)madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ob’yektlari egallagan yerlar;
  • 2)sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
  • 3)shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
  • 4)aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari egallagan yerlar;
  • 5)magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyasiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
  • 6)ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar;
  • 7)tomchilatib sug‘orish qo‘llaniladigan yerlar – tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga;
  • 8)qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar − vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
  • 9)melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar − vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
  • 10)yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga;
  • 11)ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin