Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə22/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

O‘yin terapiyasi. Та’limiy o'yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o‘tkaziladi:
O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar - "Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko'ylaklar" .
Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o ‘yinlar - "Nima qayerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko'rsat", "Kimning qo'lida nima bor?".
Og‘zaki usuidagi ta’limiy o'vinlar- "Qo'g'irchoq Lolaxonni cho‘miltiramiz", "Qo‘g'irchoq Lolaxon mehmonga keldi”, "Ajoyib xaltaclia”, "Shaklini top", "Rangini top" kabi o'yinlar kiradi.
Eshitish va ko'rish a ’zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy hayvonlari". "Ishlash uchun nima zarur?". "Bu uychada qanday hayvon yashaydi?". "Bu kim yoki nima?" singari o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'Iadi. Bu o'yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar. yil fasllari, kiyim-kechak va boshqalar kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko‘rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o'ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag'on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o'yini". "Bog'bonlar" o'yinlari orqali mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Bolalar qalbida musiqaga bo'lgan muhabbat hissini oshirishda musiqiy- ta’limiy o ‘yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko‘rsatib, chalib berish orqali, cholg'u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. "Ovozidan top", "Nimada chalyapman", "Qo'ng'iroq qanday jaranglayapti" kabi o ‘yin!ar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg'u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o‘rgatadi. "Tapur-tupur qayrag‘och", "Tomga tosh otdim", "O‘ynab ber". "Sanamalar", "Mushtum va kaftchalar", "Yomg'ir" kabi milliy o'yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o‘yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to 'g ‘ri bajarishga 0 ‘rgatib boriladi.
O‘yin bir necha muhim funksiyalarni bajaradi:
1. Biologik o'yin. G o‘daklik davridan boshlab o‘yin bolaning qo‘l motorikasini. tana va ko‘z harakatlarini rivojlantiradi, shuningdek, energiyani sarflashiga hamda o'zini erkin tutishiga imkoniyat yaratadi.
2. Shaxsiy o‘yin. o‘yin faoliyati bolaga tashqi olamni anglashga, o'z tanasi hamda ruhining qanday imkoniyatlarga ega ekanini bilishga yordam beradi. Demak, o‘yin bolaning bevosita kognitiv sohasiga ta'sir qilar ekan. O'yin bolaga fantaziya va simvolizatsiya yordamida “orzularining amalga oshishiga”. o'z “men” i bilan bogMiq nizolarni hal qilishga imkon yaratadi.
3. Shaxslararo o ‘yin. Bola asosiy ijtimoiy malakalarni o‘yin jarayonida egallaydi: o‘yinchoqlami boMishishdan tortib, fikr almashinishgacha. Bu funksiyalardan asosan guruhiy va oilaviy terapivada foydalaniladi.
4. Ijtimoiy -madaniy o'yin Har bir tarixiy davrda bolalar kattalar rolini o'zlashtirib, o‘z repertuarini kengaytirganlar. O‘yin orqali bolalar ushbu rol egasi jamiyatda nima ish bilan shug'ullanishi, uning g‘oyalari, xulqi va qadriyatlarini tushuna boshlaydi.
Birinchi boMib o'yin terapiyasi psixoanalitiklar ishlarida namoyon bo'lgan (M.Klayn. A.Frevd. G.Xag-Xelmut). Psixoanalitik amaliyotda o'yin simvolik faoliyat sifatida ko‘riIib, o‘yinchoqlar yordamida bola kattalarning bosimidan va ta’qiqlaridan xalos bo'ladi hamda ongsiz xatti-harakatlari orqali o'z istaklarini ifodalaydi. 1982 yilda o‘yin Terapiyasi Xalqaro Hamjamiyati tashkil qilinib, uning maqsadi butun dunvoda o'yin terapiyasini qo'llovchi psixologlarni yig‘ish edi.
Hozirgi davrda o'yin psixoterapiyasiga 3 xil yondashuvni ko'rishimiz mumkin:
• Psixoanalitik.
• Gumanistik.
• Qayta shakllantirish o'yin terapiyasi.
Psixoanalitik vo‘nalishda psixoterapevt tarjimon sifatida namoyon bo‘ladi. U bolaning o'yin jarayonidagi xatti-harakatlariga e’tibor berib, harakatlarning mazmunini aniqlashi kerak.
O‘yinning gumanistik modeli K.Rodjers va V.Ekslayn tomonidan yaratilgan. Ularning fikricha, o'yin terapiyasining maqsadi - bolaning shaxsiy o'sishi va rivojlanishi uchun kattalar bilan munosabatini qayta tiklashdir. Bola hech qanday qo'rquvsiz o'z xohishlarini, istaklarini bayon qiladi.
Uchinchi yo'nalish D.Levi tomonidan taklif qilingan bo'Iib, qo‘rqinchli voqealarni boshdan kechirgan bolalarda o‘tkaziladi. Bunda psixoterapevt maxsus o‘yinchoqlar yordamida bolani dahshatga solgan voqeani qayta tiklaydi. Endi bu “o'y inning” tuzuvchisi bola boMganligi sababli, u o‘z xohishicha voqealar rivojini o'zgartirishi mumkin.
O'yin mashqlaridan misollar.
Qo'rquvni yengish bilan bog'liq o‘yin.
Tish doktori (itdan qo‘rqqan holatlarda ham foydalanish mumkin). 0 ‘yin uchun o ‘yinchoq kuchukcha va boshqa hayvonchalar zarur. Psixolog bolaga: “qara, qanday shirin kuchukcha. Uning ismi Bobik. Uning quloqlari katta, og‘zi ham katta, tishlari o ‘tkir. Lekin kuchukchaning tishlari og‘riyapti, u yig‘layapti. Yordam berish kerak. Kel, sen hayvonlarni davolovchi shifokor bo‘lasan.” Bola itga ukol qiladi, tishlarini tozalaydi, plastilindan plomba yasaydi va hk. Boshqa hayvonlarni ham da’volashni taklif qilish mumkin.
Psixogimnastika - bu guruh a ’zolarining o ‘zini namoyon qila oladigan va nutqsiz munosabatga kirisha olishini ta’minlovchi metoddir. Bu samarali vosita yordamida shaxsning ijtimoiy hodisalarni idrok qilishi uchun eng qulay sharoit yaratiladi, “tana tili”ga e ’tibor beriladi, shaxslararo munosabatlarni ifodalashga imkoniyat yaratiladi.
“Psixogimnastika” termini keng va tor m a’noda qoMlaniladi. Guruh a’zolarining asosiy kommunikatsiya vositasi imo-ishorali harakatlar bilan ta’sir o‘tkazish hisoblanadi.
Tor ma’nodagi psixogimnastika o'yinlar, etyudlar ko‘rinishida boMib, guruh a’zolari aloqa vositasi sifatida nutqsiz harakatni qoMlaydilar. Psixogimnastikaning bu turi guruhiy korreksiya vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan. y a’ni o ‘zaro aloqa o'matish, tarang vaziyatni koMarib tashlash, qarama-qarshi tomon aloqalarini ishlab-chiqish va b.
Keng m a’nodagi psixogimnastika - bu maxsus mashg‘ulotlar kursi boMib, uning yo‘nalishi bilishga oid va shaxsiy emotsional tomondan rivojlantirishga va korreksiya qilishga qaratilgandir.
Guruh bilan ishlashning nutqsiz usuli sifatida psixogimnastika hissiy kechinmalarning paydo boMishi, emotsional holatlarning kechishi, harakatlarni bajarishdagi muammolar, yuz mushaklarining ma’noli harakatlari, imo-ishoralar bilan qilinadigan harakatlarni nazarda tutadi, mijozga o‘zini namoyon qilishga va so‘z yordamisiz muloqot o‘rnata olishga imkon yaratadi. Bu qayta tiklovchi psixokorreksiya metodi boMib, maqsadi - mijoz shaxsini o‘rganish, tushunish va o‘zgartirishdir.
Psixogimnastika 3 qismdan iborat boMib, har bir qism o‘zining mustaqil vazifalari va shaxsiy metodik vositalari bilan xarakterlanadi. 1. Tayyorgarlik qismi. 2.Pantomimika (imo-ishorali harakatlar) qismi.
3.Yakuniy qism.
Psixogimnastika mashg'ulotining tayyorgarlik qismi.Vazifalari:
- guruh a’zolaridagi tarang, hayajonli holatni pasaytirish;
-qo‘rquv va «mumkin emas» degan tushunchalarni olib tashlash;
- diqqatni rivojlantirish;
- o‘zi va boshqa odamlarning harakat faolligini seza olishni shakllantirish;
- guruh a’zolari o ‘rtasidagi emotsional masofani qisqartirish;
- o‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini, hissiy holatini, muammolarini nutqsiz ifodalash va tushunishni shakllantirish.
Tayyorgarlik qismi qoidaga asosan diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashqiardan boshlanadi. Bu turdagi mashqlarga quyidagilar kiradi:
- kechikish (orqada qolish) mashqi. Guruh a’zolari oddiy gimnastika mashqini boshlovchidan bir harakatga ortda qolib ketma-ket ravishda qaytaradilar. Mashq tezligi sekin-asta ortib boradi.
-ritmni doira bo‘ylab uzatish. Guruh a’zolarining hammasi bir- birining ortidan doira bo‘ylab berilgan ritmni chapak chalib takrorlaydilar.
- harakatni doira bo‘ylab uzatish. Guruh a ’zolaridan biri tasavvuridagi predmet bilan shunday harakat bajara boshlaydiki, bu harakatni keyingi ishtirokchi davom ettira olishi kerak. Keyingi ishtirokchi ham tasvirlangan predmet bilan bogMiq boshqa biron harakatni bajarishi va bu predmet doira bo‘ylab turli harakatlar bilan aylanib chiqishi lozim.
Psixoginmastik mashg'ulotning pantomimik qismi. Psixogim- nastikaning pantomimika qismiga korreksiyalash guruhida asosiy vaqt ajratiladi. Mijoz tak lif qilgan mavzular so ‘zsiz tanlanadi. Mavzular psixolog tomonidan ham tavsiya qilinishi mumkin. Pantomimika uchun mavzular mazmuni chegaralanmagan va alohida bir mijozning muammolariga, butun guruh a ’zolarining muammolariga, shaxslararo harakatlarga moMjallangan boMishi mumkin. Pantomimika qismida quyidagi mavzular tez-tez qoMlaniladi.
1. Qiyinchiliklarni vengib o ‘tish. Bu mavzu umuminsoniy muammolar va munozaralarni aks ettirib, timsol ko‘rinishida tasavvur qilinishi mumkin. («Qiyinchiliklarni engib o‘tish», «Ta’qiqlangan meva», «Chorraxa». «Kasallik», «SogMik», «Baxt», «Xavf» va boshqalar). Barcha mijozlar navbatma-navbat hayotiy qiyinchiliklarni qanday bartaraf etishni tasvirlaydilar, qiyinchilik timsoli sifatida qandaydir predmetdan foydalanish, masalan, still yoki skameyka to ‘siq boMib uni engib o ‘tish kerak.
2. T a’qiqlangan meva. Hamma mijozlar navbatma-navbat o‘z xohish istaklari tashqi va ichki m e’yorlar bilan mos tushgan holatlarda o ‘zlarini qanday tutishlari haqida gapirib beradilar. T a’qiqlangan meva sifatida qandaydir predmetdan foydalanish mumkin.
3. Mening oilam. Mijoz guruh a ’zolaridan bir nechtasini tanlab oladi. Ularni davrada shunday joylashtiradiki, ular o ‘rtasidagi masofa oila a ’zolari o ‘rtasidagi emotsional yaqinlik bilan mos kelsin.
4. Xaykaltarosh. Guruh a ’zolaridan biri xaykaltarosh rolini ijro etadi. Guruh a ’zolarining o ‘ziga xos xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi holatlarni; ularning gavda tuzilishi, tashqi qiyofasini shunday holatga keltiradiki, uning fikricha bu ko‘rinish shu odam shaxsiga xos xususiyatlarni va nizolarini (janjalkashliklari) aks ettirsin.
Psixogimnastika mashg'ulotining yakuniy qismi. Psixogim- nastikaning yakuniy qismi guruh a’zolarida pantomima qismi davomida paydo b o ‘lgan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, kuchli emotsiyalar, guruh jipslashuvining ortishi, ishonch va q at’iylikning ortishi natijasida hosil boMgan tarang holatni olib tashlashni nazarda tutadi.
Bu yerda mijozlarga boshlangich qismdagi jipslashish hissini boshdan o ‘tkazishga yordam bergan mashqlardan foydalaniladi.
Korreksiya ishining mustaqil metodi sifatida psixogimnastikani qoMlash 1979 yili G.Yunova tomonidan tak lif qilindi. G.Yunovaning psixogimnastikasi D.Morenoning o‘smirlar psixodrammasining o‘zgargan shaklidir. G.Yunova metodikasidagi har bir m ashg‘ulot, ritmika, pantomima, guruhiy o‘yin va raqslarni o‘z ichiga olib 3 davrdan iborat:
1. Tarang holatni chiqarib tashlash - sotsiometriya ahamiyatiga ega boMgan yugurish va yurishning turli variantlari orqali erishiladi; kimni sheriklikka tanlash, kim bilan bir komandada birga boMish va hokazo.
2. Pantomimika davri. Bu davrda guruh a’zolari turli holatlarda, masalan, derazadan o‘g‘ri tushgandagi, koMmakka (botqoqqa) qadam qo‘yishga qoMqqandagi holatni nutqsiz tasvirlab berishlari lozim.
3. Yakuniy davr. Guruh a’zolari bilan bir tan, bir jon ekanlik hissini mustahkamlash. Unda turli ko‘rinishdagi jam oaviy o‘yin va raqslardan foydalaniladi.
Biblioterapiya. V.M.Myasishevning yozishi bo‘yicha - “Biblioterapiya uslubi o‘zida kitobshunoslik, psixologiya, psixoterapiya, psixokorreksiyaning murakkab qo‘shilmasini mujassam etadi” .
Biblioterapiya - mijozga maxsus yo‘nalish berish, yo‘naltiruvchi ta’sir etib, maxsus tanlangan adabiyotni o‘qitib, ruhiy holatini normallashtirish yoki optimizatsiyalashga qaratiladi.
Korreksiya (yo‘naltirilgan) o‘qishning oddiy o‘qishdan farqi uning u yoki bu ruhiy jarayon, holat, shaxs xususiyatlariga yo‘naltirilganligi: o‘zgargan - ularning normallashuvi; normal - ularni bosiqlik, vazminlashtirish uchun.
Korreksiya (yo‘naltirilgan) o'qishning ta’siri shundaki, u yoki bu obrazlar va ular bilan bog‘liq hissiyotlar, qiziqish, xohish-istak, fikrlar kitob orqali qabul qilinib, o‘z obraz va fikrlarining kamchiligini toMdiradi, xavotirli fikr va hissiyotlarni o‘zgartiradi yoki yangi oqim, yangi maqsad sari y o ‘naltiradi. Shunday qilib, mijozning hissiyot ta ’sirini kuchaytirish yoki b o ‘shashtirishga ta’sir etib, ruhiy muvozanatni tiklashga qaratiladi.
Biblioterapiya uslubini bir necha bosqichga boMish mumkin:
1. Psixokorrektorning o ‘z-o‘zini tayyorlash.Uning ichiga o ‘zining shaxsiy biblioterapevtik retsepturasini tayyorlash, y a ’ni adabiyotlar ro ‘yxati va kitoblar bilan maxsus korreksion nuqtai nazar bilan tanishuv.
Boshlanishda 2-3 ta nom bilan bir necha jan r olinadi.
Vaqt o‘tishi bilan jan r va kitoblar miqdorini oshirish bilan retsepturani kengaytirish tavsiya etiladi. O‘zi uchun ba’zi boblar, boMimlar va umuman kitob uchun ko‘chirmalar bilan qo‘shib, taqriz yozib borish zarur, hamda unda, ayniqsa, ko‘zga tashlangan, yorqin mavzular, fikrlar, bobning o‘y va tashvishlari, muallifning shaxsiy xususiyatlari qisqacha yozib boriladi.
Boshlanishda bu biblioterapevtga tegishli matnlarga e’tibor qaratishga yordam beradi. Buning uchun alohida kutubxonalarda ko‘proq kitoblar boMishi zarur va mijozning o‘zida bu kitob boMmaganda uni oson topsin. Bundan tashqari mijozga kitob betlarining chetlarida belgilar qo‘yishga ruhsat berilishi kerak, bu mijozga tashhis qo‘yishni osonlashtiradi.
2. Biblioterapiya va uning janrlari imkoniyatlarini bilish. Mijoz bilan navbatdagi suhbatda unga qator savollar beriladi. Masalan, “O‘zingizga yoqqan 5 ta kitob nomini ayting.”, L‘Qaysi kitoblar hayotingizda ko‘proq taassurot qoldiradi? Nima uchun?”, “Qaysilari sizga ko‘proq ta’sir qiladi?”, “Qaysi mualliflar sizga ko‘proq o‘xshaydi?”, “Qaysi asar personajlari sizga ko‘proq o ‘xshaydi?”.
3. Ro‘yxat tuzish. Keyingi bosqiclida adabiyotlar ro‘yxati tuziladi: katta va kichik ro ‘yxatlar. Biblioterapiya uslubi qo‘shinicha uslub sifatida qoMlansa ham, bunday ro‘yxatlarning mavjudligi boshqa ta’sir uslublarini y o ‘naltirish imkoniyatini beradi.
4. O‘qish tizimini ishlab chiqish. Kitoblar miqdori, ustuvor y o ‘nalishlar va janrlar aniqlanadi. Mijozga biblioterapiya maqsadida kitob tavsiya qilinganida A.M.Milleming ko‘rsatishi bo‘yicha uchta quyidagi prinsipni hisobga olish kerak:
bayon etilayotgan asarning tushunarliligi (tak lif qilingan kitob nurakkabligi darajasi);
kitob qahramoni m ijozga mos(tushunarli) boMishi;
kitobning mazmun holati mijozning hozirgi holatiga maksimal o‘xshashligi.
Oxirgi prinsipni hisobga olish shaxsiy va odamlararo psixologik qarama-qarshiliklar m avjudligida zarur.
Biblioterapiya jarayonida mijoz o‘quvchilik kundaligini yozib boradi. Kundalikdagi yozuvlarni tahlil qilish, ko‘pincha badiiy asarning sub’ektiv qabul qilinish jarayonini ochib beradi, bu aktiv bir tomonlama faoliyatni qabul qilinishi va samarali korreksiya jarayoniga baho berish va tashhis qo‘yishga ishlatilishi mumkin.
Biblioterapiyani asosiy uslub sifatida ishlatilsa, o‘qish maMum ketma-ketlikda. mavzuda. tahlil etilib boriladi. Ko‘proq diqqat va e ’tibor biografik, dunyoqarashlar va maxsus adabiyotga qaratiladi.
Raqs terapiyasi. Raqs terapiyasi, emotsional nomutanosibligi mavjud boMgan, m uom ala qilmaslik, o‘zaro muomala muammosi boMgan odamlar uchun qoMlaniladi. Bu uslubni qoMlash psixologdan chuqur tayyorgarlikni talab qiladi, chunki bunday ta ’sirda kuchli em otsiyalar uy g ‘onishi mumkin, bu esa hal etilishni talab etadi. Raqs harakatlari jism oniy kontakt va shiddatli o ‘zaro muomala bilan kuchli hissiyot uy g ‘otishi mumkin.
Raqs terapiyasining maqsadi o‘z tanasini sezishni rivojlantirish, tana pozitiv obrazini yaratish, muomala odatlarini rivojlantirish, sezgilarni tadqiq etish va guruh tajribasini orttirishdan iborat.
Raqs terapiyasining asosiy vazifasi tartibsiz harakatlarni amalga oshirishdir. Raqs terapiyasida harakatning ma’no aks ettirishi erkinlikka chorlaydi, harakatchanlikni rivojlantiradi, jism oniy va ruhiy darajada kuchni mustahkamlaydi, tana va ong yagona butunlikni tashkil etadi.
Ertak terapiyasi Pedagog- psixolog ishida keng foydalaniladigan konsultativ - terapevtik faoliyatlarning yana bir turi ertak terapiyasi hisoblanadi. Ertak terapiyaning asosiy xususiyati metaforik va o‘zgacha bayon etish uslubiga, tilga ega ekanligidir. Ertakda bayon etiladigan hodisaning haqiqati to‘g‘ridan-to‘gMi va tinglovchilar uchun tanish boMgan shaklda emas, balki o‘zgacha namoyon boMadi. Ertak sehri shu bilan belgilanadiki, u bir vaqtning o‘zida ham ongga (u holda ertak yorqin xarakterdagi qahramonlariga ega boMgan muayyan syujet asosida ifodalanadi), ham shaxsning chuqur, yetarli darajada anglanilmagan qurilmalariga (qo‘rquv, kechinma, kompleks, ehtiros) qaratilgan boMadi.
Kattalar ko'pincha qo'rquv va moyilliklarini oshkor etishga qiynaladilar, ko‘p bolalar esa o‘z harakatlari, kechinmalari uchun aybdorlik va uyalish hissini sezadilar. Ertakda q at’iy axloq qoidalari va aniq o‘gitlar berilmaydi. Bu esa kattalaming bolalar bilan o‘zaro munosabatidagi xatosi hisoblanadi. Ertakda kattalar va bolalar munosabati uchun umumiy boMgan til tugMladi. Ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o‘zi va olam haqidagi biror-bir yangilikni o‘z ichki dunyosining aralashuvidan qo‘rqmagan holda bilib olish imkoniga ega boMadi.
Ertakni eshitar ekan bola o‘zini qahramonlar bilan solishtiradi (u o‘ziga o‘xshash qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan qahramonlarni tanlab oladi). U o‘z qo‘rquv va kechinmalari orasida o‘zini yolgMz his etmaydi. Hamda eng asosiysi, ertak qahramonlari qiyinchiliklarni yengayotganini ko‘rib, bolada muammolarni hal etish tajribasi va o‘z kuchiga ishonch paydo boMadi.
Ertakning muhim belgisi boMib o‘zgarish mexanizmi hisoblanadi, kichkina, kuchsiz, axmoq yoki omadsiz qahramon, ertak so‘ngida kuchli, aqlli, botir va omadli g‘olibga aylanadi. Bu o‘zgarishlar bolaga yaxshilanishga boMgan umidni yuzaga keltiradi. U doim “ Isqirt o‘rdakcha” qachondir albatta go‘zal oqqushga aylanishini biladi. Ertak bilan ishlashning 3 ta asosiy y o ‘nalishi mavjud:
I. Turli adabiy manbalardagi tanish boMgan xalq og‘zaki ijodidan olingan, sehrli, afsonaviy ertaklardan foydalanish. Terapevtik ta’sir jarayoni ertakning bola bilan birga o ‘qilishi va tahlil qilinishi bilan belgilanadi. Bunda asosiy e ’tibor qahramonlar kechinmalari qiyinchi­liklarni engishi va muvaffaqiyatga erishishga qaratiladi. Bu holda terapevtik samara psixologning bola kechinmalarini qay darajada tushunib yetganligi va tanlangan ertakning bola muammolariga qay darajada mos kelishi bilan belgilanadi.
II. Terapevt tomonidan har bir konkret vaziyat uchun ertak yoki terapevtik metaforaning yaratilishi. Bu yoMialish psixologdan ertak to ‘qish jarayoniga toMiq kirishishni talab etadi. Terapevtik maqsadlarda ertakning yaratilish va qoMlanilish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Bolani qiynayotgan muammoni o ‘ylab chiqing. Uning his- tuyg‘u va kechinmalari “toMqiniga moslashing” . Mazkur vaziyat bola nuqtai nazarida qanday qabul qilinishini tushunishga harakat qiling.
2. Hikoyaning asosiy g‘oyasini shakllantiring. Bola ongiga qanday fikrlami yetkazib bermoqchisiz? Hikoya orqali qanday yechimlamitak lif etmoqchisiz? Bu yechimlar juda murakkab boMmasligi lozim. Bu yechimlar yangi amaliy va ijtimoiy m alakalami egallashni nazarda tutish lozim. (do‘stlar va oila a’zolarini qo‘llash haqiqatni so‘zlash, vaqt hamma narsaga davo ekanligi haqida).
3. Hikoyani bolaning qo‘rquv, xavotiri va nizolariga o‘xshash jihatlarga ega boMgan qahramonni tanishtirishdan boshlang. Bu bolaga o‘zini hikoya qahramoniga qiyoslash imkonini beradi va uni o‘sha holatga jalb etib, hikoya ishtirokchisiga aylantiradi. Masalan, hikoya shunday boshlanishi mumkin: “ bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir joyda senga o‘xshagan qizcha (bola) yashar ekan...” .
4. Hikoya qahramonining bolaga o ‘xshash boMgan kuchli va ijobiy sifatlarini eslatib o‘ting. Bolalar o‘z muammosiga bogManib qolishsa, ular faqat yomon narsalarni o'y lab, o‘zlarining kuchli tomonlari va sifatlarini unutib qo‘yadilar.
5. Shunday syujet chizigMni ishlab chiqish kerakki, u o‘z ichiga quyidagi asosiy elementlarni kiritishi lozim:
v^Bola muammosiga mutanosib metaforik nizo;
^ B o la imkoniyatlari va qobiliyatlarini ifodalovchi timsollar, ular bosh qahramonning d o ‘stlari va yordamchilari obrazida boMishi kerak, q o ‘rquv va ishonchsizliklari dushm anlar va turli xil to ‘siqlar obrazida boMishi kerak.
^M eta fo rik inqiroz, uning natijasida bosh qahramon barcha to ‘siqlarni yengib g ‘olib boMishi kerak.
S QoMga kiritilgan g ‘alaba natijasida qahramon o ‘zidagi yangi sifatlarini anglashi;
•SG ‘alaba tantanasi, unda qahramon harakatiga yarasha taqdirlanadi.
6. Hikoyada sirli, kutilmagan va kulguli elementlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
7. Oddiylikka intiling. Siz tomondan qoMlanilayotgan til va Iug‘at bola tili darajasiga moslashtirilishi, hikoya hajmi (davomiyligi) esa bola diqqatining tu rg'unlik darajasiga mos boMishi lozim.
8. Bolaning hikoyaga toMiq berilgan hamda uning uchun zerikarli vaqtga e ’tibor bering. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan hikoyasiga boMgan munosabatni aniqlash mumkin.
9. Agar bola hikoya parchalarini ta'riflab. uning mazmuni b o ‘yicha sav ollar bersa, buni e'tib o rd an chetda qoldirmang. Bular bolaning ichki dunyosiga,fikrlar ummoniga nazar tashlash imkonini beradi.
10. A gar bola siz tak lif etgan yechimga kelib, u esa hech qanday natija bermasa, hechqisi y o ‘q. U nima qilganini, nima o'xsham aganligi hamda bu aslida qanday bo‘lishi kerakligini o ‘ylab ko'ring. Shundan so ‘ng bolaga, harakati samara bermagan qahramon haqida so ‘zlab bering, qahramonning irodasini e ’tiro f etib, uning yana harakat qilganligini va oxir oqibat u o ‘z qiyin holatidan chiqib ketish y o ‘lini topganini aytib bering.
I I . Siz hikoyachi sifatida ham, sizning hikoyangiz ham mukammal boMmasligi mumkin. Nutqingizdagi kamchiliklardan uyalmang, hikoya davomida o ‘z xato yoki kamchiligingizni yozib qolsangiz, shoshilmasdan uni taxminan quyidagicha to ‘g ‘rilab keting: “O, sal qolsa esimdan chiqib qolay dedi, u bir o‘zi emas, dugonasi bilan ketayotgan edi” va h.k.
III. Bolani ertakni yaratish va ijro e tish g ay o ‘naltirish. Ba’zida bola turli bahonalar bilan hikoya to‘qishdan bosh tortadi (men bilmayman, qilolmayman, yaxshi bajara olmayman, buni hech qachon qilmaganman). Bu holatda boladan taniqli ertakni so'zlab berishni so ‘rash mumkin (M: Bo‘g ‘irsoq, Zolushka, Qizil qalpoqcha va h:k.)
So'n g uning syujeti, voqea joyi, vaqti, qahramonlar xarakterini o‘zgartirib, boshqa shaxs nomidan so‘zlab berishni so‘rash kerak. Bola ertakni to ‘qish yoki ijro etish vaqtida u faqatgina ertak voqealarini boshidan kechiribgina qolmay, balki his-tuyg‘ularni ham namoyon etadi.
O‘smirlar bilan ishlashda ertak terapiyasidan foydalanishda ularga faqatgina ertaklargina emas, balki fantastik voqealar, stenariylar, reklama roliklari, multfilmlar, komplekslar va h.k.larni o‘ylab topishni tak lif etish mumkin.
Psixodrama. Y.L.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, guruhiy psixoterapiyaning turlaridan biridir. Psixodrama sahnalash- tirilgan tomosha shaklida o ‘tkaziladi. Mijozlar uchun og‘riqli va muammoli bo'lgan vaziyatlar sahnalashtiriladi. Qatnashchilar bu vaziyatlarda o ‘zining yoki boshqa kimsaning rolini ijro etadilar. Ba’zida sahnalashtirilgan muammoli vaziyatni tomoshabin sifatida kuzatadilar.
Rolli o‘yindan keyin mijozlar ruhan yengil tortib, o‘zlarini yaxshiroq anglay boshlashadi, muloqot ko‘nikma va malakalarini egallab borishadi.
Psixodramada qoMlaniluvchi asosiy texnikalar quyidagilardan iborat:
A. Rol almashtirish texnikasi. Psixolog ishtirokchidan qadrli insonining o‘rnida o ‘zini tasaw u r etishni, uning xulq-atvori, xatti- harakatlari va so‘zlarini takrorlashni so‘raydi. Bu vaziyat insonning atrofidagi odamlarni yanada chuqurroq tushunisl.ig vordam beradi, uning empatiya qobiliyati kuchayib, odam o ‘zini real idrok qilishga erishadi.
B. Nusxa olish. Bunda psixolog yoki boshqa ishtirokchilardan tayinlangan yordamchi «Men» ishtirokchining ayta olmaydigan ichki hissiyotlarini chiqarib beradi.
V. “Oyna” texnikasi. Ishtirokchi o‘z tuyg‘ularini so‘z yoki xatti- harakat orqali namoyon eta olmaganida, yordamchi “Men” sahnada uning rolini ijro etadi. Uning tu y g ‘ularini va xatti-harakatlarini xuddi unikidek tasvirlashi kerakki, ishtirokchi o ‘zini oynada ko‘rayotgandek tasavvur qilishi lozim.
G. “Kelajakni loyihalash” . Bunda ishtirokchiga kelajakdagi o‘z xulq-atvorini tasvirlash imkoniyati beriladi.
D. Tushlarning psixodramatik taqdimoti. Bu texnikada tushlar, fantaziyalar, gallyutsinatsiyalar aks ettirilib, insonning ichki realligini anglash sohasi kengaytiriladi.
Bundan tashqari, psixodramada yana ko‘pgina usullar qo‘llaniladi. Biz yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan, amaliyotda ko‘p ishlatiladigan usullarni keltirib o‘tdik.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin