5. Korreksiyaning “pastdan yuqoriga” tamoyili Ushbu tamoyil amalga oshirilayotganda korreksion ishning asosiy mazmuni sifatida mavjud psixologik qobiliyatlar zahirasini ishga solish nazarda tutiladi. Bu tamoyil, asosan, bixevioristik yondashuv tarafdorlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning nuqtai-nazariga ko‘ra xulq-atvorkorreksiyasi, ijtimoiy m a’qullangan xulqni mustahkamlash va ijtimoiy noma’qul fe’l-atvorni tormozlash maqsadida, avvaldan mavjud boMgan xulqiy andozalarni (xoh ijobiy boMsin, xoh salbiy) kuchaytirish orqali am alga oshirilishi lozim.
xulq-atvorning berilgan modelini turli yo‘llar bilan aniqlash va zudlik bilan mustahkamlash
Korreksiya markazida xulqning murakkablashuvi va modifikatsiyalashuvi, xulqiy repertuarda mujassam reaksiyalar kombinatsiyasi sifatida tushuniladigan psixik rivojlanishning mavjud darajasi turadi.
6. Psixik faoliyat taraqqiyotining tizimlilik tamoyili Bu tamoyil korreksion islida rivojlantiruv va profilaktik vazifalarni hisobga olish zaruriyatini tug'diradi. Mazkur vazifalar tizimliligi shaxs turli jihatlarining o‘zaro bogMiqligini va ularning rivojlanishi geteroxronligini (birday emasligi) aks ettiradi. Shaxs rivojlanishining hamma jihatlari psixika tuzilishining tizimliligi tufayli o‘zaro bog’liq.
Korreksion rivojlantiruv faoliyatning maqsad va vazifalarini belgilashda faqatgina bugungi kunda dolzarb boMgan muammolar bilan cheklanmasdan keyingi rivojlanishni ham hisobga olish kerak. Vaqtida ko‘rilgan clioralar rivojlanishdagi turli og’ishlarning oldini oladi.
Korreksion ishning strategivasini aniqlashda rivojlanishning tizimlilik tamoyili «yuqoridan quyiga» korreksion tamoyil bilan uzviy bogMiq ekanligini ko'ramiz: tekshiruv paytiga bola erishgan taraqqiyot darajasining tizimli tahlili taraqqiyotning istiqbolli hududini belgilovchi, alohida rivojlanish bosqichlarida shakllangan psixik faoliyat ko‘rinishlarining mavjud ierarxiyasini aks ettiruvchi taraqqiyotning markaziy chegarasi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.