Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə32/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

4-mashq. «Barmoqlar»
O‘quvchilar doira shaklidagi stullarga qulay o‘tiradilar. Ular qo‘llarini, barmoqlarini «zanjir» tarzida ushlaydilar. Bosh barmoq «bo‘sh» qoladi. Asta-sekin bosh barmoq aylana boshlaydi. « To‘xtang» komandasi bilan to‘xtaladi. Bu mashq 5-15 daqiqa davom etadi. Undan keyingi qiyinchiliklar boladagi kamchiliklarni k o ‘rsatadi.
5-mashq.«Pashsha»
Doska olinib, 9 ta katak chiziladi va plastilin yopishtiriladi. Plastilin pashsha rolini o‘ynaydi. Pashsha o‘ngga-chapga, tepaga-pastga buyruqlari bilan yuradi. O‘quvchilar uni doskadan tashqariga chiqarmasliklari kerak. Bu o ‘yin orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlantiriladi.
6-mashq. «Selektor»
Mashqda bir bola tanlanadi. Unga galma-galdan sonlar aytiladi.U bu sonlarni qaytarishi kerak. Hammasini qaytarib bo‘lgach, gal ishtirokchiga o‘tadi. Shu tarzda o‘quvchilar ishtirok etadi.
7-mashq. «O‘ta diqqatlilik»
Ishtirokchilar 2 xilga ajratiladi: «Xalaqit beruvchilar» va «Diqqatlilar». Diqqatlilarga turli xil narsalar beriladi va kimnidir o‘xshatib berish so‘raladi. Xalaqit beruvchilar esa ularning diqqatini boshqa narsalarga chalgi’tishi kerak.
3. Xotiraning rivojlanishi
Xotira insonning bilish jarayonlaridan biridir. Alohida psixik jarayon bilish bilan bir qatorda xotira boshqa barcha psixik jarayonlar uchun ham zarur hisoblanadi. Xotira inson xayotida juda katta o‘rin egallaydi. Chunki xotirasiz inson hech qanday o‘tmish tajribaga ega bo"la olmaydi. Bilimlarni o‘zlashtira olmaydi. Xotirada bir necha jarayonlar farqlanadi. Bular: esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog'langan bo‘lib, esda saqlash qanday qilib esda olib qolganligida, tez va puxta esga tushirish qanchalik xotiraga mustahkam saqlanishiga bogMiq boMadi. Insonning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga qarab ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira farqlanadi. Esda saqlash muddatiga ko‘ra xotiraning uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlari mavjud.
Bulardan tashqari yana harakat xotirasi, so‘z mantiq xotirasi,obrazli xotira va emotsional xotira turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Xotira tomonlari uning o'zig a xos xususiyatlarini aniqlash uchun bir qancha metodikalar ishlab chiqilgan. Shulardan b a’zilari bilan tanishib chiqamiz. Meyli testi yordamida ko'rish va eshitish xotirasini o‘rganamiz.
R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo'lib, ko'rish va eshitish xotirasini o'rganishda foydalaniladi. Tadqiqot 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko'rish xotirasi o‘rganiladi. 2-bosqichda tadqiqotchi o'qib bergan so'zlarni, predmetlarning nomlaiini eshitib esda olib qolish qobiliyati o‘rganiladi.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin