Rivojlanish darajasi haqida xulosalar: 10 ball - juda yuqori; 8-9 ball - yuqori; 4-7 ball - o‘rtacha; 2-3 - quyi; 0-1 ball - ju d a past.
Yuqorida keltirilgan metodikalar hayol diagnostikasida foyda- lanibgina qolmay, ularni korreksion maqsadlarda ham qoMlash mumkin.
«Tasavvur qilmang» mashqi
O‘tkazilish tartibi: Ishtirokchilarga hayollariga keltirmasliklari lozim boMgan narsalar sanab o‘tiladi. Ularga quyidagicha ko‘rsatma beriladi.
Ko‘rsatma: Men hozir aytadigan narsani tasavvur qilmang. Aytilgan narsani hayoliga keltirgan ishtirokchi qo‘l ko‘tarib bildirishlarini iltimos qilamiz. Aytilgan narsalarni tasavvur qilmasdan, diqqatini ushlab turolgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. Topshiriq:
-Tasavvur qilmang, qizil shapka kiygan cho‘loq maymunni.
-Tasavvur qilmang, yam-yashil katta eman daraxtini.
- Tasavvur qilmang, tomi qizil ikki derazali uyni.
- Tasavvur qilmang, mazali muzqaymoqni.
O'y in muhokamasi: Ishtirokchilar bilan o‘yin vaqtidagi holatlarni uhokama qilinadi.
«Yil fasllari» mashqi
Mashqning borishi: Olib boruvchi tomonidan yil fasllari aks ettirilgan rasmlar ko'rsatiladi. Har bir fasllar bolalar bilan tahlil qilinib, har bir fasldagi vaziyatni his qilish so‘raladi. Masalan, qishdagi sovuqni, qorbo‘ron ‘ynayotganini, bahorda ochilgan gullarni hidlayotganini, yozda isib ketayotganini, cho'm ilayotganini, kuzda to‘kilgan barglar ustidan yurayotganini ko‘rsatib berish tak lif etiladi.
“Ayyor sh akllar'’ mashqi
Bolaga beshta to'rt tarafga qaratilgan shakllar berilib, shularni davom ettirgan holda rasm chizib berish so‘raladi.