Ko‘chma epidemiyaga qarshi otryad (KEQO) davlat sanitariya-epidimiologiya nazorat markazi, epidemiologiya, mikrobiologiya va gigiena institutlari qoshida tashkil etiladi.
KEQO asosiy vazifasi ommaviy shikastlanish o‘chog‘larida aholini muhofaza qilish maqsadida sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish hisoblanadi.
KEQO boshqarma va sanitariya-epidemiologiya, laboratornoe va dezinfeksion bo‘limlardan iborat. Laboratoriya bo‘limi tarkibida bakteriologik, sanitariya – kimyoviy (toksikologik) va radiologik laboratoriyalar bo‘ladi. Otryad tarkibida bitta TG ishlaydi.
Ixtisoslashtirilgan epidemiyaga qarshi brigada (IEQB) tounga qarshi stansiyalar va tounga qarshi institutlar qoshida tashkil etiladi va biologik shikastlanish o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish uchun ishlatiladi. IEQB 2 ta bo‘limdan iborat: epidemiyaga qarshi