Mazvu: Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatish



Yüklə 26,35 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü26,35 Kb.
#182513
hfx


MAZVU: Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatish.

1. Favqulodda vaziyatlar tezkor tibbiy yordamni evakuatsiya etaplarida ko’rsatish.
2. Favqulodda vaziyatlar sanitariya gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o’tkazish.
3. Favqulodda vaziyatlar shikastlangan va transportda tashish mumkin bo’lmagan
jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish.
4. Feldsher-hamshira brigadalarining vazifalari va ularni jihozlanishi.

Shikastlanganlarni qidirish usullari:

1. Shikastlanganlarni mexanizatsiyalashgan vositalar (vertolyot, samolyot, maxsus mashinalar) bilan qidirish.
2. Kuzatish yo’li bilan qidirish.
3. Qidiruv guruhi bilan qidirish.
4. Sanitariya patrullri bilan qidirish.
5. Sanitariya xaskashlash yo’li bilan qidirish.
6. Yoritish moslamalari bilan kechasi qidirish.

1-usulda vertolyot yordamida tog’li, sahro, o’rmon, botqoqlik, suv sathidn baland joylrda
zararlanganlar qidiriladi. Qishda vertolyotlar 400-600 metr, yozda 150-200 metr balandlikda uchadi.
2. Sanitariya transporti: bronetransportyor (BTR), piyodalar maxsus mashinasi (BMP). Ular orasidagi masofa 300-350 metrni tashkil qiladi, mashina ichida birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi.
Shikastlanganlar haydovchi-sanitar, sanitar, sanitar-instruktor tomonidan kuzatish yo’li bilan qidiriladi. Har bir sanitarga 200-250 metr masofani kuzatish topshiriladi. Tibbiyot xodimlari sog’ askar va yarador askar yiqilishi xususiyatlarini, o’ziga xos belgilarini bilishi lozim. Sog’ askar yuzi bilan oldinga yiqiladi, qurolni tashlamaydi, o’zini chekkaga oladi. Yarador askar sekin yiqiladi, qo’lidan quroli tushadi, yiqilgan joyida qoladi.
3. Shikastlanganlarni qidiruv guruhi bilan qidirish. Bu guruh 4-6 kishidan iborat bo’lib, ikkiga bo’linadi. Har bir guruh 2-3 kishidan iborat, ularga sanitar yoki sanitar-instruktor boshchilik qiladi.
4. Sanitar patrullar yordamida qidirish qo’shinlar hujum qilayotganda, daryodan o’tish zarur bo’lganda amalga oshiriladi, sanitar patrullar jangchilarni kuzatib boradi. Yaradorlar suvdan qayiq, sanitar transportyor va suzish vositlari yordamida olib chiqiladi.
5. Yaradorlarni kechasi qidirish. Bu usul kech qo’ruv asboblari yordamida amalga oshiriladi. Qidiruvchilarga fonarlar beriladi. Trnasportyorlarga projector o’rnatiladi. Shikastlanganlar kunduzi yana bir marta axtarib chiqiladi.
6. Yaradorlarni maxsus tayyorlangan itlar yordamida qidirish. Bu usul kechasi tog’, o’rmon, botqoqlikda, qishloq ichida jang olib borilayotganda qo’llaniladi.
7. Sanitar patrullar yordamida qidirish. Bu usul o’rmon, botqoqlikda, tuman, bo’ron sharoitida qor yog’ib turganda qo’llaniladi. Bunday usulda qidiruvchilar orasidagi masofa yaqin bo’lib, ular bir-birini ko’rib turishi kerak. Bunda okop, transheya, snaryad portlashidan keyin hosil bo’lgan chuqurliklar ko’zdan kechirilib yaradorlar olib chiqiladi. Agar yarador topilsa, transport batalyoni tibbiy punkt yo’liga yaqin joyga yashirin belgilab qo’yilib, so’ngra qidirish dvom ettiriladi. Yaradorlarni qidirish aniq bo’lishi uchun maydon ikki marta ko’rib chiqiladi. Avval oraqadan oldinga, so’ngra oldindan orqaga. Bu usulda ko’p kishinig ishtiroq etishi talab qilinadi, asosan urush harakatlari to’xtagandan so’ng qo’llaniladi.
Sanitar-zambildan, asosan, og’ir yaradorlarni tashish maqsadida foydalaniladi. Shikastlanganlarni yotqizgan holatda samolyot, vertolyot, avtomobil va sanitariya poyezdiga yetkaziladi. Zambil uzunligi 321 sm, og’irligi 9,5-10 kg, eni 55 sm, balandligi 6 sm bo’ladi Bu zambillar standart, har qanday transportga joylashtirishga qulay, yig’ma yoki yoziq holda bo’ladi. Yaradorlarni zambilga o’tkazish 3 yo’l bilan amalga oshiriladi:
1. Yaradorlarni qo’lda ko’tarib joylashtirish.
2. Kiyimidan ko’tarib joylashtirish.
3. Sanitarlar yotgan holda yaradorlarni ustiga ortib joylashtiriladi. Yradorlarga yaqinlashish usullari:
1. Qisqa joyni yugurib o’tish (4-5 sekunddan oshmasligi kerak)
2. Yonboshlab siljish.
3. Emaklash.
4. Yerda qorin bilan sudralib siljish.
5. Sanitariya transportlari yordamida.

Yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish:
1. Yaradorlarni bitta sanitar orqasiga ortib yotgan holda, yonboshlab, emaklab, shinel, yoping’ich (plashch)-palatga, yelkasida, qo’lida, tashuvchi ilmoq yordamida olib chiqadi. Shikastlangan kishilar qo’lda, opichlab, ko’tarib, birin-ketin ko’tarib, ikkala qo’lni qulf qilib ko’tarib, tasmalar yordamida, bir zambil bilan bilan, ikkita zambil bilan ko’tarib olib chiqiladi.
Tibbiy saralash shikastlanganlar va yaradorlani davolash, profilaktik va evakuvatsion tadbirlar uyushtirilishiga qarab guruhlarga ajratiladi. N.I.Pirogov bundan 100 yil oldin aytganidek, yaxshi saralanib taqsimlangan yaradorlar o’z vaqtida kerakli yordamni olishi mumkin va ularga to’g’ri tibbiy yordam ko’rsatiladi.
Tibbiy saralash punkt ichida bo’limlararo va evakuvatsion transportda amalga oshiriladi. Saralash natijasida yaradorlar 3 guruhga bo’linadi.
1. Atrofdagi sog’lom va bemor kishilarga xavfli bo;lganlar: yuqumli kasalliklar (YuK) bilan og’rigan bemorlar, radioaktiv moddalar (RM), zaharli (ZM) va bakteriologik moddalar (BM) bilan zararlanganlar.
2. Tibbiy yordam shu yerda ko’rsatilishi zarur bo’lganlar.
3. Tibbiy yordam evakuatsiyaning boshqa boshqichlarida ko’rsatilishi zarur bo’lganlar.
Tibbiy saralashni tibbiy saralash brigadalari o’tkazadi. Ular vrach, feldsher, hamshira, 2 ta registrator va sanitardan iborat. Tibbiy saralash uch bosqichga bo’linadi:
1. Sanitar ishlovidan o’tishi zarur bo’lganlar (RM, ZM, BM, YuK).
2. Tibbiy yordam tezlik bilan ko’rsatilishi va ko’rsatish joyiga qarab.
3. Evakuatsion belgisiga qarab.
Transportirovka qilganda bemorlarning oyog’I oldinda, behush holatda, ko’p qon yo’qotganda – boshi oldinda, zinapoyadan tushganda oyog’i oldinda, pastga olib tushishda boshi oldinda bo’ladi. Boshi yaralangan, kalla suyaklari va bosh miyasi shikastlangan bemorlar zambilda chalqancha yotqiziladi. Burun va jag’ suyaklari shikastlanganda bosh tomoni baland ko’tarilgan bo’ladi, boshni oldinga sal engashtirib o’tkazib qo’yilgan vaziyatda tashiladi.
Yaradorlarni jarohatlanish o’chog’idan ko’chirish, o’choq ichida ko’chirish, o’chjoqdan tez yordam bo’limiga va kasalxonalarga ko’chirish tibbiy evakuatsiya deyiladi.
Yaradorlarni tashish usullari: Q o’lda, yelkada, orqada, tashuvchi yordamida, bir yoki ikki tashuvchi yordamida, birin-ketin sanitariya zambili yordamida, tashuvchi ilmoqni aylana, sakiz soni va tugun shaklida yasab tashish.
Tibbiy evakuatsiya qilishning asosi, kasal va yaradorlarni ommaviy zaralanish o’chog’ida yig’ish, ularni olib chiqish, tibbiy evakuatsiya bosqichlarida transportirovka qilish, tibbiy yordam ko’tsatishdan iborat. Yaradorlarni evakuatsiya qilishni boshliq tashkil etadi. Feldsher rahbarligida yaradorlar qidiriladi va jang maydonidan olib chiqiladi. Feldsher yordamida sanitaritya transporti bilan BMP ga olib kelinadi. Agar texnika yetishmasa tez yordam bo’limiga transportyorlar bilan yetkaziladi.
Yengil yaradorlarni batalyonning tibbiy nuqtasi (BNT) yoki polkning tibbiy nuqtasi (PTN) ga ularga piyoda-boshliq tayinlanib evakuatsiya qilinib, davolashga qoldiriladi.
Yaradorlarni BTN yoki PTN ga yuborishda yo’llanma berladi. Og;ir yaradorlar tibbiy-sanitariya bo’limlariga samolyotda, vertolyotda yetkaziladi. Yaradorlarni evakuatsiya qilganda tibbiy hodim birga kuzatib borishi zarur. Yo’lda zarurat bo’lsa, tibbiy yordam ko’rsatiladi. Bemorni keyingi nuqtalarga topshirishda hujjati ham beriladi.
Yaradorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish:
Birinchi tibbiy yordamga quyidagilar kiradi. Qon ketishini to’xtashish, jarohatni bog’lash, siniqlarga qo’lda yasalgan yoki tabelli shinalar qo’yish, kuchli og’riq bo’lganda og’riqsizlantirish (prodemol, morfin), zarur bo’lganda protivogaz kiygizish yoki kimyoviy vositalardan saqlanish uchun ularga qarshi vositlarni qo’llash. Ko’z, burun, og’iz, me’dani kuchsiz sodali suv bilan yuvish, sun’iy nafas berish, zidda zaxar (antidot) yuborish, yurakni bevosita uqalab ishga tushirish, radiatsiyaga qarshi tabletkalar berish.
Sanitariya bo’linmachalari, bo’linmalari va postlari ishini tashkil etish:
Ommaviy qurol qo’llanilganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun tashkilot, korxona, o’quv yurtida, temir yo’l transportida ishchilar, talaba va xizmatchilardan sanitariya bo’limchalari va bo’linmalari tashkil qilinadi.
Yüklə 26,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin