Mavzu: a-h-y-p-m tizimida yth va inson omili



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/6
tarix28.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#104489
1   2   3   4   5   6
A-H-Y-P-M tizimida YTH va inson omili

Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatining quyidagi o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatish mumkin:
1) avtomobil transportining talablariga javob beradigan yo‘llar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
2) avtomobillar harakati yo‘l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi;
3) haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali, kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi, hamda yo‘l harakat qoidalariga rioya qilmaydigan haydovchilarning mavjudligi;
4) foydalanuvdagi transport vositalarini ko‘plab texnik nosozliklari;
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi transport kommunikatsiyalarining a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa, birinchi navbatda, avtomobil yo‘llarining ustivor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha maqsadli tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi transport yo‘laklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin:
-Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkishtim-Qashqar-Lyanqyunqgan-SHanxay;
-Toshkent - Samarqand -Buxoro-CHorjo‘y-Ashgabat-Mashhad-Bender-Abbos;
- Termez - SHibirg‘on - Moymona -Hirot - Qondoxor -CHaman-Kvetta-Karachi;
- Qizil O‘rda-Uchquduq-Nukus-Toshhovuz-Ashgabad-Mashhad-Bender-Abbas.
Buyuk Ipak Yo‘lini qayta tiklash bo‘yicha quyidagi bir nechta xalqaro shartnomalar qabul qilindi:
- Transkavkaz yo‘lagini tashkil qilish to‘g‘risidagi Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, O‘zbekiston o‘rtasida 1996 yil may, 1998 yil sentyabr oylaridagi shartnomalar;
- BMT hamkorligida 1997 yil aprel va 1998 yil fevral oylarida o‘tkazilgan Xitoy xalq respublikasi (XXR), Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi bitimlar;
- O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasi xukumatlari o‘rtasida 1998 yil aprelda «Toshkent-O‘sh-Irkishtom» avtomobil yo‘lini loyihalash, qayta qurish va foydalanish bo‘yicha bitim;
- Toshkent shahrida 1999 yil aprel XXR, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasidagi ishchi yig‘ilishida zamonaviy Ipak Yo‘lining «Lanqyunqgan-Qashqar-Toshkent-Turkmanboshi-Baku-Poti-Batumi-Konstantsa»dan Rotterdam-gacha boruvchi qismi bo‘yicha o‘zaro bayonnoma;
- Toshkent shahrida 1999 yil sentyabrda Buyuk ipak yo‘lini tiklash bo‘yicha navbatdagi xalqaro anjumanda ipak yo‘li transport yo‘lagini tiklash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bayonnoma.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 18 avgustdagi 396-sonli «Avtotransport vositalarining katta tezlikdagi harakatini ta’minlovchi Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot xalqaro avtomagistrali qurilishini loyihalash to‘g‘risida» gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan istiqbollik rejasiga asosan mavjud avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion sifatlarini yaxshilash borasida muntazam ravishda ish olib borilmoqda. Xususan Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 195 kilometrlarida katta hajmda qayta qurish ishlari o‘tkazildi va110 qisqa muddat ichida «Qamchiq» va «Rezak» dovonlarida umumiy uzunligi 2500 pm bo‘lgan avtomobil yo‘llari tonnellari qurildi va foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasiyetarli darajada zich avtomobil yo‘llar tarmog‘iga ega. 2000 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Respublikadagi yo‘llarning umumiy uzunligi 146347 km, shu jumladan, umum- foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 43467 km, ichki xo‘jalik yo‘llari 78606 km, shahar va tuman markazlari ko‘chalari 13829 km, inspektor va asosiy yo‘ldan ajralib chiqqan yo‘llar 7420 km va boshqa yo‘llar 3025 km ni tashkil qiladi. O‘zbekiston hududlarining yo‘l transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
Respublikadagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari (1.3-jadval) 1995 yildan 2010 yilgacha atigi 2,6 % ko‘payadi, bu esa respublikada kelajakda yo‘l tarmoqlari asosan tez yurar avtomagistrallar va yirik shaharlarni aylanib o‘tuvchi yo‘llar qurilishi hisobiga ortishi ko‘zda tutilgan.
HARAKATNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ME’YORIY HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo‘llarda harakatni amalga oshirish, xavfsizlikni ta’minlash jarayonida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan) harakat xavfsizligini xuquqiy ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bu Qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqorolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza etilishini ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, atrof-muhitni himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 24 moddadan tashkil topgan: qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, davlat boshqaruvi, sohalar (Vazirlar Mahkamasi, Xokimiyatlar, avtomobil va daryo transporti, yo‘l xo‘jaligi, ichki ishlar vazirligi) vakolatlari, transport vositalari egalarining majburiyatlari, yo‘llarga doir talablar, transport vositalariga doir talablar, transport vositalaridan foydalanuvchilarga talablar, yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash, tashkil etish, yo‘l harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari, transport vositalarini boshqarish huquqi, haydovchilarni tayyorlashga doir talablar, boshqarish huquqining bekor qilinishi, qonunni buzganlik uchun javobgarlik.
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan:
Yo‘l - transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladiganyer mintaqasi yohud sun’iy inshoot yuzasi;

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin