Mavzu: a-h-y-p-m tizimida yth va inson omili



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/6
tarix28.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#104489
1   2   3   4   5   6
A-H-Y-P-M tizimida YTH va inson omili

Yo‘l harakati - odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
Yo‘l harakati qatnashchisi - yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyodasi tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
Yo‘l harakati xavfsizligi - yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati;
Yo‘l-transport hodisasi - transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, fuqoralarning o‘limi yoki ularning sog‘ligiga zararyetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan hodisa;
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash - yo‘l-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irliginiyengillatishga qaratilgan faoliyat;
Transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma.
O‘zbekiston respublikasi hududida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l - transport hodisalarining oldini olish va bu yagona davlat siyosatini yuritish, yo‘l harakati qoidalarini xalqaro «yo‘l harakati haqidagi» konventsiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda «yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan vazirlar mahkamasi muntazam ravishda «Yo‘l harakati qoidalari»ni ko‘rib, takomillashtirilgan variantini tasdiqlaydi. Hozirda O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi № 472 qaroriga asosan «Yo‘l harakati qoidalari» 2001 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritildi.
Uning asosida Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, kontsernlar va boshqa tashkilotlar va muassasalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, shaharlar xokimliklari yo‘l harakatini tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilaydilar, hamda u yo‘l harakati tartiblarini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashda 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida» gi qonun O‘zbekiston respublikasida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab bergan bo‘lib, 3 ta bo‘lim va 24 ta moddadan iborat. Birinchi bo‘lim «umumiy qoidalar» da avtomobil yo‘llari tushunchasi va tarkibi, avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonunlar, qonunning vazifalari, yo‘llarni farqlash, yo‘llargayer ajratib berish tartibi, yo‘l mintaqasidan foydalanish to‘g‘risidagi moddalar keltirilgan. Ikkinchi bo‘lim «avtomobil yo‘llarini boshqarish» da avtomobil yo‘llarini boshqaruvchi davlat idoralari, boshqaruvchi idoralar, yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘l ishlarini moddiy ta’minlash, yo‘llarni loyihalash, qurish va qayta qurish, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yo‘l idoralari xodimlarining huquqlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan. Uchinchi bo‘lim «avtomobil yo‘llaridan foydalanish» quyidagi 11 ta moddadan tashkil topgan: avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, ularning huquqlari va burchlari, yo‘llardan foydalanish tartibi, avtomobillar yurish sharoitining yomonlashishiga sabab bo‘ladigan ishlarni cheklash, yo‘llarda harakatni cheklash va ta’qiqlab qo‘yish, yo‘llarga tutashyer egalarining va foydalanuvchilarning burchlari, yo‘llarda transport vositalariga texnikaviy yordam ko‘rsatish, yo‘llarda yordam ko‘rsatish, yo‘llarni davlat tomonidan nazorat qilish, yo‘l idoralarining qonunni buzganlik uchun javobgarligi, yo‘llardan foydalanuvchilarning javobgarligi, xalqaro shartnomalar.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan. Qonun 31 ta moddadan iborat bo‘lib unda quyidagilar yoritilgan:
Qonunning maqsadi - avtomobil transportining huquqiy asoslarini shakllantirish; asosiy tushunchalar; avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; mulk shakllari; avtotransport vositalarini tasniflash; tashish turlari; avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish; favqulodda holatlarda avtotransport ishi; tashuvchining huquqlari va majburiyatlari; mijozning huquqlari va majburiyatlari; yo‘lovchilar va yuklarni sug‘urta qilish; avtomobil transportida xavfsizlikni ta’minlash; nizolarni hal qilish.
SHahar yo‘lovchi transporti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan bo‘lib, jami 27 moddadan tashkil topgan. Bu qonunda shahar yo‘lovchi transporti turlari, shahar yo‘lovchi transportiga egalik shakllari, idoraviy shahar yo‘lovchi transporti, yo‘lovchilarni tashish shartnomalari, shahar yo‘lovchi transportining davlat boshqaruvi, qatnov marshrutini belgilash, harakat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Harakat xavfsizligi bo‘yicha transport vositalari, yo‘llar va boshqa inshootlarga hamda harakatni tashkil etish vositalariga qo‘yiladigan talablar davlat me’yoriy hujjatlari Davlat namunalari («GOST»), Qurilish me’yoriy qoidalari («SNiP») va Soha qurilish me’yorlari («VSN») orqali aniqlanadi.
Davlat namunalari yordamida yo‘l belgilari (№ 10807-78), belgi chiziqlari (№ 13508-74), yo‘l harakatini tashkil qilish texnik vositalari (№ 23457-86), svetoforlar (№ 25695-83), yo‘l to‘siqlari (№ 26804-86) boshqa harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga umum texnikaviy shartlar belgilanadi.
Transport vositalariga quyiladigan talablar ham davlat namunalari bo‘yicha nazorat qilinadi. Masalan transport vositalarini tormoz tizimini samaradorligini GOST 25478-91 ko‘ra belgilansa, transport vositalarini oynasini qoraytirish, plyonkayepishtirish yoki parda osish GOST 5727-88 talablariga asosan belgilanadi va xokazo.
Sohalar me’yoriy hujjatlarida (instruktsiya, uslubiy ko‘rsatma) avtomobil transportida, yo‘l ho‘jaligida, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo‘lning xavfli bo‘laklarini aniqlash, harakat xavfsizligini boshqarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.
«Yo‘l harakati haqidagi» va «Yo‘l belgilari va signallari haqidagi» konventsiyalar eng asosiy xalqaro me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu konventsiyalar 1968 yilda vena shahrida BMT yo‘l harakati konferentsiyasida qabul qilingan. Konventsiyaga 1971 yil Jenevadayevropa kengashida to‘ldirishlar kiritilgan.
Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konveng‘iyada yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha umumiy talablar, xalqaro harakatga qo‘yish uchun transport vositalariga qo‘yiladigan talablar, haydovchilar guvohnomasining namunasiga qo‘yiladigan talablar, haydovchilarga qo‘yiladigan talablar, davlatlarning konventsiyaga qo‘shilish tartiblari, atamalarga qo‘yilgan talablar berilgan.



Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin