Piyodalar oqimining zichligi – piyodalar sonini bir metr kvadrat trotuar maydoniga to‘g‘ri keladigan nisbat bilan aniqlanadi. piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning harakat miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, ularning nisbati piyodalarning harakatlanish qulayligini belgilaydi. Masalan, vilnyus shahri markaziy prospektidagi piyodalar zichligi 0,61,2 piyoda/km2 tashkil etadi, katta shaharlarda esa bu ko‘rsatkich 34 piyoda/m2 (Sankt-Peterburgdagi Nevskiy prospektida piyodalar harakat miqdori 20.000 piyoda/soat), shuningdek, Moskva, Kiev ko‘chalarining ba’zilarida 3 piyoda/m2 gacha zichlik kuzatiladi. Kichik enli trotuarlarda (1,5 metrgacha) piyodalarning maksimal zichligi 0,50,6 piyoda/m2 tashkil etadi.