Dinamika nisbiy miqdori hodisa va jarayonlarning rivojlanish sur’atini
xarakterlaydi va ikki usul bilan aniqlanadi: bazis usuli - hamma darajalar bir
(bazis) daraja bilan taqqoslanadi; zanjirsimon usul – taqqoslash asosi har bir
taqqoslashda o’zgaradi.
Misol. Jondor-plyus xususiy firmasidagi non do’konining tovar oboroti III-
chorakda quyidagicha: iyul - 12,4 mln.so’m, avgust - 13,1, sentyabr – 14,0
mln.so’m. Bu erdan DNM:
%; 6 , 105 100 4 , 12 1 , 13 : a bazisusuld %. 9 , 112 100 4 , 12 0 , 14 %; 6 , 105 100 4
12 1 , 13 : nusulda zanjirsimo %. 9 , 106 100 1 , 13 0 , 14 Tuzilmaviy (struktura) nisbiy miqdori o’rganilayotgan to’plamning tarkibini
xarakterlaydi va to’plam bo’laklari (elementlari)ning umumiy to’plamga nisbati
bilan aniqlanadi.
Misol. Siz o’qiyotgan fakultetda 375 ta student mavjud. Shulardan 175 tasi qiz
bolalar, qolganlari (200) o’g’il bolalar.
Jami studentlar soni 100 foizni tashkil qiladi. O’g’il va qiz bolalarning umumiy
to’plamdagi hissasini aniqlash kerak.
%3 , 53 375 100 200 хиссаси болалар Ўгил % 7 , 46 375 100 175 хиссаси болалар Киз Bu ko’rsatkichlarning yig’indisi teng (53,3+46,7)= 100 % ga teng
Koordinatsiya nisbiy miqdorito’plamdagi bo’laklarning bir-biriga nisbati
bilan aniqlanadi va bevosita o’zaro bog’langan hamda qisman o’xshash bo’lgan
ko’rsatkichlarni tipik jihatdan xarakterlaydi. Masalan, shahar va qishloq aholisi
nisbati, ayollar va erkaklar nisbati, iste’mol va jamg’arma fondlari nisbati va h.k.
Misol. Restoranning bir kunlik oboroti 1160 ming so’m. Shundan 780 ming
so’mga o’zida ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgan, qolgani (380 ming so’m) sotib
olgan tovarlarni sotish bo’yicha oborot. Bu erdan: сўм КНМ 05 , 2 380 780 Demak, restoranda bir so’mlik sotib olingan tovarlarni sotish oborotiga 2,05 so’mlik o’zida ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish to’g’ri kelayapti. Bu degani, restoran asosan spirtli ichimliklar va sigaret sotish bilan emas, balki o’zida tayyorlangan mahsulotlarni (tayyorlangan ovqatlarni)xaridorlarga sotish bilan shug’ullangan.