1. Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va
o’lchov birliklari
2. Nisbiy miqdorlar haqida tushuncha va ularni ifodalash shakllari
3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik
ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir deb hisoblaydi,
Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi
miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko’pchilik qo’shiladi.
Statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o’rganilayotgan
hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
1) iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda
hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning
mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar
bilan bog’liqligi;
2) ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama
to’liqligi;
3) boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni
taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;
4) hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi
bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil
qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish
tahlil deyiladi;
5) tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;
1Soatov N. Statistika. Т.: Ibn Sino, 2003 y.94b
6) induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda
fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.
Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat
tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini
(aktsiyalar soni, aktsiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini, nisbatini va shu
kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga
tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro
bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini
olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni,
korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar
qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus
hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi.
Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari
rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi.
Statistik ko’rsatkichlarning bilish funktsiyasini mohiyati shundan iboratki, ular
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni holati va rivojlanishini, yo’nalishi va
intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funktsiyasida ular (ko’rsatkichlar)
boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu
funktsiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy
va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu
ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi.
Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatni ifodasi
bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro:
semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir.
Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro
ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni
ko’rsatkichni o’zgarish bir necha ko’rsatkichlarni o’zgarishiga bog’liq,
funktsional-omil ko’rsatkichni o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq
o’zgaradi.(Bu masalalar to’lug’icha kelgusi boblarda yoritiladi).
Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini
baholaydi. Bizning fikrimizcha (boshqa takliflar ham mavjud, ularni tahlil qilish
darslikni ishi emas) ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. (1-rasm).Agarda
ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa,