MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud: relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio — munosabat so’zidan olingan) modelda ma'lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o’zaro bog’langan to’plamidan iborat.
MBning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysinish tartibida joylashgan elementlar tuplamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi bir nechta tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun — bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
MBning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orasida «erkin», ya'ni «har biri hamma bilan» ma'noli bog’lanish qabul qilingan.
Ko’pchilik MBlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma'lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MBda ustunlar — maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MBning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma'lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar — MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma'lum xususiyatlarga ega bo’ladilar. Uar qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo — ustunning sarlavxasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo’lsa sarlavxada maydon nomi yozib qo’yiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maksadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo’ladi. Maydonlarning xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:
1. Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.
2. MEMO — katta o’lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535 dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo’lmaydi.
3. Sonli maydon. Sonli ma'lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo’lishi mumkin.
4. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab qo’yish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8 bayt o’lchamga ega.
5. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob-kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.
6. Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma'lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir.
7. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolg’on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o’lchami 1 bayt.
8. OLE — nomi bilan yuritiluvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word hujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma'lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o’lchami 1 G baytgacha.
9. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo’lib, biror fayl yoki saytga yo’l ko’rsatadi.
10. Qiymatlar ro’yxatidan iborat bo’lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo’lgan ro’yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda aloxida maydon — unikal maydon bo’lishini ta'minlash kerak.
Unikal maydon — bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ma'lumotlar bazasining bir qismini keltiramiz:
Microsoft Office keng tarqalgan offis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi hozirda MBBT sifatida keng o’rganilmoqda va qo’llanilmoqda.
MBning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob'ektni tasvirlaydi. Bular «Tаблицы» (Jadvallar), «Запросы» (So’rovlar), «Формы» (Shakllar), «Oтчёты» (Hisobotlar), «Makrosы» (Makroslar), «Modulы» (Modullar) (10.2-rasm).
Ularning har biri hakida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
1. « Таблицы» (Jadvallar) — MB ning asosiy ob'ekti. Unda ma'lumotlar saqlanadi.
2. «Запросы» (So’rovlar)— bu ob'ekt ma'lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
3. «Формы» (Shakllar) — bu ob'ekt ma'lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin.
4. «Отчёты» (Hisobotlar) — bu ob'ekt yordamida saralangan ma'lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda kog’ozga chop etiladi.
5. «Mакросы» (Makroslar) — makrobuyruqlardan iborat ob'ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6. «Moдулы» (Modullar) — Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi ob'ekt.
Bundan tashqari, «Страницы» (Saxifalar) nomli alohida ob'ekt ham mavjud. Bu ob'ekt HTML kodida bajarilgan, Web — saxifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob'ektdir.
Bizga ma'lumki, MBni mustaqil ravishda yaratganda u bo’sh bo’ladi. Uning ob'ektlarini foydalanuvchining o’zi yaratishiga to’g’ri keladi.
Jadvallar yaratish
Jadval obyekti realitsion MBBTni fundamental tarkibi hisoblanadi. Odatda jadvallar aniq bir savollarni ifodalovchi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Jadvallar odatda konstruktor rejimida shablonlar shaklida va to’g’ridan to’g’ri yaratish usuli bilan hosil qilinadi.
Bo’sh jadval yaratish. Microsoft Accessda bo’sh jadvalni yaratishning to’rt usuli mavjud:
— MBni to’laligicha yaratadigan MBning ustasini qo’llash. Bunday usta yangi ma’lumot bazasini yaratadi, xolos. Uning yordamida MBga yangi jadvallarni, shakllarni yoki hisobotlarni qo’shib bo’lmaydi.
— Jadvallar ustasi oldindan aniqlangan jadvallardan yaratilayotgan jadval uchun maydonni tanlash imkonini beradi.
— Jadval holatida ma'lumotlarni bevosita bo’sh jadvalga kiritish.
— Konstruktor holatida jadval maketining barcha parametrlarini aniqlash.
Jadval yaratishda ishlatilgan usulning turidan qat'iy nazar, har doim jadval maketini o’zgartirish, masalan, yangi maydonlar qo’shish, qiymatlarini o’rnatish va boshqalarni bajarish uchun Konstruktor holatini qo’llash imkoniyati mavjud.
Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish
1. MB oynasiga o’tish. Bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish uchun F11 tugmachasini bosish kerak.
2. «Taблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish.
3. «Mастер таблицa» (Jadval ustasi) elementida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosish. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi (10.13-rasm):
4. Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga rioya qilish (10.14-10.17 rasmlar).
Eslatma: kerak bo’lgan xolda jadvallar ustasi bilan ish tugagandan so'ng, hosil bo’lgan jadvalni Konstruktor holati yordamida o'zgartirish yoki kengaytirish mumkin.
Jadvalga ma'lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalni hosil qilish
Jadvallar bu MB asosiy ob’ekti bulib xisoblanadi. CHunki «запрос», «формa», «oтчёт»larni tashkil kilish jadval asosida buladi. MB yaratish jadvalni yaratish bilan boshlanadi. ACCESS oynasida «tablitsы» tugmachasini bosib, sung «sozdat» tugmachasini bosamiz. Ekranda «novaya tablitsa» (yangi jadval) oynasi paydo buladi (rasm ....). Bu oyna 5 rejimda jadval tuzish imkonini beradi. Bular quyidagilar:
«Режим таблицы» (jadval rejimi) rasm 3 -bunda jadval ochilib xar bir ustun shartli ravishda POLE1, POLE2, .... va h.k. nomlangan bo’ladi. POLE1 o’rniga kerakli nomni kiritamiz (masalan kitob nomi) va POLE2 urniga ham shunday tarzda kerakli nom kiritamiz (kitob nashri) va h.k. Jadvalni WORD, EXCEL dasturlardagi usulda ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz.
“Koнструктор” –bu rejimda foydalanuvchi maydon nomini va ularning xususiyatlarini urnatish yoki o’zgartirish mumkin. Bu rejimda ma’lumotlarni yozuvlarni kiritish mumkin emas.
“Maстер таблицы” (jadval ustasi)- bu rejimda jadval tuzishda ustoz foydalanuvchiga savollar bilan murojat qiladi va javoblarga asosan jadval strukturasini (tuzilishini) tashkil qilib beradi. Bu rejim jadvallarni tuzishni tezlashtiradi lekin yangi o‘rganuvchilar bu rejimda jadval tuzish tavsiya etilmaydi, chunki savol-javoblarda adashish mumkin.
“Импорт таблицы” (jadvallarni tashqaridan keltirish) – bu rejimda boshqa MB da yaratilgan jadvalni o‘zingiz tuzgan MB ni kelitirish imkonini beradi. O‘zga jadval boshqa dasturda yaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Kelitirilgan jadvallarda maydon xususiyatlari sizga tug‘ri kelmayotgan bulsa, uni “Konstruktor” rejimida tug‘rilash mumkin.
“Связ в таблицамы” (jadvallar bilan o’zaro bog’lanish). Agar tashqaridagi jadvallar import kilib bulmasa bu rejim yordamida unga ulanib ishlash mumkin.
“запросы” (so‘rovlar)
MB dagi berilganlarga murojat qilish uchun juda egiluvchan va qulay “запросы” deb nomlanuvchi jihoz mavjud. Bu jihoz yordamida bitta jadvaldan bir nechta har xil surovlar (jadvallar)ni tashkil qilish mumkin. Har bir so‘rovlar asosiy jadvaldan ma’lumotlarning qandaydir bir qismini ajratib oladi.
So‘rovning ishlashi natijasida asosiy jadvaldan natijaviy jadval hosil bo‘ladi. Bu jadval umumiy ma’lumotdan so‘rovga ta’luqli qismini o‘z ichiga oladi.
Natijaviy jadvallarni tashkil qilishda bazadan ma’lumotlarni olish bilan bir qatorda ularni qayta ishlash ham mumkin. So‘rovning ishlashi jarayonida berilganlar tartiblanishi, filtrlanishi, qo‘shilishi, bo‘linishi, o‘zgarishi mumkin va shu bilan bir qatorda bazali jadvallardagi ma’lumotlar o‘zgarmaydi. Bu so‘rovlarning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. So‘rovlarning yana bir xossalaridan biri bu ularning natijaviy xisob-kitob ishlarini bajarishidir.
So‘rovlarning bir nechta turlari mavjud. Bular tanlov asosidagi so‘rov, namuna asosidagi so‘rov va parametrli so‘rov. Yuqorida ko‘rsatilgan so‘rovlardan eng tarqalgani – tanlov asosidagi so‘rov. Bu so‘rovni qo‘llashdan maqsad so‘rov sharti bo‘yicha tasvirlanadigan natijaviy jadvalni hosil qilish.
So‘rovni tashkil qilish uchun quyidagi amallar bajariladi:
« запросы » tugmachasi bosib, oyna joriy qilinadi va joriy oyna menyusidagi «создать» tanlanadi. Bu amal bajarilgandan keyin «новый запрос» oynasi hosil bo‘ladi. Oynadagi «простой запрос» amali tanlanadi va «ok» tugmachasi bosiladi. «таблицы и запросы » bandidan so‘rov tashkil qilinadigan jadval tanlanadi;
Rasmda ko‘rsatilgan tugmacha yordamida so‘rov tashkil qilinadigan ustunlar tanlanadi;
«dalee» tugmachasi bosilgandan keyin yangi oyna paydo bo‘lib so‘rov nomini kiritishni so‘raydi. Agarda sistema qo‘ygan nom qoniqtirsa so‘rovning nomini o‘zgartirmay keyingi bosqichga uchishingiz mumkin, agarda qoniqtirmasa yangi nom kiritib keyingi bosqichga o‘tish mumkin.
«готово» tugmachasi bosilgandan keyin so‘rov tashkil qilinadi va tanlangan ustunlar buyicha yangi jadval xosil bo‘ladi.