Agar termodinamik sistema atrof-muhitdan issqlik miqdorini qabul qilmasa va o’zidan issiqlik chiqarmasa, u holda bu sistemada issiqlik miqdorining o’zgarishi nolga teng, ya’ni dQ=0. Sistema, atrof-muhit bilan issiqlik almashinuvida bo’lmasa, bunday sistemadagi jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.
Real holatda adiabatik jarayonni qanday amalga oshirish mumkin yok unga qanday yaqinlashishimiz mumkin?
1. Agar termodinamik sistema, issiqlik o’ztkazuvchanligi nolga teng bo’lgan devor (qobiq) bilan o’ralgan, masalan, dyuar idishi (20-rasm) bo’lsin. Mana shunday sistemalarda bo’layotgan jarayonlarni adiabatik jarayonga yaqin deb qarashimiz mumkin.
2. Sistemada bo’layotgan jarayonlar juda tez, ya’ni qisqa vaqt ichida sodir bo’lganligi uchun bunday jarayonlarni ham adiabatik jarayon deyishimiz mumkin. Chunki sistemada bo’layotgan jarayon juda qisqa vaqt davomida sodir bo’layotganligi uchun sistema atrof-muhit bilan issiqlik almashishga ulgurmaydi.
Puasson tenglamalari
Oddiy termodinamik jarayonlarda ish va issiqlik miqdori