Adidas tarixi: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes haqida. Adidas 1920-yillarda aka-uka Dasslerlar egalik qilgan nemis kompaniyasidan chiqqan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Dasslerlar noma'lum sabab tufayli urishib qolishadi va biznesni alohida yurita boshlashdi: Dassler Rudolf boshqargan Puma va Adidas — Adolf kompaniyasiga ajraldi. Adolf Dassler kashfiyotchi va dizayner edi: 1925 yilda u “tikonli” futbol butsilarini o‘ylab topdi va ilk marta tikdi. 1949 yilda Adidas logotipi - uchta chiziqni patentlatdi va yechiladigan rezina “tikonli” ilk futbol butsilarini yaratdi. 1950 yilda u qorda va muzda futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimni o‘ylab topdi.
Puma va Adidas o‘rtasidagi munosabat murakkab edi: fabrikalar kichik Xersogenaurax shahrida yonma-yon turardi. Uning aholisi ham Puma tarafdorlari va Adidas ishqibozlariga ajralgandi. Mojarolarning asosiy manbai brendlar orasida oyoq kiyim tayyorlash texnologiyasi va uni targ‘ib etish edi: aka-ukalar umumiy ishlanmalardan foydalanmaslik va alohida-alohida rivojlanishga qaror qilishdi, biroq ba'zida bir-birlarini g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashardi. Puma va Adidas «Pele Pakti»ni imzolashdi, u fabrikalarga targ‘ib uchun Peledan foydalanishni ma'n etardi. Puma bu shartnomani buzdi.
1970 yili Futbol bo‘yicha jahon chempionatida Pele o‘yin boshlanishidan oldin hakamdan butsi bog‘ichini bog‘lash uchun vaqt so‘radi. Kameralar uni yirik planda ko‘rsatdi, u maydon markazida sekin tizzasiga o‘tirib, Puma yozuvi tushirilgan butsisi bog‘ichini bog‘ladi. Puma o‘yingacha u bilan shartnoma imzolagani ma'lum bo‘ldi.