Mavzu: adobe photoshop dasturi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#115153
1   2   3   4
ADOBE PHOTOSHOP DASTURI

Asboblar paneli

  • Asboblar paneli
  • Adobe Photoshop asboblar panelida turli xil ishni bajariadigan oynalar joylashgan. Har biri Adobe Photoshop dasturining biror-bir buyrug`ini anglatadi. Agar asboblar panelida biron-bir oyna bo’lmasa, menyu satrining Okno punktida Vkl. Panel buyrug`ini tanlang.
  • Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda oynada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan oynaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu oyna tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
  • Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili oyna ustida "sichkoncha" ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli oyna ustida kursorni qoldirib "sichqoncha" ning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.

Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning qanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.

  • Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning qanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.
  • Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
  • Прямоугольная область: To’g`ri to’rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi. Ushbu oynaga qo’shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift klavish o’rnida Alt klavishi qo’llanilgan taqdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Lasso va Volshebnaya palochka asboblari bilan ishlashda qo’llaniladi.
  • Эллиптическая область: Doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu oyna yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin