Adobe Photoshop Dasturining Ishlab Chiqilish Tarixi
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo’lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e’lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo’yicha eng oldingi o’rinda turibdi va mustaqil dastur bo’lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo’lgan. Hozir 41 ta muallifi e’lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan.
Ularning otasi fotograf bo’lib, ular yerto’lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o’rgandi.
Ularning otasi fotograf bo’lib, ular yerto’lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o’rgandi.
Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko’pligi shu dasturni tuzishga sabab bo’ldi va ularga millionlab dollar foyda keltirdi.
Dasturning Boshlanishi
1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo’limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to’g’risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o’zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi.