Mavzu: Murakkab so‘rovlar yaratish. Bir nеchta jadvallar birlashtirish, JOINlar bilan ishlash Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha ma’lumotlar bazasidan foydalanib TOP, LIMIT yoki ROWNUM foydalanish, bir nеchta jadvallar birlashtirish, JOINlar bilan ishlash.
Masalani qo‘yilishi: Predmet soha ma’lumotlar bazasi shakllantirilgandan so‘ng undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida TOP, LIMIT yoki ROWNUM lar orqali so‘rovlar yaratish.
Uslubiy ko‘rsatmalar: SQL LIMIT va SQL TOP operatorlarining vazifasi belgilangan satrlarni chaqirishdan iborat. SQL TOP operatori MS SQL Serverda ishlaydi, SQL LIMIT operatori esa MySQLda va Oracleda ROWNUM operatori ishlaydi ularnig vazifasi bir hil.
SQL Server / MS Access Syntax: SELECT TOP number|percent column_name(s) FROM table_name WHERE condition;
MySQL Syntax: SELECT column_name(s) FROM table_name WHERE condition LIMIT number;
Oracle Syntax: SELECT column_name(s) FROM table_name WHERE ROWNUM <= number;
Misol. MS SQL Serverda ishlash
SELECT TOP 3 * FROM Customers;
Misol. SQL da ishlash SELECT * FROM Customers
LIMIT 3;
Misol. Oracleda ishlash SELECT * FROM Customers
WHERE ROWNUM <= 3;
Agar select operatorida from so‘zidan keyin 1 ta jadval emas 2 ta jadval ishlatilsa, bunda surovni natija tashkil kiluvchi jadval 1 jadvali xar bir satri bilan 2-jadvalni xar bir satriga ulashdan (kombinatsiyadan) yaratiladi. Bu amal jadvallarni birlashtirish deyiladi.
SQL INNER JOIN operatorining 1-2 jadvalning mos elementlarini qo‘shadi.
SQL INNER JOIN operatorining sintaksisi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: