Mavzu: Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash


II.BOB.Aholi ehtiyoji va chakana tovarlar



Yüklə 202 Kb.
səhifə4/10
tarix16.02.2023
ölçüsü202 Kb.
#84531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Samarqand iqtisodiyot va servis

II.BOB.Aholi ehtiyoji va chakana tovarlar.
2.1.Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash.
Хalq farovonligini aniqlovchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil – bu, turmush darajasi bo‘lib, u kishilarning jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy talablari darajasini xarakterlaydi. Extiyojlar xarakatini baxolash masalasi ijtimoiyiqtisodiy jamiyat taraqqiyotini prognozlashda salmoqli o‘rin tutadi.
Тurmush darajasini aniqlovchi rivojlanish talablarini tahlil qilish, talablar tarkibida ularning taraqqiyotiga ta‘sir etuvchi sezilarli omillarni aniqlash, sababoqibat va ehtiyojlar harakati orasidagi boglanishlarni hamda aks etgan omillarni o‘rnatish, o‘tmishdagi talab-ehtiyojlar o‘zgarishini tahlil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va turmush darajasi bilan o‘zaro boglangan prognozlanadigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida olib boriladi. Bu sohada prognozlashning asosiy masalasi eng avvalo aholining kelajakdagi talab-ehtiyojlarini va ularni qondirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Masalan, yuqori sifatli va turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish, uy-joy va boshqalar.Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini qamrab olish, umumdavlat turmushi darajasini ko‘tarish va ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda ko‘taruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir.Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko‘tarish tizimi, umumiy boglanishni va aqliy ketma-ketlik bo‘yicha prognozlar ishlab chiqishni ta‘minlovchi kompleks ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Ularning eng dolzarblari quyidagicha:

  • jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar;

  • umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar, turmush darajasining ko‘tarilishini qiymat nuqtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy sharoit, har bir jon boshiga to‘gri keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi, resurslarning iste‘moli va ularning milliy daromaddagi hajmi;

  • asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste‘molining ko‘rsatkichlari; nooziq-ovqat tovarlari (mollari), aholi jon bishiga sotiladigan tovarlar hajmi, madaniymaishiy jihozlar bilan oilaning ta‘minlanganligi;

  • uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta‘minlanganlik, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish, bolalar, o‘quv-profilaktik, sanatoriya-dam olish maskanlari, turistik muassasalar ko‘rsatkichlari.

Ehtiyojni va chakana tovar ayirboshlash prognozlari turmush darajasining ko‘tarilishi va iste‘mol bilan chambarchas bog‗liq. Хalq iste‘moli mollarining prognozlarini ishlab chiqish jarayonida olingan natijalar, alohida shahsiy ehtiyojlarni aniqlashdagi so‘nggi bosqich ishlab chiqarish bo‘lib, bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning jadalligi va proporsiyasini boshqarish imkoniyatiga; iqtisodiy sohalar rivojlanishining optimal dasturlarini va uning guruhlarini ishlab chiqishga; chakana tovar ayirboshlashning shakllanishiga imkon beradi. Тalab deganda bozorning tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji, taklif deganda esa bozordagi yoki bozorga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulot tushuniladi.Хalqning moddiy farovonligi ogishmay o‘sishi, jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarning o‘sishiga olib keladi va ularni qoniqtirishda chakana tovar ayriboshlash salmoqli o‘rin egallaydi. Тovar ayriboshlash deganda xalq ehtiyojlari mollarini sotish orqali shaxsiy pul mablaglariga almashinishi tushuniladi.Тalab va chakana tovar ayirboshlashni prognozlashda, prognozlash yo‘nalishi va uning harakteriga ko‘ra turli usullar qo‘llaniladi (me‘yoriy, ekstropolyatsiya, ekspert baholash, korrelyatsion-regression tahlil va boshqalar).Me‘yoriy usul oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tavarlarning iste‘moldagi ratsional me‘yorini qo‘llash asosida, shuningdek, uzoq davr qo‘laniladigan tavarlarning me‘yoriy ta‘minlanganligi asosida yotadi.Modellashtirish usuli chakana tovar ayriboshlashni va ehtimoliy talab tarkibining mikdoriy tavsifsini aniklashda qo‘llaniladigan usullardir.
Regression tahlil usulida oziq-ovqat tavarlarining chakana tavar ayriboshlashdagi prognoz uchun qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Boshlangich proporsiyasi sifatida– aholining real daromadini olamiz. Х2- 1000 yashovchi uchun do‘konlarning savdo maydoni; Х3- oziq - ovqat tavarlari uchun narxlar indekisi.Тalab va chakana tovar ayriboshlashni prognozlashda chiziqli va bosqichli modellar qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarishga bogliq bo‘lmagan eng muhim sohalardan biri axoliga maishiy xizmat ko‘rsatishdir.Aholi xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xizmat turlari va hajmlarining orttirish, buyurtmalarning muddatlarini qisqartirish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni ishlab chiqishda aholi talab etayotgan u yoki bu prognozlar muhim rol o‘ynaydi.Maishiy xizmatlar uchun prognozlarni ishlab chiqish uslubiyotida aholi talabini aniqlovchi omillar doirasini aniqlash murakkab masaladir.Тalabga ta‘sir etuvchi omillar aniq xizmat ko‘rsatish guruhlariga qarab qator sabablarga bogliq. Bu yerda, oilaning maishiy asboblar, poyabzallar va kiyim-kechaklar, shuningdek, ular tayyorlangan materiallar va boshqalar bilan ta‘minlanganligi bo‘lishi mumkin.Maishiy xizmat ko‘rsatishni prognozlashtirishda turli usullarining qo‘llanilishi ma‘lum. Eng ko‘p tarqalganlari me‘yoriy, ekstropolyatsion, iqtisodiy matematik modellash usullaridan.
Me‘yoriy usul asosida ilmiy asoslangan me‘yorlar tizimi yotadi va u aniq bir xizmat turlariga kelajakda bo‘ladigan talabalarni aniqlashga imkon beradi.Yanada keng tarqalgan maishiy xizmatga bo‘lgan talabni prognozlaydigan usul korrelyatsion-regression tahlil usuli bo‘lib, u o‘ta ahamiyatli qiymat omillariga ega bo‘lgan talablarni shakillantiradi.
Bir omilli modellar nisbatan sodda modellar hisoblanadi. Masalan, kimyoviy tozalash xizmatiga bo‘lgan talabning daromad turi darajasiga boglanishi:

Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin