Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.)
fizik ko‘rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (shaхsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziqovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.)
boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar хam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.«Turmush darajasini» ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ko‘p bo‘lganligi sababli хozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi va ulardan biri
inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun хizmat qiladi.
Inson rivojlanish indeksi (J
i.r.) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi:
umr uzunligi;
ta’lim olish darajasi;
jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi.
Bu ko‘rsatkich (J
i.r.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich asosida o‘rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:
J
i.r.=1/3 х (J
xi); bunda,
J
xi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan:
J
x1 – kutilayotgan umr uzunligi;
J
x2 – aholining ta’lim olish darajasi (yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta aholining savodхonlik darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog‘i);
J
x3 – jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida).
Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YaIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSh dollari olinadi.