Axborot O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lish. Axborot turlari va xususiyatlarini bilish. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida tasavvurga ega bo’lish. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklarini bilish. Axborot tarmoqlari haqida tasavvurga ega bo’lish. Jamiyatimizda axborotlashtirishga oid qabul qilingan qonunlar mo- hiyatini va ahamiyatini tushunish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo’lish.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarga misollar keltira olish. Axborot miqdori va uzatish tezligini hisob- lashga doir sodda masalalarni hal qila olish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan bosh- qasiga o’tkazishni uddalash.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Ikkilik sanoq sistemasida arif- metik amallarni bajara olish. Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo’lish.
Internet O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida, uning vazifalarini va dasturning imkoniyatlari bilan tanishtirish. Elektron pochtadan foy- dalanish va Internetdan ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Internetda haqida va Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida hamda uning vazifalarini ayta bilish; Internetda ma’lumotlarni bilish texnologiyasining bilishi, nusxa olish va saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; Elektron pochta va undan foydalanishning qisman bilishi; axborotlarni ximoyalashni elementar usulda va komputerda antiviruslar fayliga kirib virusga tekshira olishni bilishi kerak.