AKTSIZ TAVARLARNI BELGILASH VA ULARNI SOLIQQA TORTISHNING O\'ZIGZ XUSUSIYATLARI
Boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha aktsiz solig’i hisob-kitobiga misol (o’simlik (paxta) yog’i) Aktsiz solig’i summasini hisob-kitob qilish uchun quyidagi formula bo’yicha shartnomaviy (erkin) narx (aktsiz bilan) aniqlanadi.
O = (S x 100) / 100-A, Bunda:
O - o’z ichiga aktsiz solig’ini olgan shartnomaviy (erkin) narx, QQSsiz;
S - korxonaning hisob-kitob qiladigan (ulgurji) narxi (me’yorlar bo’yicha xarajatlar va foyda me’yori);
A - aktsiz solig’i stavkasi.
Aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
O x A / 100
Mahsulot birligiga so’mda aktsiz solig’ini hisob-kitob qilish bo’yicha shartli misol (aktsiz solig’i stavkasi 77% bo’lgan 1 t tozalangan, dezodoratsiya qilinmagan o’simlik yog’i misolida)