Мавзу: акциз солиғИ



Yüklə 144 Kb.
səhifə1/7
tarix28.05.2022
ölçüsü144 Kb.
#59854
  1   2   3   4   5   6   7
AKTSIZ TAVARLARNI BELGILASH VA ULARNI SOLIQQA TORTISHNING O\'ZIGZ XUSUSIYATLARI


AKTSIZ TAVARLARNI BELGILASH VA ULARNI SOLIQQA TORTISHNING O'ZIGZ XUSUSIYATLARI
REJA:

  1. Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi.

  2. O’zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqarilgan va respublikaga import qilinadigan tovarlar uchun aktsiz solig’i.

  3. Soliqni to’lovchilar tarkibi, soliqqa tortish ob’ekti, soliq stavkalari, to’lash muddatlari, soliq bo’yicha imtiyozlar va hisoblash tartibi.

  4. Aktsiz solig’ini hisobga olish va buxgalteriyada rasmiylashtirish.



1. Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi. Soliq tizimida eng ichki o’zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko’plab omilllari bilan to’qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig’idir. Shu bois, aktsiz solig’ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog’liq holda o’rganish eng dolzarb muammolardan bo’lib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, aktsiz solig’ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o’rganib chiqilgan. Aktsiz solig’i egri soliq bo’lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig’i o’ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir.
Aktsiz solig’i rivojlangan xorijiy davlatlarda ham davlatning umum soliq siyosatida muhim o’rin egallab kelmoqda. Respublikamizda qo’llanilaetgan aktsiz solig’i chet davlatlardagi aktsiz solig’i bilan o’xshash tomonlarga, shu jumladan o’ziga xos xususiyatlarga ham egadir:
-soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, belgilangan stavkadagi aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan aktsiz osti tovarlarining sotish (shartnomaviy) narxi hisoblanadi. Aktsiz stavkasining bunday tartibda o’rnatilish mexanizmi tarixiy shakllanib, o’zini doimo oqlab kelgan.
U muayyan psixologik mazmunga ham ega, ya’ni u 100 foizdan kam bo’lgan stavkada shartnomaviy sotish narxidan 4-5 marta ko’p bo’lgan aktsiz solig’i summasini olish imkoniyatini beradi.
Demak, aktsiz solig’i korxona mahsulotlari va xizmatlari bahosi ustiga yoki tarifiga ustama shaklda to’g’ridan to’g’ri kiritiluvchi egri soliq turi tushuniladi. Aktsizlar sotilayotgan mahsulot yoki xizmatlar bahosi ustiga ustama shaklida qo’yiladi va ularning pirovard to’lovchisi bo’lib iste’molchi hisoblanadi.
Mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, asosiy egri soliqlardan biri bo’lgan aktsiz solig’ining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi xususida to’xtalamiz. Dastlab egri soliqlar ayrim tovar turlari (tuz, tamaki, aroq mahsulotlari, gugurt, shakar va boshqa keng iste’mol mollari)ga aynan aktsiz solig’i ko’rinishida namoyon bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan aktsiz osti tovarlari ro’yxati kengayib borgan. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki, soliqqa tortishning aktsizli shakli keng xalq ommasi iste’molidagi ommaviy tovarlarni soliqqa tortish jarayonidagina samara berishi mumkin bo’lgan.
Qadimda aktsizlarni boshqa nomlar bilan boj, to’lov, yig’im yoki sodda qilib soliq deb atashganlar. Aktsizlarning o’sha davrda amal qilgan soliqqa tortish mexanizmi to’g’risida taxminiy ma’lumotlar mavjudligi uning ilk paydo bo’lgan davrini aniqlashga imkon bermaydi. Masalan, xalq tribunlari Tiberiy va Gay Grakxov (er. av. 162-133 va 153-121 yy.) davrlarida Rim g’aznasiga qullarni ozod etishdan, shu bilan birga o’z shaxsiy iste’moli uchun zarur bo’lmagan tovarlarni dengiz orqali Rimga olib kelinishdan yig’imlar tushib turgan. I tem i drugim, po sushchestvu, oblagalis predmeti roskoshi.*
Qadimgi Misrda XII-XIIIchi sulolalar davrida(er. av. ikkinchi ming yillik) pivoga soliq solingan. Albatta, bu to’lovlar hozirgi talqindagi aktsizlar bo’lmasligi mumkin, lekin ularni aktsizlarning dastlabki namunalari sifatida e’tiborga olish lozimdir.
Tarixiy manbalarga ko’ra, Angliyada Kromvel davrida respublikaning yigirma yil amal qilishi davomida aktsizlarning ikki yuzga yaqin turi joriy etilgan. Bunda har xil turdagi ob’ektlar soliqqa tortilgan, masalan, poxol kukuni yoki yog’ uchun quti idishlar shular jumlasidandir. XXI asrda Gollandiyada egri soliq turlari shunchalik ko’p ediki, tarixchi de-Vitta so’zlariga qaraganda, mehmonxonada tortiq qilingan baliq bo’lagiga 34 xil aktsiz to’g’ri kelgan.
Demak, aktsizlar, bojlarni hisobga olmaganda soliqqa tortishning eng qadimgi shaklidir.
“Aktsiz” frantsuzcha accise, lotincha accidere so’zlaridan olingan bo’lib, tarjima qilinganda «kesib olish» ma’nosini anglatadi. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida aktsiz solig’iga quyidagicha izoh berilgan: «aktsiz solig’i sof daromadning narxda va qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, egri soliq sifatida byudjetga o’tkaziladigan (undiriladigan) bir qismidan iboratdir. Bizning fikrimizcha, aktsiz solig’i sof daromadning emas, balki yuklab jo’natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga yo’naltirish shaklidir.
Egri soliq sifatida aktsiz solig’ining qo’shilgan qiymat solig’idan farqlanuvchi xususiyatli jihatlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:
- aktsiz solig’ida cheklangan turdagi aktsizosti mahsulotlarini sotish oboroti soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’idagi soliqqa tortish ob’ekti bo’lgan ish va xizmatlar aktsiz solig’iga tortilmaydi;
- agar qo’shilgan qiymat solig’i tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aktsizlar esa faqat ishlab chiqarish sohasidagina amal qiladi. Ushbu qoidadan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan aktsizosti mahsulotlari va tovarlari istisnodir.
Madomiki, ushbu holatda aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib, aktsiz osti mahsulotlarini sotib oluvchi va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Aktsiz solig’i o’z mohiyatiga ko’ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste’molchi tomonidan to’lanadigan egri soliqdir. Uning ijtimoiy - iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi.
Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini ta’minlash orqali xalq xo’jaligi manfaatlarini qondirishga, ko’proq mablag’larni jalb ettirishi orqali namoyon bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning to’lov qobiliyatlarini oshishida o’z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig’i ob’ektlari (aktsiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to’lov qobiliyatini o’sishida namoyon bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, sub’ektlar aktsiz solig’i iste’molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir.
Ammo aktsiz solig’i engiliklari tovarlarni xarid qilish uchun olinadigan kredit resurslarini qisqartirilishiga, bu esa o’z vaqtida harajatlarning pasayishiga olib keladi. Xarajatlarning pasayishi esa daromad (foyda)ni oshirish omillaridan biridir.
Aktsiz solig’ini mohiyatini ochishda u bajaradigan vazifalarni bilish muhimdir. Shu jihatdan uning quyidagi vazifalarini alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz:
birinchidan, mamlakat byudjetining muhim daromad manbalaridan biri sanaladi. Soliq tizimi rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan barcha davlatlar singari, mamlakatimizda ham aktsiz orqali daromadlarni tez va oson yig’ish imkoniyatlari yuzaga keladi. Frantsuz iqtisodchisi F. Demezon ta’biri bilan aytganda «aktsizning o’zi barcha boshqa soliq tushumlari va undan ham ko’proqni berishga qodirdir»
ikkinchidan, aktsiz osti tovarlari iste’molini cheklash (asosan ijtimoiy zararli tovarlar) orqali muayan bozor doirasida talab va taklifni tartibga solish. Iqtisodiy o’sish doirasini bashqarishda aktsizosti tovarlar ro’yxatini belgilash orqali davlat yalpi talab va taklifni egiluvchanligi ta’minlaydi;
uchinchidan, davlatning milliy bozorni himoya qilish vazifasi aktsiz solig’i orqali ta’minlanadiki, bunda yuqori soliq stavkalaridan foydalaniladi;
to’rtinchidan, aktsiz solig’i monopol mavqedagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki aniq mahsulot turini progressiv soliqqa tortish vazifasini o’taydi;
beshinchidan, aktsiz solig’i aholini boy badavlat qatlamlari daromadlarini qayta soliqqa tortish usuli bo’lib hisoblanadi. Chunki aktsiz solig’i asosan nufuzli (qiymati yuqori) tovarlarga qo’llaniladiki, bunday tovarlarni asosiy iste’molchilari boy-badavlat shaxslar hisoblanadi.
Shunday qilib, aktsiz solig’i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini moliyaviy natijalarning o’sishi orqali ta’minlab berishi mumkindir. Shu bois aktsiz solig’ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi bilan chambarchas bog’liqdir.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin