2.2. Arifmetik amallarni o’rgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Ta’lim texnologiyasi –ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni,ya’ni,avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma –bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi –o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
Pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik tizimning pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof etgan holda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi:
O’ quvchi ;
Ta’lim –tarbiyaning maqsadi;
Ta’lim –tarbiya mazmuni;
O’quv jarayoni;
O’qituvchi yoki texnik vositalar;
Ta’lim –tarbiyaning tashkiliy shakllari
Xalq xo’jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo’llanilayotgan texnologiyalar mohiyatini o’rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish “pedagogik texnologiya” ta’lim –tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to’g’risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi.pedagogik texnologiyaning quyidagi tarkibiy unsurlari uning asosini belgilashga xizmat qiladi: pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari
Ta’lim jarayonining umumiy loyihasi ta’limni tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim maqsadi. Ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnikasi o’quvchi faoliyati o’qituvchi faoliyati ta’lim natijasi. Yuqoridagi fikrlarga muvofiq ta’lim texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi quyidagicha namoyon bo’ladi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o’quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda harakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo’lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o’ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilandi:
Tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
Tarbiyani tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag’bat);
Tarbiya maqsadi;
Tarbiya mazmuni ( shakl, metod, usul va texnik vositalar);
O’qituvchi (tarbiyachi) faoliyati ;
O’quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
Tarbiya samarasi ( natija ).
Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda quyidagicha namoyon bo’ladi.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, o’ptimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy harakterdagi, shuningdek, ta’lim –tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi.
Pedagogik texnologiya ta’lim –tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.
Pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo’lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jarayonida qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar qo’yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim – tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart – sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Pedagogik texnologiya o’zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, inson’arvarlashirish, o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bog’liq:
Mavjud shart -sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)larnning yosh, fiziologik, ‘sixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’yektiv nazorat qilish va baholash.
Xususiy fanlarni o’qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo’lg’usi o’qituvchilar o’z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
XULOSA
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.
Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo’yadi.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.
Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o’quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini kamaytirishga yordam beradi, o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o’quvchilar makoniy va mantiqiy fikrlashi, o’quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o’qishga qizikishini oshirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jixatidan baxolanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan qoidalardan iborat bo’lib uning muvaffaqiyati birgina o’quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to’planadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.
Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.
Dostları ilə paylaş: |