Mavzu: Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish Reja: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 57,15 Kb.
səhifə1/7
tarix24.06.2022
ölçüsü57,15 Kb.
#62248
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda ax


Mavzu: Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish
Reja:
KIRISH
I.Bob. Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari

    1. Arifmetik amallarni o’rgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari

    2. Yozma va og’zaki hisoblashda pedagogik texnologiyadan foydalanish.

II.Bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi
2.1. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi
2.2. Arifmetik amallarni o’rgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI.


KIRISH
O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar g’oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.
Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’qituvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko’nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo’yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o’rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.


Yüklə 57,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin