Mavzu: Algoritmlar nazariyasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 142,18 Kb.
səhifə2/7
tarix04.05.2023
ölçüsü142,18 Kb.
#107520
1   2   3   4   5   6   7
Kurssssssss

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm–maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda oʻnli sanoq tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algaritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga 9-asrda al-Xorazmiy tomonidan kiritilgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akademik A. N. Kolmogorov). Fanga "Yevklid algoritmi", "Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar maʼlum.
Algoritmning asosiy 5 ta xossasi mavjud ular quyidagilar:
Diskretlilik (Cheklilik) Tushunarlilik Natijaviylik. Ommaviylik. Aniqlik.
Algoritmlarning tasvirlash usullari:
Algoritmning so‘zlar orqali, algoritmning formulalar bilan berilish algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi(blok sxemalar bilan).
Algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:

Nоmi


Yüklə 142,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin