Dasturlash tillari.Tezkor elektron xisoblash mashinalarining paydo bo’lishi dasturlash tili deb ataluvchi turli-tuman belgilar sistemalarining paydo bo’lishiga olib keldi. SHunday qilib, hisoblash mashinalarida bajarilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tavsiflash uchun qo’llaniladigan belgilar (simvollar) sistemasini dasturlash tili deb yuritamiz.Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari 3 turga bo’linadi:
Quyi darajadagi dasturlash tili “Mashina tili” deb ham ataladi. Ushbu tilda dasturlar to’g’ridan-to’g’ri Operativ Xotira(OX) katakchalari va protsessor reestrlari bilan ishlab tuziladi. Ushbu tildagi buyruqlar Markaziy Protsessor(MP)ning operatsiyalariga to’g’ri keladi. Buyruqlar ikkilik kodda yozilgan:
O’rta daraja dasturlash tillarida protsessor buyruqlarini mnemonik kodlarga(buyruqqa mos qisqartirilgan so’zlar) almashtirilgan. Assembler tili bunga misoldir. O’rta darajadagi dasturlash tillarida ham bir protsessor operatsiya deyarli bir buyruqqa mos keladi. Masalan, yuqoridagi mashina kodi Assemblerda quyidagicha yoziladi:Ko’rib turganingizdek, Assembler tili mashina kodidan bir pog’ona yuqorida turadi xolos.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari esa, asosan, dasturlash jarayonini tezlashtirish uchun yaratilgan. SHuni eslatib o’tish lozimki, har qanday dastur bajarilishidan oldin mashina kodiga o’tkaziladi. Ushbu darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dastur ma’lum ma’noli so’zlardan(odatda ingliz tilidagi) tashkil topadi.
Nazorat savollari:
Rekursiya nima?
Rekursiyani to'g'ri tashkil qilish shartlarini tushuntiring?