RASM 1
Uning tarkibida cheklangan sondagi sintakis konstruktsiyalar to’plami bor bo’lib ,u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo’lishi kerak. Ana shu konstruktsiyalardan foydalanib buyruq ko’rsatmalar formal ifodalarga o’tkaziladi.
Zamonaviy dasturlash tillari EXM ning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va EXM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima kiluvchi maxsus dastur transyatordan foydalaniladi. Dasturni translyatsiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga ajraladi. Avval barcha dastur translyatsiya qilinib so’ngra bajarilish uslubida ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deb ataladi.
Dastlabki tilning har bir operatorini o’zgartirish va bajarishni ketma ket amalga oshiriladigan translyatorlar interpretatorlar deb ataladi.
Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo’llash qoidalarni uz ichiga oladi. Dasturlash
tillari bir - biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi.
Alifbo-tilda qo’llaniladigan ko’plab turli ramziy belgilar (harflar, raqamlar, maxsus belgilar ) Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish qoidalarini belgilaydi , semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izoxini belgilaydi.