MAVZU: ALISHER NAVOIYNING HAYOT VA IJOD YO’LI.
REJA:
1.AlisherNavoiyning hayot va ijod yo’li.
Bolalik davri
Yigitlik yillari
El-u yurt xizmatida
Ijod og’ushida
Hayotining so’ngi yillari
2.Alisher Navoiy shaxsini abadiylashtirish yo’lida…
Hazrati Alisher Navoiyning ijodi turkey adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik “kop va xo’b” (Bobur) yozmagan. Aytish mumikinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkey xalqlarining eng buyuk shoiridir. U o’zini “ Xitoydin to Xuroson”gacha yoyilgan turkey “qavm”larning shoiri deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi – “yakqalam” qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi. Navoiy yashagan davrda Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo’lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiyy nufuzini turk xalqlari tashkil etganligi ma’lum. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy asarlarining tili “Andijon shevasi bila rost” (to’g’ri)ligini aytadi.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “Mir”- amir deganidir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad ( uni G’iyosiddin kichkina ham derdilar temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh bo’lgan ekan. Alisher saroy muhitida o’sganligi uchun alohida ta’lim va tarbiyada o’sdi. Kichiklik chog’ida she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo’ldi. 3-4 yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvarning kattalr ham anglashi mushkul bo’lgan bir baytini yoddan aytib kelgan mehmonlarni hayratga soladi. U bo’lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o’qidi.1447-yilda Shohruh mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o’rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Hirot notinch bo’lib qoladi. Yolda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, “Zafarnoma”ning muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451-yilda hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir karvon Yazd cho’li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduz jazirama bo’lgani sabab kechasi yurilganini, tungi yurishlardan birida Alisher mingan otining egaridan tushib qolganini, uyqu zo’rlik qilib, uyg’onmaganini, bir mo’ljalga yetib kelibgina bo’lajak shoirning yo’qolib qolganini bilishganini, qidirishib, bolani topib olishganini yozadi.1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishni davom ettiradi. Maktam yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajak shoir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo’ston” asarlarini, Frididdin Attorning
“Mantiq ut –tayr” (Qush nutqi) dostonini so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Qushlar xayoli yosh alisherni odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan qilib qo’ydi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushadi. Bo’lajak shoir yoshlik davridan Nizomiy Ganjaviy va xusrav Dehlaviyning asrlarini sevib o’qiydi. 1453-yil Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval sabzavorda, song Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st yana birga bo’ldi. U yeti-sakkiz yoshida she’r yozgani ma;lum. Bu yillar ham yosh alisher uchun o’qish a ilm egallash yillari bo’ldi. U forscha she’rlar ham yozdi. Turkiy sh’erlariga “Navoiy”, forschasiga “Foniy” taxallusini qo’ydi. “Navo”ning bir ma’nosi –kuy, ohang yana biri –bahr (katta daryo, dengiz. Dard, g’amni ham “Navo” deganlar. “Foniy” esa o’tib ketadigan, yo’q bo’luvchi, vaqtincha degani. Navoiy o’n besh yoshida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlarining diqqatini o’ziga tortdi. Xondamirning yozishicha, she’rlar bilan endigina tanilib boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri mavlono Lutfiy huzurida o’zining:
Dostları ilə paylaş: |