Mavzu: alisher navoiyning hayot va ijod yo’LI


Orazin yopqoch, ko’mdin sochilur har lahza yosh



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#120473
1   2   3
навоий

Orazin yopqoch, ko’mdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh
matla’si bilan boshlanadigan g’azalini o’qiydi. She’rdan hayratga tushgan keksa shoir shunday deydi: “Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning forsiy va turkey tillarda aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashtirardim va buni o’zimning yutig;im deb bilardim”. Bu turkey she’riyatga buyuk iste’dod kirib kelayotganidan dalolat edi.
1457-yilda Abulqosim bobur Mirzo vafot etdi. Hokimiyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi.Husayn Bayqoro taxt uchun kurashga sho’ng’ib ketdi. Navoiy esa, Mashhad madrasalarida o’qishni davom ettirdi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutardi. Abusaid Mirzo u bilan taxt uchun kurashayotgan Husayn Bayqaroning yaqin kishilarini ta’qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, Alisherning tog’alari Mirsaid Qobuliy va Muhammad Ali G’arbiylarni oldinma- keyin qatl ettirgan edi.Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagan edi. U jonajon shahri Hirotda ko’p qololmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi avj pallaga kirgan, Jomiydek alloma bilan yaqindan tanishgan, saboqlar olgan, mehrini qozongan edi. Navoiy “Nuran maxdum” e’zozlagan bu shoir va olim o’zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa’diddin Koshg’ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, jomiyning ustozi) mozori yaqinida joy qurib o’sha yerda yashar edi. Pahlavin Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlarning Alisher bilan do’stligi mana shu davrda sinovdan o’tdi. Keyinroq, navoiy ularning har ikkalasi to’g’risida kitob yozdi. Birini “Shams ul-millat” (millatning quyoshi) deb ataydi, Syyid Hasan Ardasherni “Bu faqir turk vas sart (fors)lar orasida ondin tomomroq (komilroq) kishini ko’rmaydurmen”-, deya e’tirof etadi. Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sh’eriy maktubi bor. U “Masnaviy” nomi bilan “Xazoyin ul- maoniy”ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxassislar uni Navoiyning Hirotdan Samarqndga jo’nash oldidan yozgan deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldi Ardasher bilan xabarloshmoqchi bo’lgan, lekin uni topmagan. So’ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidan kechinmalari va o’z otasidek yaqin ko’rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta’rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do’stlarni tashlab ketish og’ir. Shoir ulug’ do’stiga ketish sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so’zi bilan ulg’dir “falak jismining joni” –so’z ayniqsa “nazm”-deydi shoir. O’zida she’r yozish uchun juda katta kuch sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o’z “Shohnoma”sini o’ttiz yilda yozgan bo’lsa, u o’shanday asarni o’ttiz oyda yozadi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil ichinda maydonga kelgan “Xamsa”si uning uchun 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak Yurt notinch, odamlarda vafo yo’q. Hatto, tasalli beruvchi kishi ham yo’q. Ketaman, desang etgingdan tortadigan umr yo’ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do’sting bo’lmasa. Bu maktubdan ma’lumki, Navoiy 24-25 yoshlaridayoq “Xamsa” yaratishga har tamonlama tayyor ekanini bilgan. O’zining ijodiy kuchiga ishonch katta bo’lgan. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samrqandda yashagan. Shoir dastlab Samarqandda moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi. Keyinroq, unga shahar hokimi Ahmad Hojibek homiylik ko’rsatadi. Samarqand shoir hayotida o’chmas iz qoldirdi. Zamon bo’ronlarni har qancha to’zitmasin shaharda olim-u fozillar hali ko’p edi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta Shuhrat topa bordi. 1465-1466 yillarda muxlislari uning she’rlarini to’plab o’zlari “Devon” tuzdilar. Bu kitob bugun “Ilk devon” nomi bilan mashnurdir. 1468-yilda Eron uchun bo’lgan jangda Abusaid Mirzo halok bo’ladi. 1469-yilning boshida Husayn Bayqoqro Hirotni qo’lga oladi va Samarqandga xat yo’llab, Navoiyni o’z yoniga chaqiradi. Alisher bu voqeadan xabar topishi bilan Hirotga, do’sti huzuriga qaytadi. Shu yilning ramazon hayiti kunlarida shoir unga bag’ishlab “Hiloliya” qasidasini yozadi.U Husayn Bayqoroning taxtga chiqishini oy-hilolga qiyos qiladi. Husayn Bayqoro uni muhrdor qilib tayinlaydi. Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476- yillarda vazir bo’lib xizmat qildi. 1487-1488-yillarda Astrobodda hokimlik qildi. Husayn Bayqoro uni o’ziga g’oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va shoir fikrini qadrlardi. To’g’ri, Bayqoro va Navoiy o’rtasiga sovuqchilik tushgan vaqtlar ham bo’ldi. Lekin o’z davrining bu ikki yirik davlat arbobining do’stligi va hamkorligi juda ko’p sinovlardan o’tdi va avlodlarga o’rnak bo’li tarixdan joy oldi. Husayn Bayqoroning brcha xotinlardan 14 o’g’li bor edi. Hammasidan kattasi Badiuzzamon bo’lib, uning onasi Marv hokimi Sulton Sanjarning qizi edi. Eng suyukli o’g’li Muzaffar Mirzo edi. Boburning yozishicha, Muzaffar Mirzoning fe’li va xulqi sevishga unchalik munosib emas ham edi, lekin Bayqoro boshqa o’g’illaridan uni ortiq ko’rgani, ayniqsa, uning onasi Xadichabegimning makr-hiylasi bilan Mo’min Mirzo qatl qilingani uchun sultonning qolgan o’g’illari otalari bilan yovlashib qoladilar. Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzoning o’rtasidagi munosabat esa o’ta yomon edi. Buyuk shoir ota-o’g’illar orasiga juda ko’p marta tushadi, shahzodalarga nasihat qilib, yurtni g’alayonlardan saqlab qoladi. Sulton Husayinning Navoiyga yozgan xatlaridan ma’lum bo’lishicha, shoh Alisher Navoiyning har qanday fikrini eshitishga tayyor bo’lgan, unga har bir masala bo’yicha to’qqiz martadan o’z fikrini aytish huquqini bergan. Alisher ijod kishisi edi, albatta. U tabiatan buyruqbozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur qilish va hayol surishga moyil, g’oyat nozikta’b kishi edi. Mansab lavozimlar qancha yuqori bo’lmasin, uning uchun ortiqcha yuk bo’lib, Husayn Bayqroga bo’lgan ixlosi uni iste’fo berishdan saqlab turar edi. Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko’plab g’alayon-u urushlarning oldini oldi. Urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida ayniqsa nomoyon bo’ldi. Ishlarida
Husayn Bayqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko’rdi. Qarshiligiga qaramasdan, shoirni yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa “amir” (vazir)likka qo’ydi. Buyuk shoir “Amiri kabir” (ulug’ amir), “amirul muqarrab “ (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning amirlik yillarida Hirotda katta obodonlashtirish ishlari avj olgan, madaniyat gullab-yashnagan davr bo’ldi. Ulug’ amir o’zi bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi ariqlar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarni qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonaqohlar soldirdi. Xondamir o’zining “Makorim ul-axloq” nomli tarixiy asarida bunyodkorlik ishlarining batafsil ro’yxatini keltiradi. Shuningdek, Navoiyning “Vaqfiya”asarida ham bu haqda qiziqarli ma’lumotlar bor. Boburning qayd etishicha, Abusaid musodara qilgandan, Bayqaro tiklab bergan otameros katta mol-mulk, ko’plab yer va sarmoya egasibo’lgan Navoiy Husayn Bayqoroga har yili mamlakatning obodonliki uchun mablag’ berib turgan. Navoiy 1476- yilda vazirlikdan bo’shagandan so’ng ham obodonlikka rahnamolik qilaverdi. Podshohning eng yaqin kishisi sifatida uning hamma ishlarida yordam berib turdi. Navoiy ilm va san’at ahlining homiysi, madadkori edi. Zhiriddin Bobur yozadi “Ahli fazl va ahli hunarg’a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy (madadkor) ma’lum emskim, hargiz paydo bo’lmish bo’lg’ayUstoz Qulmuhammad va Shayx Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad (mashhur) edilarbekning tarbiyat va taqviyat (madad)i bilan muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar tasvirda bekning so’y (g’ayrat) va ehtimom (himmat)i bilan mundoq mashhur va ma’ruf (ma’lum) bo’ldilar…”.
Alisher Navoiy she’rni, shodlikni barcha narsadan ustun qo’ydi. Vazirlik maartabasidan turib ham she’r yozishni to’xtatmadi. Ulug’ shoirning ilk she’riy devonini muxlislar tuzgan bo’lsa, “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)nomli devonini 142-1476-yillarda sultonning amriga ko’ra, o’zi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon “Navodir un-nihoya” ( “Nihoyasiz nodirliklar”) maydonga keldi. Navoiyning eng katta orzusi katta dostonlar yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)dan keyin shoirlik qudratining mezoniga aylanib qolgan “Xamsa” yaratish edi. Chiqishdagi an’analarga ko’ra, she’rning qadri buyuk edi. She’rning masnaviysi ham alohida e’tiborda kelardi. Masnaviy esa, asosan, doston deganidir. Keng qamrovli, voqeaband asarlar mana shu janrda yozilgan. Jumladan Nizomiy Ganjaviyning “Panj ganj” nomi bilan tarixga kirgan “Xamsa”siga yuz yil o’tganidan keyin, Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. Lekin bu ikki shoir ham turk bo’lishiga qaramay, odatga rioya qilib, asrlarini fors tilida yozgan edilar. O’z xalqining shunday asardan bebahra qolishi Navoiyni qiynar edi. Navoiy “Xamsa” yozish to’g’risada ustozi Abdurahman Jomiy bilan maslahatlashganda, u Navoiyni bu ishga tezroq kirishishga undaydi. Shoir ustozdan oq fotiha olib, og’ir, mashaqqatli ishga kiishadi. Nizomiy bilan bellashish – uning panjasiga panja urish (“Xamsa”siga “Xamsa” bilan javob qilish)maqsadida maydonga kirish ulkan jasorat talab qilardi. Sherga yuzma-yuz bo’lish uchun sheer bo’lmaganda ham yo’lbars bo’lish kerak edi:



Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin