Mavzu alkaloidlarni o’simliklardan ajratish usullari-fayllar.org
Eritmaga 10%li tannin eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Kofein-barcha alkaloidlar singari tannin bilan suvda erimaydigan oq cho’kma hosil qiladi. Sifat reaksiyalari. Rangli reaksiyalar. Hamma alkaloidlar ochish reaktivlariga konsentrlangan sulfat va azot kislotasi kiradi. Bundan tashqari: Erdman reaktivi. 20 ml konsentrlangan sulfat kislotasiga 10 tomchi aralashmadan tomiziladi ( 10 tomchi konsentrlangan azot kislota va 100 ml suv aralashmasi) Frede reaktivi. 100mg molibdat natriyga yoki 500mg molibdat ammoniyga 10 ml konsentrlangan sulfat kislotada eritiladi. Yangi tayyorlangan reaktivlardan foydalaniladi Marki reaktivi. 4 tomchi 30% li formaldegid eritmasiga 10 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shib aralashtiriladi.

Mandelina reaktivi. 1 g toza metavanadat ammoniyni sopol idisda 200g konsentrlangan sulfat kislota bilan yaxshilab aralashtiriladi va yaxshi berkitiladigan idishda saqlanadi. Vazizki reaktivi. 20g p-dimetilaminobenzaldegid 60g konsentrlangan sulfat kislotada eritiladi va 4 ml suv qo’shiladi. Tekshirilayotgan alkaloid aralashmasi sopol idishga solinib ustiga reaktivdan tomchi solinadi va asbestli to’r ustida qizdiriladi. Cho’ktiruvchi reaksiyalar. Hamma alkaloidlar guruhi reaktivlari. Mayer reaktivi. 1,35g simob xlorid (II) 100 ml 5%-li kaliy iodid eritmasida eritiladi; bu reaktiv ta’sirida amorf sariq cho’kma hosil bo’ladi. Dragendorf reaktivi Myune va Mashbef tomonidan modifikasiyalangan.850g vismut nitrat 40ml suvda va 10ml muz sirka kislotasida eritiladi(A eritma). 8 g kaliy iodid 20ml suvda eritiladi (B eritma). Ikkala eritma teng miqdorda aralashtiriladi, uning ta’sirida alkaloidlar sariq-qizg’ish va qizil rangli cho’kma hosil qiladi.

Vagner reaktivi. 5g yod 100ml 10%li kaliy yodidda eritiladi. Cho’kma, ayrim vaqtda moysimon tomchilar tushadi. Zonnensheyn reaktivi. Karbonat natriy eritmasi (1:2) molibden kislotasi bilan to’yintiriladi va sarflangan molibden kislotaga nisbatan 5 marta ko’proq miqdorda ikki almashgan natriy fosfat qo’shiladi. Eritma qurugancha bug’latiladi, qoldiq tigelda suyiltirib qizdiriladi, qoldiq sovutilib 10 marta ko’p suvda eritiladi,filtrlanadi vaazot kislotasi oltinsarg’ish ranggacha qo’shiladi, juda sezgir reaktiv, lekin oqsil va ayrim glikozidlarni ham cho’kmaga tushiradi.