Mavzu: Amaliy hamda qonuniy metrologiya. Reja: Amaliy metrologiya asoslari


O‟lchash amalidan olingan natija  tasodifiydir



Yüklə 310,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü310,53 Kb.
#37010
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture 9 (1)

O‟lchash amalidan olingan natija  tasodifiydir. 

Endi  uchinchi  aksioma  xususida.  Bir  uchi 

ochilmagan  qalam  olamiz  va  shu  qalamning  10  marta 

chizg‟ich  yordamida  uzunligini  aniqlaymiz.  Natijalarni 

yozib  boramiz.  SHunda  eng  kami  bilan  ikki  yoki  uch 

marta olgan qiymatlarimiz boshqacharoq bo‟ladi. Xo‟sh, 

nima  uchun  bunday  bo‟lyapti?  Axir  obyekt  va  subyekt 

o‟zgargani yo‟q-ku! 



 

1.2. Metrologiyaning asosiy postulatlari. 

Ushbu mavzuni ko‟rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib 

ko‟ramiz: 

Bir  dona  chiroyli  olma  olamiz  (haqiqiy,  iste‟mol  qilinadigan  olma).  Uni 

biror  bir  tarozida,  masalan  savdo  do‟konlaridagi  o‟lchash  tarozisida  tortib 

ko‟ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‟ngra uni kattaroq, masalan qoplangan 

mahsulotlarni tortadigan yerga qo‟yiladigan tarozida o‟lchab ko‟ramiz. Endi olgan 

qiymatimiz  75  g.  Keyin  xuddi  shu  olmani  yuk  avtomobillarining  massasini  (10 

tonnagacha)  o‟lchaydigan  katta  tarozida  o‟lchaymiz.  Bu  tarozi  olmaning  massasi 

yo‟q  deb  uning  og‟irligini  sezmaydi.  Endi  oxirgi  tajriba,  olmani  bir  necha 

bo‟laklarga  bo‟lib,  laboratoriya  tarozisida  har  bir  bo‟lakni  tortamiz  va  yakuniy 

natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo‟lishi mumkin  - 74,3718 

g. Qarang-a, to‟rt xil o‟lchash vositasida to‟rt xil qiymat oldik. 

Agar o‟zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, bekami-ko‟st, mutlaqo 

aniq  o‟lchaydigan  asbob  olib  kelib  berishganda  ham  quyidagi  paradoks  bo‟lishi 

tabiiy.  Metrologik  nuqtai  nazardan  o‟lchash  vositasiniig  muayyan  metrologik 



tavsiflari  mavjud  bo‟lib,  bu  tavsiflarga  ega  bo‟lgandan  so‟nggina  biz  olingan 

natijani  baholashimiz  mumkin.  Biz  aytayotgan  o‟lchash  vositasini  metrologik 

tavsiflash  uchun  undan  ham  aniq  o‟lchaydigan  boshqa  asbob  kerak  bo‟ladi.  Bu 

xuddi  analginning  tarkibida  kofein  bor,  kofeinning  tarkibida  kodein,  kodeinning 




tarkibida  esa  analgin  bor  degandek  gap.  Xullas,  kattalikning  chinakam  qiymatini 

o‟lchab  bo‟lmaydi.  Modomiki,  chinakam  qiymatni  o‟lchash  imkoni  yo‟q  ekan, 

o‟lchash  amalida  qiymati  unga  yaqin  bo‟lgan  va  uni  o‟rniga  ishlatilishi  mumkin 

bo‟lgan  boshqa  qiymat,  ya‟ni  haqiqiy  qiymat  qo‟llaniladi.  Bu  xususda 

metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud: 


Yüklə 310,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin