Odatda laboratoriya ishlari o’quvchilar tomonidan individual (yakka) tarzda
bajarilishi kerak. Shundagini o’quvchining ishda faolligi va mustaqilligi to’liq
ta’minlanadi. Ular bilim bilan birga tegishli amaliy ko’nikmalar hosil qilib boradilar.
Jihozlarning yetarli bo’lmasligi tufayli laboratoriya ishlarini 2-3 o’quvchidan iborat
guruhlar bo’yicha tashkil qilinadi. Bunday hollarda guruhlar tarkibidagi har bir
o’quvchi navbat bilan ish bajaradi. Mashg’ulotning samarali o’tishi
ularga
qanchalik puxta tayyorgarlik ko’rilishiga bog’liq. Har bir laboratoriya mashg’uloti
uchun oldindan guruhlarga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar berib yuboriladi.
Bunda quyidagi ishlar bajariladi.
1) Darsda o’quvchilar bajaradigan laboratoriya mashg`ulotlarini aniq
mazmunini belgilash. Bu ishlarning har birini o’qituvchining o’zi qilib ko’radi va
unga ko’ra qancha vaqt ketishini aniqlaydi. Keyin shu ishlarni darsning qaysi
qismida qanday maqsadda va qanaqa usulda o’tkazilishini ta’minlaydi.
2) Mo’ljallangan laboratoriya ishlari to’grisida o’quvchilarga beriladigan
topshiriqlar, o’qituvchi o’tkaziladigan suhbat va tushuntirishning mazmunini o’z
ichiga olgan mashg’ulotlar rejasini tuzish.
3) Laboratoriya mashg’ulotlari uchun zarur bo’ladigan
jihoz va materiallarni
yetarli sonda va miqdorda tayyorlash. Ko’pgina laboratoriya mashg’ulotlari uchun
tegishli tabiiy tarqatma matariallarini tayyorlash kerak bo’ladi.
4) Laboratoriya mashg’ulotlariga o’quvchilar ham oldindan tayyorlanishlari
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun ularga oldindan turlicha topshiriqlar
beriladi. O’quvchilar laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga ham nazariy, ham
amaliy jihatdan tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ular o’qituvchining topshirig’i bilan
darslikning tegishli matnini o’qiydilar, unda ko’rsatilgan ish usulini o’rganadilar,
tegishli tabiiy materiallar yig’adilar. Laboratoriya mashg’uloti qanday uslub bilan
o’tkazilishiga qarab turlicha boshlanadi. Ammo har qaysi
holda ham
mashg’ulot boshlanishi oldindan uning maqsadini ta’kidlab o’tish kerak. Maqsadni
aniq, ayniqsa muammo tarzda bo’lishi laboratoriya ishini qiziqish bilan ongli
ravishda bajarilishini ta’minlaydi, bunda o’quvchilar izlanish yo’nalishida ish
ko’radilar. Ba’zida laborotoriya mashg’uloti oldindan o’quvchilarning shu ishga
aloqdor nazariy bilimlarini tekshirib ko’rishga to’g’ri keladi,
ayrim hollarda esa,
mashg’ulotning ishga oid kirish ma’lumotlarini hikoya qilish bilan boshlanadi.
Laboratoriya mashg’uloti uchun zarur jihozlar oldindan tarqatiladi. Laboratoriya
ishlari o’tkazish uchun zarur jihoz va material dars boshlanishi oldindan stollarga
qo’yilgan bo’lishi mumkin. Laboratoriyaga ishlarini frontal uslub bilan o’tkazishda
quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
1)Laboratoriya ishini ayrim qismlariga ajaratish va ularning bajarilish
izchilligini
aniq belgilash kerak, bunda ishning har bir bosqichi birmuncha
tugallangan holda bo’lishi bilan birga oldingi va keyingi bosqichlariga mantiqiy
bog’langan bo’lishi zarur.
2) Ishning har bir bosqichini amalga oshirish yuzasidan beriladigan topshiriqlar
qisqa va aniq ifodalangan bo’lsin. O’qituvchi murakkabroq ishlarni qanday bajarish
kerakligini tushuntirish bilan birga ularni amalda qilish kerakligini ham ta`kidlash
kerak.
3) Ishning o’quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganini o’qituvchi nazorat
qilib borishi kerak. Ba’zan ayrim o’quvchilar
ishga beparvo qarab jiddiy
kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Shunga ko’ra bunday holning oldini olish zarur.
Agar ish o’quvchining aybi bilan sifatsiz va natijasiz chiqqan bo’lsa, uni qaytadan
qoidaga muofiq tarzda bajarish talab qilinadi.
4) Ishning har bir bosqichi bo’yicha qisqacha va umumlashtiruvchi suhbat
o’tkazilishi ham juda muhimdir. Bu suhbatga o’quvchilarni ko’proq jalb qilish zarur.
5) Laboratoriya ishini bajarish davomida olingan bilimlarini yanada yaxshiroq
mustahkamlash maqsadida o’quvchilarning o’rganilayotgan masalalarga doir
sxematik rasm jadvallar chizishlarini tashkil qilish zarur.
6) Ishning barcha bosqichlari bajarilgach yakunlovchi suhbat o’tkazilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: