Mavzu: Amaliy va laboratoriya ishlarini uyushtirish Reja


Laborarotiya mashg’ulotlari bilan o’tkaziladigan darslar



Yüklə 125,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü125,54 Kb.
#106615
1   2   3   4
8 ma`ruza

Laborarotiya mashg’ulotlari bilan o’tkaziladigan darslar – bu tipdagi darslarda 
o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tirik va tabiiy obyektlarni, hayotiy hodisa va 
tajribalarni amaliy (mustaqil ishlash) metodlari vositasida o’rganadilar. O’simlik va 
hayvonlarning tabiiy holda o’zini o’rganilishi va ishda o’quvchilarni mustaqilligi 
laboratoriya mashg’ulotlarini xarakterli xususiyatlardandir. Biologiya bo’yicha 
o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati katta. 
Laboratoriya mashg’ulotlarida olingan bilimlar o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt 
saqlanadi. Laboratoriya darslari o’quvchilarda biologik obyekt va xodisalarni olish 
ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlantirish jihatdan ham ahamiyatlidir, chunki bu 
darsda o’quvchilar faol bo’lishi bilan birga ular mustaqil ish ko’radilar.
Laboratoriya mashg’ulotga tayyorlanish va uni o’tkazish- har bir 
laboratoriya darsi muayyan maqsadni nazarda tutadi. Biologiya bo’yicha 
laboratoriya mashg’ulotlari, unda o’quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga va 
o’quvchilardagi mustaqil ish bajarish ko’nikmalariga qarab 2 xil bo’ladi. 
a) frontal uslubda. 
b) oldindan ish to’g’risida to’liq topshiriq berish yo’li bilan o’tkaziladi. 
Frontal uslub – bilan o’tkzailadigan laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilar 
bajarilishi lozim bo’lgan xar bir ish bir qancha qismlarga bo’linib, ularning xar 
qaysisi yuzasidan o’qituvchi yo’l-yo’riq beradi, uni hamma o’quvchilar 
baravariga bajaradilar. Bu usulda labaratoriya mashg’ulotining ahamiyati shuki 
unda mustaqil ish baravariga boshlanib, bir vaqtda tugallanadi, ish natijasini 
aniqlash maqsadida qo’yilgan masalalarni o’quvchilar o’zlashtiradilar, biroq bu 
turdagi mashg’ulotlar o’quvchilarda mustaqil va tashabbuskorlik xislatlarini 
tarbiyalashga yetarli imkon bermaydi. 
Oldindan ish to’g’risida to’liq topshiriq berish yo’li – bilan o’tkaziladigan 
laboratoriya boshqacharoq tashkil qilinadi. Bunda o’quvchilarga barcha ish bo’yicha 
to’liq topshiriq beriladi. O’quvchi bu ishlarni boshidan oxirigacha mustaqil ravishda 
bajaradilar. Bu usulda laboratoriya mashg’ulotining tashkil qilish ancha qiyin bo’lib 
o’qituvchilardan puxta tayyorgarlik va pedagogik maharoti talab etadi. 
Bu usuldagi mashg’ulotni o’tkazishda quyidagi talablar qo’yiladi.
a) o’quvchilarga bu mashg’ulot mazmuni maqsadi va ahamiyati yoritilib
topshiriq beriladi. 
b) laboratoriya mashg’ulotini o’quvchi mustaqil holatda barjarishi kerak. 
k) mashg’ulot davomida bajarilayotgan ishga doir rasmlar chiziladi. 
d) o’quvchilardan ish natijalari ko’rsatish talab etiladi. 
e) yuqoridagilarni barcha mashg’ulot oxirigacha tugatilishi kerak. 


Odatda laboratoriya ishlari o’quvchilar tomonidan individual (yakka) tarzda 
bajarilishi kerak. Shundagini o’quvchining ishda faolligi va mustaqilligi to’liq 
ta’minlanadi. Ular bilim bilan birga tegishli amaliy ko’nikmalar hosil qilib boradilar. 
Jihozlarning yetarli bo’lmasligi tufayli laboratoriya ishlarini 2-3 o’quvchidan iborat 
guruhlar bo’yicha tashkil qilinadi. Bunday hollarda guruhlar tarkibidagi har bir 
o’quvchi navbat bilan ish bajaradi. Mashg’ulotning samarali o’tishi ularga 
qanchalik puxta tayyorgarlik ko’rilishiga bog’liq. Har bir laboratoriya mashg’uloti 
uchun oldindan guruhlarga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar berib yuboriladi. 
Bunda quyidagi ishlar bajariladi.
1) Darsda o’quvchilar bajaradigan laboratoriya mashg`ulotlarini aniq 
mazmunini belgilash. Bu ishlarning har birini o’qituvchining o’zi qilib ko’radi va 
unga ko’ra qancha vaqt ketishini aniqlaydi. Keyin shu ishlarni darsning qaysi 
qismida qanday maqsadda va qanaqa usulda o’tkazilishini ta’minlaydi. 
2) Mo’ljallangan laboratoriya ishlari to’grisida o’quvchilarga beriladigan 
topshiriqlar, o’qituvchi o’tkaziladigan suhbat va tushuntirishning mazmunini o’z 
ichiga olgan mashg’ulotlar rejasini tuzish. 
3) Laboratoriya mashg’ulotlari uchun zarur bo’ladigan jihoz va materiallarni 
yetarli sonda va miqdorda tayyorlash. Ko’pgina laboratoriya mashg’ulotlari uchun 
tegishli tabiiy tarqatma matariallarini tayyorlash kerak bo’ladi. 
4) Laboratoriya mashg’ulotlariga o’quvchilar ham oldindan tayyorlanishlari 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun ularga oldindan turlicha topshiriqlar 
beriladi. O’quvchilar laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga ham nazariy, ham 
amaliy jihatdan tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ular o’qituvchining topshirig’i bilan 
darslikning tegishli matnini o’qiydilar, unda ko’rsatilgan ish usulini o’rganadilar, 
tegishli tabiiy materiallar yig’adilar. Laboratoriya mashg’uloti qanday uslub bilan 
o’tkazilishiga qarab turlicha boshlanadi. Ammo har qaysi holda ham 
mashg’ulot boshlanishi oldindan uning maqsadini ta’kidlab o’tish kerak. Maqsadni 
aniq, ayniqsa muammo tarzda bo’lishi laboratoriya ishini qiziqish bilan ongli 
ravishda bajarilishini ta’minlaydi, bunda o’quvchilar izlanish yo’nalishida ish 
ko’radilar. Ba’zida laborotoriya mashg’uloti oldindan o’quvchilarning shu ishga 
aloqdor nazariy bilimlarini tekshirib ko’rishga to’g’ri keladi, ayrim hollarda esa
mashg’ulotning ishga oid kirish ma’lumotlarini hikoya qilish bilan boshlanadi. 
Laboratoriya mashg’uloti uchun zarur jihozlar oldindan tarqatiladi. Laboratoriya 
ishlari o’tkazish uchun zarur jihoz va material dars boshlanishi oldindan stollarga 
qo’yilgan bo’lishi mumkin. Laboratoriyaga ishlarini frontal uslub bilan o’tkazishda 
quyidagi qoidalarga amal qilish kerak. 
1)Laboratoriya ishini ayrim qismlariga ajaratish va ularning bajarilish 
izchilligini aniq belgilash kerak, bunda ishning har bir bosqichi birmuncha
tugallangan holda bo’lishi bilan birga oldingi va keyingi bosqichlariga mantiqiy 
bog’langan bo’lishi zarur. 
2) Ishning har bir bosqichini amalga oshirish yuzasidan beriladigan topshiriqlar 
qisqa va aniq ifodalangan bo’lsin. O’qituvchi murakkabroq ishlarni qanday bajarish 
kerakligini tushuntirish bilan birga ularni amalda qilish kerakligini ham ta`kidlash 
kerak. 


3) Ishning o’quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganini o’qituvchi nazorat 
qilib borishi kerak. Ba’zan ayrim o’quvchilar ishga beparvo qarab jiddiy 
kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Shunga ko’ra bunday holning oldini olish zarur. 
Agar ish o’quvchining aybi bilan sifatsiz va natijasiz chiqqan bo’lsa, uni qaytadan 
qoidaga muofiq tarzda bajarish talab qilinadi. 
4) Ishning har bir bosqichi bo’yicha qisqacha va umumlashtiruvchi suhbat 
o’tkazilishi ham juda muhimdir. Bu suhbatga o’quvchilarni ko’proq jalb qilish zarur. 
5) Laboratoriya ishini bajarish davomida olingan bilimlarini yanada yaxshiroq 
mustahkamlash maqsadida o’quvchilarning o’rganilayotgan masalalarga doir 
sxematik rasm jadvallar chizishlarini tashkil qilish zarur. 
6) Ishning barcha bosqichlari bajarilgach yakunlovchi suhbat o’tkazilishi zarur.

Yüklə 125,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin