1
Mavzu: Ammonifikatsiya jarayoni
Ammonifikatsiya-oqsillar va azotning
boshqa organik birikmala-rining
ammiak (NH
3
) gacha parchalanishi demakdir. Ba’zi ammonifikatorlar oqsillarni
parchalaganda NH
3
dan tashqari, N
2
S bilan indol ham hosil bo‘ladi. Oqsillarning
ammonifikatsiya qilinishi ammonifikatorlar yoki chirituvchi
bakteriyalar
yordamida boradi.
Ammonifikatorlarning ko‘pchiligi aerob bo‘ladi. Aerob ammonifika-
torlarning sporali va sporasiz turlari bor. Anaerob ammonifikatorlarning aksarisi
sporali tayoqchalardir. Ammonifikatorlar tabiatda keng tarqal gan. Ular havoda,
suvda, har xil oziq-ovqatda va organik qoldiqlarda uchraydi; ular tuproqda ayniqsa
ko‘p, aerob turlari ham, anaerob turlari ham bo‘ladi.
Ammonifikatorlarning elektiv kulturasini olish. Ammonifika-torlarning
elektiv kulturasini olish uchun 100
ml sig‘imli kolbalarda 3% li pepton eritmasi 50
ml dan, quyiladi. Pepton eriydigan oqsildir. Kolbaga aerob va anaerob
ammonifikatorlar bo‘lgan tuproqdan 0,5
g solib, og‘zi paxta probka bilan
berkitiladi, shu probkaning tagiga 3 ta maxsus qog‘ozcha osib qo‘yiladi. NH
3
va N
2
S
chiqayotganligi shu qog‘ozchalardan bilinadi. NH
3
chiqayotganligini bilish uchun
qizil lakmus qog‘ozi osiladi. Bu qog‘oz NH
3
ta’sirida ko‘karadi. N
2
S
chiqayotganligini bilish uchun qo‘rg‘oshin chinatsetat eritmasiga ho‘llangan filtr
qog‘oz osib qo‘yiladi. Bu qog‘oz N
2
S ta’sirida qorayadi.
Ammonifikatorlarning elektiv kulturasini tekshirish. Probka tagiga osib
qo‘yilgan qog‘ozchalar ko‘zdan kechirilib, NH
3
va N
2
S chiqqan-chiqmaganligi
bilinadi. So‘ngra idishning yuqori qismidagi va tubidagi suyuqlikdan bo‘yalgan
mazok tayyorlanadi. Idishning yuqori qismidagi suyuqlikdan tayyorlangan
mazoklarda asosan aerob ammonifikatorlar, sporali va turli uzunlikdagi sporasiz
ingichka tayoqchalar uchraydi. Idish tubidagi suyuqlikdan tayyorlangan
mazoklarda
1. Bacterium mukodius 2. Bact.proteus vulgaris 3. Bact.pytrifikus
tekshirish. Probka tagiga osib qo‘yilgan qog‘ozchalar ko‘zdan kechirilib, NH
3
va
N
2
S chiqqan-chiqmaganligi bilinadi. So‘ngra idishning yuqori qismidagi va
tubidagi suyuqlikdan bo‘yalgan mazok tayyorlanadi. Idishning yuqori qismidagi
suyuqlikdan tayyorlangan mazoklarda asosan aerob ammonifika-torlar, sporali va
turli uzunlikdagi sporasiz ingichka tayoqchalar uchraydi. Idish tubidagi
2
suyuqlikdan tayyorlangan mazoklarda ko‘piicha baraban tayoqchasi shaklidagi
anaerob ammonifikatorlarning sporali tayoqchalari Bact.putrificus uchraydi.