Organizmning aerob imkoniyatlari va chidamlilik Ko‘proq aerob xarakterga ega bo‘lgan mashqlarni bajarish paytida, berilgan yuklamaning quvvati (ko‘chish tezligi) qanchalik katta bo‘lsa, kislorod iste’moli tezlik (l O2/min) shunchalik katta bo‘ladi. Shuning uchun, ko‘proq chidamlilikni namoyon qilish talab qilinadigan sport turlarida, sportchi katta aerob imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1) kislorod iste’molining yuqori maksimal tezligiga, ya’ni katta aerob quvvatga; 2) kislorod iste’molining yuqori tezligini uzoq muddat qo‘llab-quvvatlab turish qobiliyatiga (katta aerob sig‘imga).

Maksimal kislorod iste’moli (MKI)
Kichining aerob imkoniyatlari, maksimal bo‘lgan kislorod iste’moli bilan belgilanadi. MKI qancha yuqori bo‘lsa, maksimal aerob yuklamaning absolut quvvati shuncha katta bo‘ladi. Undan tashqari, MKI qancha yuqori bo‘lsa, aerob ishni bajarish nisbatan shuncha yengil va uzoq muddat davom etadi. Shunday qilib, sportchining MKI qancha yuqori bo‘lsa, u, masofada undan ham katta tezlikni rivojlantirishi mumkin, shundan kelib chiqqan holda, chidamlilikni namoyon qilishni talab qiladigan mashqlarni bajarishda uning sport natijalari shuncha yuqori bo‘ladi. MKI qancha yuqori bo‘lsa, aerob ishchanlik (chidamlilik) shuncha yuqori bo‘ladi, ya’ni odam, aerob sharoitdagi ishni shunchalik kata hajmda bajarishga qodir bo‘ladi