Chiziqli analog o‘zgartirishlarni amalga oshirishda OK negiz qurilma bo‘lib xizmat qiladi. Nochiziqli analog o‘zgartirishlarni amalga oshiruvchi asosiy qurilma sifatida signallarni analog ko‘paytirgich xizmat qiladi.
Komparatorikkita analog kattalik U1 va U2 ni ma’lum aniqlik Δ bilan solishitirish funksiyasini bajaradi. Komparator OK asosida yaratilgan nochiziqli teskari aloqa bilan qamrab olingan maxsus qurilmadir. U istalgan shakl va davomiylikdagi signallarni hosil qilish, o‘lchash va analog axborotni raqamliga o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Ba’zi kuchaytirgichlarda kirish va chiqish kuchlanishlari bog‘liqligi chiziqli bo‘ladi. Qator holatlarda ortib boruvchi yoki kamayuvchi uzatish koeffitsiyentli kuchaytirish zarur bo‘ladi. Bunda OKlarning teskari aloqa (TA) zanjirlari chiziqli (rezistor) va nochiziqli (diod, stabilitron) elementlardan tuzilgan murakkab bo‘lgichlar ko‘rinishida yaratiladi. Bunday qurilmalarda chiqish signali kirish signalining ma’lum qiymatidan boshlab o‘zgarmas bo‘lib qoladi.
Aktiv filtrlaro‘zgartirilayotgan to‘liq spektrdan zarur chastotalar diapazonini ajratib olish uchun ishlatiladi. Diskret elektronikada asosan, LC – yoki RC– konturlar ko‘rinishidagi passiv elementlardan tashkil topgan an’anaviy filtrlar ishlatiladi. Mikroelektronikada filtrlarning asosiy elementi bo‘lib, chiziqli TAga ega bo‘lgan, operatsion kuchaytirgich xizmat qiladi.
Elektronikaning elektron asboblar VAXlari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, axborotga ishlov berish usullarini ishlab chiquvchi bo‘limi sxemotexnika deb ataladi.
Mikrosxemotexnika deb, elektronikaning IMSlarda va ular asosidagi REAlarda ishlatiladigan elektr va tuzilma sxemalarini ishlab chiqish, tadqiq etishlar bilan shug‘ullanidigan bo‘limiga aytiladi.
Zamonaviy IMSlar murakkab elektron qurilmadir, shuning uchun ularni sxemotexnik ifodalashning ikki usuli mavjud:
– Elektr sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u o‘zaro ulangan alohida komponentalar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va boshqalar) dan tashkil topadi.
– Tizim sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u AISlarda analog kaskadlarni ulanishidan yoki RISlarda alohida mantiq elementlar va triggerlarning ulanishidan iborat