Mavzu: Ana’naviy va noana’naviy ta’lim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish


I.BOB. An'anaviy va noan'anaviy ta'lim turlari



Yüklə 50,67 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü50,67 Kb.
#162916
1   2   3   4   5   6   7
Ana’naviy va noana’naviy ta’lim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

I.BOB. An'anaviy va noan'anaviy ta'lim turlari
1.1 O`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning an’anaviy va noan`anaviy usullari
Boshlang'ich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar o'quvchilarning lug'at boyligini o'stirishga, imlodan savodxonligini oshirish va nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tilini muvaffaqiyatli o'qitishning muhim sharti ta'limni o'quvchilarning hayotiy tajribasi bilan, ularning bevosita ko'rganlari, kitoblardan o'qib bilganlari bilan bog'lash hisoblanadi.
Ma'lumki, o'qish darsliklaridagi matnlar turli manbalardan olinganligi aniq. Ona tili darsini o'qish bilan bog'lansa, o'quvchilarning o'qish darsida o'qiganlari asosida olgan haqiqiy bilimlaridan foydalanishga imkon yaratiladi.
Buning uchun o'quvchilarga mamlakatimizda, maktabda, oilada sodir bo'lgan qiziq voqea-hodisalar haqida, tabiatdagi o'zgarishlar haqida o'qiganlaridan foydalanib gap tuzish, ayrim parchalarni kitobdan ko'chirib yozish, grammatik tahlil kabi topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir. Shuni ham aytib o'tish lozimki, ona tili darsida o'qishdan beriladigan topshiriq o'ylanmasdan, puxta tayyorgarlik ko'rilmay, mavzuga moslamay berilsa, yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi.
Ona tilidan ko'zlangan maqsadga erishish uchun:
birinchidan, ona tili darsida o'qishdan beriladigan topshiriq oldindan tayyorgarlik ko'rib, puxta o'ylab, so'ng berilishi;
ikkinchidan, ona tili darsida o'tilgan mavzuni mustahkamlashga imkon berishi hisobga olinishi;
uchinchidan, topshiriq (misol qaysi asardan olingan bo'lsa) berilgan asar g'oyasini yana ham mustahkamlashga yorlashishini hisobga olish kerak.
Ma'lumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish malakasini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarning grammatikadan olgan bilimlari to'g'ri yozuv malakalarini shakllantirish bilan birga olib boriladi.
To'g'ri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari: grammatik imloviy tahlil, matnni ko'chirib yozish, ta'limiy diktant va bayondan mashq sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga oshirishda ona tili darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan birga boshqa materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki o'quvchilar yangi materialga qiziqish bilan kirishadilar, o'ylashga, fikrlashga harakat qiladilar.
2-sinfda "Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf" mavzusini o'tishda "O'qish kitobi"dan samarali foydalangan holda o'rgatish mumkin. Mavzuni mustahkamlashda mashqlardan birini ko'chirib yozish topshirig'i berilganda, masalan, "Inoqlikda gap katta" she'rining to'rtta:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin