Mavzu: Antibiotiklar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar



Yüklə 68,21 Kb.
səhifə4/13
tarix02.06.2023
ölçüsü68,21 Kb.
#122991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Antibiotiklar ishlab chiqarish

Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng koʻp sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega boʻlgan bir qancha guruh birikmalardan iborat:
Aminoglikozidlar – bu guruh aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bogʻi bor moddalardir: streptomitsin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str. allagrisioluslar ishlab chiqaradigan neomitsinlar; Str. kanamyceticus sintezlaydigan kanamitsinlar; Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomitsinlar; Micromonospora livacsterospora sintezlaydigan fortimitsin; va boshqa bir qancha moddalar.
Tetrasiklinlar – ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces cureofociens hosil qiladi; Str. rimosus kulturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str. cureofacinsning ma’lum shtammlari ishlab chiqaradigan tetrasiklin va boshqa kimyoviy yoʻl bilan modifikasiya qilingan yangi antibiotiklar: metasiklin (randomisin) va doksisiklin minosiklinlardir. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha mikroorganizmlarni oʻsishini toʻxtatish qobiliyatiga ega.
Aktinomisinlar – antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh kimyoviy tuzilishi jahatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur aktinomisetlar hosil qiladigan moddalar, shular qatorida Streptomyces antibioticus, Str. chrysomallus, Str. flavuslardir. Aktinomisinlar kimyoviy tuzilishi boʻyicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy boʻlgan fenosizin xromofor guruhli va ikkita polipeptiddan iborat. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, buning uzilishi preparatni biologik faolligini yoʻqotishga olib keladi. Aktinomisinlarning xilma-xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bogʻliq. Bu guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak hosil qiluvchi hujayralar rivojini toʻxtatish qobiliyatiga egaligidir.

Yüklə 68,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin