Mavzu: Antibiotiklar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja



Yüklə 68,21 Kb.
səhifə9/13
tarix02.06.2023
ölçüsü68,21 Kb.
#122991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Antibiotiklar ishlab chiqarish

Grizin ishlab chiqarish. Grizin antibiotigi – streptotrisinlar guruhiga ta’luqli boʻlib, u Act. griseus zamburugʻining mahsuli hisoblanadi. Antibiotik kulrangsimon oq rangda juda gigroskopik, suvda va organik erituvchilarda tez eriydi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga mikroskopik zamburugʻlarga faolligi yuqoridir. Toza holdagi grizin preparatining faolligi yuqori darajada boʻlib, 1000 ed (mg/l) gacha etadi.
Oziqa preparati sifatida kormogrizin 5, 10, 40 shakllari ishlab chiqarilmoqda, ular sariq rangdan toʻq jigar ranggacha boʻladi va 1 g tayyor preparatda 5, 10, 40 g toza holdagi antibiotik mavjud.
Gigromisin ishlab chiqarish. Gigromisin B struktura formulasi toʻliq aniqlanmagan, lekin uning molekula tarkibiga a-tolaza uglevod boʻlagi va N-metil 2-dezoksistreptonin kiradi. Tashqi koʻrinishdan oq rangdagi amorf gigroskopik kukun boʻlib, suvda eruvchan kuchsiz kislotali xususiyatga ega. Uning tozalangan preparati 1000 mg/l. faollikka ega. U asosan choʻchqa va tovuqlardagi askaridoz kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida qoʻllaniladi. Buning uchun bu antibiotik gigrovetin formasidagi oziqa preparati sifatida ishlab chiqilib, uning namligi 15%, 1 mg preparatda 13-17 birlikdagi (ed) B gigromisini mavjud. Dastlabki kulturasi Act. hydroscohicus hisoblanadi. Uni agarli muhitda 2 oy xona haroratida (20-210C) saqlash mumkin.
Antibiotik moddalar fitopatogen organizmlarga qarshi kurashda ham qoʻllanilib kelinmoqda.
Fitobakteriomisin ishlab chiqarish. Fitobakteriomisin antibiotigi streptotrisinin guruhiga taʻluqli boʻlib, ularning koʻpchiligi oʻzining koʻp komponentligi bilan ajralib turadi. Toza holda u krem rangdagi amorf kukun boʻlib, suvda yaxshi eriydi, etanol va metanolda yaxshi erimaydi, koʻpchilik organik eritmalarda esa deyarli erimaydi.
Koʻpchilik grammusbat va grammanfiy, mikroskopik zamburugʻlarga nibatan yuqori bakteriosid faollikka ega. Fitobakteriomisin produsenti Actinomyces lavendulae hisoblanadi. Antibiotikni olish texnologiyasi uni sulfat koʻrinishda ajratib olishni taqazo etadi. Fitobakteriomisin asosidagi preparatlar har xil miqdordagi dust va suspenziyalar koʻrinishda ishlab chiqarilib, fitopatogen bakteriyalar va mikroskopik zamburugʻlarga qarshi, shu jumladan fasol va soyadagi bakteriozga qarshi ishlatiladi. U oʻsimlik oʻsishi uchun stimulyator boʻlib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, shu bilan hosildorlikning 10-15% oshishiga olib keladi.

Yüklə 68,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin