Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti Tibbiy Profilaktika va Jamoat Salomatligi fakulteti Tibbiy Profilaktika yo’nalishi 321- guruh talabasi Sultonov Elbekning Mikrabilogiya.Immunologiya va Virusologiya fanidan tayorlagan mustaqil ta’lim ishi.
Laboratoriya ishi. Bakteriyalarni toza kulturasini ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish.
Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat bo‘lsa u sof kultura deyiladi.
Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof bakteriya kulturalari bilan ish olib boradilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar turini tutsa, u kultura aralash yoki iflos kultura deyiladi. Shuning uchun sof kulturalarning tozaligini saqlash mikrobiologlarning asosiy vazifalariga kiradi.
Sof kulturani ajratishning har xil usullari mavjud: Paster, Kox, Drigalskiy, fizikaviy, kimyoviy va biologik
Paster usuli Paster usulida 8-10 probirkaga 9 ml dan GPB olinib, birinchisiga tekshiriladigan namunadan pipetka bilan bir tomchi qo‘shib, aralashtiriladi va undan 0,1 ml ikkinchi va keyingi probirkalarga ketm -ket o‘tkazilib aralashtiriladi, oxirgi probirkagacha suyultiriladi. Suyultirish darajasi ortishi bilan mikroblar soni kamayib boradi. Paster oxirgi probirkada bir tur mikrob qoladi deb o‘ylagan. Lekin ushbu usulda sof kultura ajratish ehtimoli kam. Hozirgi vaqtda Pasterning suyultirish usulidan yordamchi usul sifatida boshqa uslublarni bajarishda foydalaniladi.
Kox usuli Kox usuli 5-6 probirkada eritilgan va 45-50°C gacha sovutilgan GPA 10- 15 mldan olinadi va ularda birin-ketin tekshiriladigan material suyultirilib, har bir probirkadan alohida Petri kosachalariga solinadi. Muhit qotgandan so‘ng, kosachalar to‘nkarilib termostatda 18-34-48 soatga qo‘yiladi. Oxirgi kosachalarda alohida-alohida koloniyalar shaklida bizni qiziqtirgan sof kultura o‘sib chiqadi. Alohida koloniyadan steril GPB. GPA larga ekiladi. Kox Paster usulidan foydalanib, faqat suyuq muhit o‘rniga zich oziq muhitini ishlatgan . Suv, sut, tezak va h.k. materiallarni tekshirishda qo‘llanadi.
Drigalskiy usuli Drigalskiy usuli5-6 GPA -li Petri kosachalari olinadi. Birinchi kosachadagi muhit markaziga bir tomchi tekshiriladigan material tomdirib shisha shpatel bilan muhit yuzasiga surtiladi.Shpateldagi qoldiq material ikkinchi kosachaga o‘tkazilib muhit yuzasiga surtiladi va h.k. oxirgi kosachaga. Keyin kosachalar termostatga qo‘yiladi. Oxirgi kosachalarda alohida-alohida koloniyalar o‘sib chiqadi, ulardan tanlab steril oziq muhitga qayta ekib sof kultura ajratiladi. Shpatel o‘rniga bakterial ilmoq ishlatish ham mumkin. Bu holda material zigzag yoki shtrix chiziqlar ko‘rinishida ekiladi.
Fizikaviy usul— ko‘pincha bakteriyalarning sporali shakllarini, sporasizlaridan ajratishi uchun qo‘llaniladi. Tekshirilayotgan material suspenziyasi 80° C da 30-40 daqiqa suv hammomida qizdiriladi.Vegetativ shakldagi bakteriyalar o‘ladi, sporalar qoladi. Tekshirish Drigalskiy yoki Kox usullarida davom ettiriladi.
Biologik usul- patogen mikroblarning sof kulturasini ajratishda qollaniladi: tekshiriladigan material (to‘qima, bakteriya) suspenziyasi bilan moyil laboratoriya hayvoni (oq sichqon, dengiz cho‘chqasi, quyon) zararlantiriladi. Materialda patogen mikrob bo‘lsa hayvon kasallanib o‘ladi. O‘lgan hayvonni yorib, uning ichki organlaridan oziq muhitlarga ekilganda patogen mikrobning sof kulturasi ajraladi.
Kimyoviy usul- oziq muhitlarga ma'lum miqdorda kimyoviy moddalar qo‘shilganda bakteriyalarning ayrim turlari o‘ladi (bakterisid ta'sir qiladi) ayrimi – o‘sishdan to‘xtaydi (bakteriostatik) boshqa turlariga kimyoviy moddalar ta'siretmasdan, ular yaxshi o‘sadi. Selektiv va elektiv muhitlarni qo‘llash ham shunga asoslangan.
Shukevich usuli- Material GPA ning kondensat tomchisiga ekilganda, harakatchan bakteriyalar muhitning yuqori qismigacha o‘sadi va undan kamgina olinib, toza oziq muhitga ekilsa, harakatchan bakteriyaning sof kulturasi ajratiladi. Anaeroblarning sof kulturasini ajratish usullari ham yuqoridako‘rsatilgan prinsiplarga asoslanadi. Lekin maxsus anaerob mikroblar o‘sadigan muhitlardan foydalaniladi.
Vilson-Bler muhitiga ekish usuli - oziq muhitda alohida-alohida qora rangli koloniyalar o‘sib chiqadi. Ularni Kitt-Tarossi muhitiga qayta ekkanda sof kuitura ajratiladi.
Biosinov usuli - tekshirilayotgan material yoki aralash kultura bilan moyil laboratoriya hayvonlari zararlanganda, ular kasallanib o‘ladi, Patalogoanatomik yorib, ularning ichki organlaridan Kiti-Tarossi muhitiga, yarim suyuq agar yoki qonli-glukozali agarga ekib, yuqorida ko‘rsatilgan sof kultura ajratish usullaridan birini qo‘llagan holda patogen anaeroblarning sof kulturasi ajratiladi.
Bakteriya kulturalarini identifikatsiya qilishHar bir turga mansub bo'lgan bakteriyaning morfologik, o'sish belgilarini, biokimyoviy, antigenlik va boshqa xususiyatlarini o'rganish natijasida ajratib olingan bakteriya kulturasini identifikatsiya qilish mumkin
Morfologik va tinktorial xususiyati. O'rganilayotgan kulturani morfologiyasi va ularning tinktorial xususiyatlarini aniqlash uchun tekshirilayotgan koloniyadan surtma tayyorlanadi, Gram usuli bilanbo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi.
Kultural xususiyati (o'sish belgilari). Ularga bakteriya koloniyasining qattiq hamda suyuq oziqa muhitlarda o'sishi kiradi