Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalardan foydalanish viruslardan himoyalanishning eng ishonchli metodi hisoblanadi. Hozir shaxsiy kompyuterlarni himoyalashda maxsus nazoratchilar va ularning dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Nazoratchi umumiy shinadan foydalana oladi va shu sababli disk sistemasiga bo'lgan barcha murojaatlarni nazorat qila oladi. Nazoratchining dasturiy ta’minotida ishlashning oddiy rejimida diskning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan qismlari xotirlanadi.
Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalar quyidagi afzalliklarga ega:
virus ta’siri yoki malakasiz foydalanuvchi ishi natijasidagi ruxsatsiz harakatlarni to'xtadi.
3. Antivirus dasturlari.
Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi.
Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest;
Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham o’zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.