Kitoblarni tuzatish.Zararlangan sahifalami tiklash, yirtilgan joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalami mustahkamlash, yamoq solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan foydalaniladi. Sahifa yirtilgan bo‘Isa, yirtilgan joylarning cheti nam tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngrayelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining buralib ketgan, ammo hali pishiq bo‘lgan uchlari nam tampon bilan to‘g‘rilanadi va so‘ngra og‘ir buyum bilan bostirib qo‘yiladi. Siyqalanib ketgan burchaklar ikkala tomondan mustahkamlanadi. Sahifaning yopishmagan qismi yamoq solib toMdiriladi. Kitobni boshqa muqovaga qo‘shib, metall bilan mustahkamlanadi. Shundan keyin blokni muqova ichiga qo‘yib, muqova yopiladi va blokning joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya old tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
O‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun qanday material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material o‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi. O‘zlariga tanish ishlami o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni oMchash va hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil bajarganlari ma’qul.
O‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena, xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.
Kitob uchun muqova tayyorlash O‘qituvchiga tavsiya: Kitob insonlaming ma’naviy bilim oladigan va dunyo bo‘ylab qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan vositadir. “Kitob mening do‘stimsan”, “Kitob bilim manbayi” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Necha asrlar davomida kitob insonlarga ziyo tarqatadi. 0 ‘quvchining darsliklari ham ana shunday bilim beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Kitoblar insonlarga ko‘p yillar davomida xizmat qilishi uchun ulami asrab-avaylab foydalanish kerak.