Mavzu: aqsh va Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil



Yüklə 28,7 Kb.
səhifə4/4
tarix04.09.2023
ölçüsü28,7 Kb.
#141467
1   2   3   4
evrope

Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib, unda tinglovchilarga fermerlik asoslari o’qitiladi va qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar yetishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi.
Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida bolalarda muruvvat, bemorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash masalalariga jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi.
To’rtinchisi, qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish kasblari bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi.
By kasb dasturlari o’quvchilarni ana shu kasbga tayyorlashi, ularni shu kasb-korni yanada chuqurroq o’rganishi bo’yicha o’qishni davom ettirishga tayyorlashi mumkin. Bundan tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo’lib, bu umumiy ta’lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha beradi va o’quvchilarga kasblarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
AQSHda har bir o’quvchining fanlar bo’yicha olgan bilimlarini jamlovchi attestat mavjud. U o’quvchilarning oliy o’quv yurtlariga kirishlarida ana shu attestat nusxalari topshiriladi. Kollejga o’qish istagida hujjat topshirgan o’quvchilar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o’tkaziladi. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus ta’sis etilgan ta’lim test xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado etiladi. Test sinovlari tegishli bilimlar bo’yicha o’quvchilarning saviyasini belgilab berishdan tashqari o’g’il - qizlarning tanlagan kasbiga layoqatini va qobiliyatini ham aniqlaydi.
Chunki o’quvchi tanlagan kasb uning tabiatiga, sog’lig’iga, dunyoqarashiga mos kelmay qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko’rsatilgan ballar umumlashtiriladi va o’quvchilar tomonidan berilgan tavsifnomalar e’tiborga olinib, kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.
Odatda, o’quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o’quv predmetlari bo’yicha bir o’qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet bo’yicha alohida o’qituvchi belgilanadi.
Ayrim maktablar o’quvchilarining o’quv predmetlarini o’zlashtirishda eng yangi o’quv vositalarini qo’llash va o’rganilayotgan darsliklarni programmalashtirish tufayli katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritmoqda. Maktablarda qo’llanishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kolligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, elektron doska, kompyuter va hokazolardan iborat.
AQSH maktablarining O’zbekiston maktablaridan farqli tomoni shundaki, u yerda boshlang’ich maktab, o’rta maktab alohida – alohida binoda joylashgan. Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o’ziga xoslik shundaki, o’quv binolaridan butun yil davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika maorif xodimlari tomonidan ilgari surilgan “Maktab eshiklari doimo ochiq bo’lsin” degan chaqiriq hozir ham amalga oshirilib kelinmoqda. Yozgi ta’til kunlarida ham pedagoglar yoshlarga turli mashg’ulot va o’quvlar taklif qiladilar, maktab o’quvchilari bilimini chuqurlashtirish, ular uchun kollejga tayyorlov kurslarini tashkil qilish bilan band bo’ladilar.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
TEST
Начало формы
Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin