Mavzu: Arab davlatlarining zamonaviy tarixi Reja
Mavzu: Arab davlatlarining zamonaviy tarixi
Reja:
Arab davlatlariga umumiy tavsif
Osiyodagi Arab davlatlari
Shimoliy Afrikadagi Arab davlatlari
Xalqaro munosabatlarda Arab davlatlari
Arab davlatlari dunyoning taraqqiy topgan davlatlaridan biri hisoblanadi. Arab davlatlarini asosini Shimoliy Afrikadagi Liviya, Misr (Mag’rib) va Yaqin Sharqdagi Turkiya va Isroldan tashqari barcha davlatlar (Mashriq) tashkil etadi. Bu yerda aholi soni 300 million atrofida bo’lib, 90% arablar hisoblanadi.
Arab avlatlari o’zining tabiiy resuslari bilan ajralib turadi. Ular dunyo neft zaxirasining 2/3 joylashgan.
Bugungi kunga kelib strategik mintaqalar u yerdagi mavjud energetik resurslar asosida tavsiflanmoqda. Xususan, neft-gaz zaxiralari energetika resurslariga boy mintaqalarda kechayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobat uchun asos bo’lmoqda. Globallashuv va iqtisodiy taraqqiyot jahon hamjamiyati e’tiborini mazkur raqobatga qaratdi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning neft-gaz resurslarga bo’lgan talabining ortib borishi milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik tizimida energetik xavfsizlik masalasining dolzarblashuviga olib keldi. Neft-gaz resurslariga boy mintaqalarning geosiyosiy ahamiyati yanada ortib bormoqda. “Energetika – taraqqiyotning kaliti, kerak bo’lsa, manbai. Bugungi kunda energetika sohasi taraqqiy etmasa, biron-bir soha yoki tarmoq rivoj topmaydi. Nafaqat ishlab chiqarish sohasi, balki odamzotning ko’pgina kundalik ehtiyojlarini qondirish masalalari ham har jihatdan energetikaga borib taqalishini, shu sababli bu masala hozirgi vaqtda muhim geopolitik masalaga aylanib borayapti”.
Shu jihatdan, hozirgi kunda har bir mustaqil davlat o’z tashqi siyosati yo’nalishlarini belgilab olishida energetika resurslari omiliga alohida e’tibor bilan yondashmoqda. Bunday sharoitda energiya manbalari mavjud mintaqalarda mintaqaviy bo’lmagan (bevosita mintaqada joylashmagan) davlatlarning geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlari to’qnashuvining keskin tus olib borayotganligi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda energetik xavfsizlik omili va davlatlar tashqi siyosatida neft geosiyosatining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Arab davlatlarining iqtisodiy qudrati
Arab davlatlarini asosini Shimoliy Afrikadagi Liviya, Misr (Mag’rib) va Yaqin Sharqdagi Turkiya va Isroldan tashqari barcha davlatlar (Mashriq) tashkil etadi. Bu yerda aholi soni 300 million atrofida bo’lib, 90% arablar hisoblanadi.
Arab avlatlari o’zining tabiiy resuslari bilan ajralib turadi. Ular dunyo neft zaxirasining 2/3 joylashgan.
Saudiya Arabistoni 25,8%;
Quvayt9,6%.
BAA 9,2%,
Liviya2,8%.
Qatar2,8%.
BAA va Saudiya Arabistoni tabiiy gaz zahirasi bo’yicha 3-5 o’rinda bo’lsa Jazoir va Iroq 8-10 o’rinda turadi.
Arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti asosan neft eksporti va undan kelgan dollarning aylanmasiga asoslangan.
Arab davlatlari iqtisodiy jihatdan quydagi asosiy to’rt guruhlaraga bo’linadi
Asosiy sanot neft qazib chiqarishga qaratilgan davlatlar: Fors ko’rfazidagi davlatlar (Iroqdan tashqari).
Neft qazib chiqarishdan tashqari kichik biznes ancha rivojlangan davlatlar: Iroq va Yaman.
Sanoat yaxshi yo’lga qo’yilgan davlatlar: Iordaniya Livan.
Iqtisodiy ko’rsatkichi yuqori davlatlar: Quvayt BAA va Misr.
Mag’rib Yevropaga yaqinlashishni guvohi bo’lsak Mashriq o’zaro integratsiyani rivojlantirmoqda.
Biz ushbu ishimizda arab davlatlarining iqisodiy taraqqoyotini yoritib berishga harakat qilamiz.
Arab davlatlar ligasi- arab davlatlari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun tashkil eyilgan. Uning tarkibi asosiy uch guruhga bo’lsak bo’ladi.
Fors ko’rfazi- BAA,Saudiya Arabistoni, Ummon, Baxrayn va b.
Mag’rib arablari ittifoqi- Jazoir,Liviya,Mavritaniya, Marokash, Tunis.
Arab hamkorlik kengashi(Iroqdagi harbiy harakatlardan keyin faoliyatini amalda to’xtatgan)- Misr, Iroq, Yordaniya,Yaman.
Bu davlatlar o’rtasida o’zaro erkin savdo masalasida shartnomalar tuzilgan.
Arab davlatlarining iqttisodiy taraqqiyotida banklarning o’rni katta.Bank faoliyati va islomni birinchi marta zamonoviy birlashtirishga Ahmad Al-Najjor tomonidan Misrning Mit Gamr shahrida 1963 yilda urinish amalga oshirildi.Bankning islomiy tabiati hukumat tomonidan jamiyatning barcha bo’g’imlarida islomiy hayot tarzi siquvga olinishi xatari e’tiboridan unchalik keng targ’ibot qilinmadi.Loyiha 1967 yilgacha davom edi.Bu vaqtga kelib, mamlakatda 9 ta bank kreditlardan foydalanganlik uchun va an’anaviy depozit omonatlarni jalb etilgani uchun to’lovlarni amalga oshirmas edi.O’tgan asrning 70- yillari shariat qoidalari asosida ishlovchi va bugungi kunda ham samarali ishlab kelayotgan “Dubay Islom banki”(1975), Sudandagi “Feysal Islom banki” (1977),Misrdagi “Feysal Islom banki”(1977), “Baxrayn Islom banki”(1979) kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Saudiya qirolligi tarixi Saudiylar urug’ jamoalari va e’tiqodli islom vahhobiylar sektasi ittifoq tashkil etgan davrga, XVIII asrga borib taqaladi. XIX asr boshlarida bu davlat nafaqat islom dinining muqaddas joylari hisoblanmish – Makka va Madinaga egalik qilishgan, balki o’sha vaqtda Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiruvchi Suriya va Iroqqa havf solib turgan. Misr poshshosi Muhammad Ali Saudiylarni cho’lga qaytargan bo’lsada, ular yo’qolib ketishmadi.
Nadj knyazligining yosh qiroli Abdul Aziz ibn Saud XX asrda birlashish uchun qo’shni jamoalar bilan qurolli kurash boshladi va 1926-yil yanvarda Xijoz, Nadj, birlashgan oblastlaridan yagona davlat tashkil etishning uddasidan chiqadi. 1932-yildan u Saudiya Arabiston Qirolligi deb atala boshlandi.
Mamlakat Arabiston yarimorolida katta hududni egallab, umumiy maydonning 80% dan ortig’ini tashkil etadi, biroq u yerda yashovchi aholi soni unchalik katta emas – 20 mln kishi, ulardan 7 mlndan ko’prog’ini chet elliklar tashkil etadi.
Saudiya Arabistoni Ikkinchi jahon urushidan so’ng, 1950-yilda hukumat Amerika kompaniyasi bilan neft ulushi haqidagi “Aramko” kelishuvini imzolagach boylik ramziga aylanadi. Kelishuvda foydaning teng ulushlarda bo’linishi ko’zda tutilgan bo’lib, neft qazib oluvchi kompaniyalar taklif etadigan odatdagi shartlardan ancha foydali edi. Buning orqasida amerikaliklarning har qanday usul bilan Britaniya neft qiziqishlari zonasiga kirib olish qarashlari yotar edi. Tez orada Saudiya Arabistoniga misli ko’rinmagan boylik oqib keldi va mamlakat o’z qiyofasini o’zgartira boshladi.
Saudiya an’analariga binoan, toj merosiy tarzda Abdul Azizning o’g’illariga o’tadi. Abdul Aziz 1953-yilda vafot etadi, unga qirol Saud (1953-1964), qirol Feysal (1964-1975), qirol Xolid (1975-1982) lar meroslik qiladi. 1982-yil iyundan Fahd qirol bo’ladi. Rasmiy ravishda u shuningdek bosh vazir edi (vazirlar Kengashi 1954-yilda tuzilgan), biroq, hokimiyatni bevosita boshqarishni amalda taxt vorisi, shahzoda Abdullo amalga oshirar edi. Hozirda Saudiya Arabistonidagi qirollik jamoalarida 30 dan ortiq shahzoda va davlat ma’muriyatida muhim lavozimlarni egallagan deyarli 6 ming qirol qarindoshlari mavjud.
Yaman, sivilizatsiyaning eng qadimgi o’choqlaridan biri, uzoq muddat Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Mamlakat janubida Adenni egallashgach, 1839-yildayoq inglizlar o’rnashishdi. Yangi tarixning boshlariga kelib Shimoliy Yaman mustaqil qirollikka aylanadi.
Buyuk Britaniya maxsus kelishuv imzolab, 1934-yilda uning mustaqilligina rasmiy ravishda tan oldi. Unga ko’ra Shimoliy Yamanning ingliz kaloniyasi Adenga va ingliz protektoratligi ostidagi knyazliklar talabi bilan bog’liq barcha hududiy janjallar 1974-yilgacha chetga surilib qo’yiladi. Kelishuvga har ikkala taraf tomonidan 1948-yil Yaman boshlig’i imom Yaxyo vafot etguncha amal qilindi. Uning vorisi imom Ahmad yana Angliyaga hududiy davoni ilgari surdi.
Ingliz kaloniyasi bo’lgan Aden, Janubiy Yamanning 23 ta knyazligi protektoratni tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Angliya ular bilan yangi kelishuv imzolaydi, unga ko’ra britan siyosiy maslahatchilari tomonidan shayx tayinlanadigan bo’ldi. Knyazliklarda yangi shayxni tayinlash Aden kaloniyasi gubernatorining alohida imtiyozi ham edi.
Mustaqil Yaman va Angliya o’rtasidagi munosabat favqulodda chuqurlashdi, ish hatto chegara to’qnashuvlarigacha borib yetdi. 1956-yil imom Ahmad Jiddeda (Saudiya Arabistonida) Misr va Saudiya Arabistoni bilan kelishuv tuzdi; 1958-yilda u hatto Birlashgan Arab Respublikasiga kirishi haqida e’lon qildi.
1963-yilda Yamanda inqilob ro’y berib, unda xuddi shu yili vafot etgan imom Ahmadning o’rniga kelgan yangi imom Muhammad al-Badr ag’dariladi. Mamlakat Respublikaga aylanadi. Hokimiyatga kelgan general Salyal Jiddedagi kelishuvga tayanib, o’z jangchilarini kiritish iltimosi bilan Misr va Saudiya Arabistoniga yordam so’rab murojaat qildi.
Natijada fuqarolar urushi boshlanib ketdi, Misr va Saudiya Arabistoni turli tomonlarni qo’llay boshladi: Misr – respublikachilarni, saudiyaliklar – monarxistlarni. Misr Yamanda o’zining eng sara 70 ming kishilik jangchilaridan foydalandi. Urush uzoq cho’zilib ketdi, hech qaysi taraf raqobatchisiga qarshi hal qiluvchi g’alabani ushlab turolmadi.
1965-yil avgustda Ar-Riyodda har ikki mamlakat liderlari – Nosir va Feysal –kurashayotgan taraflarga yordam ko’rsatishni to’xtatish haqida hamda o’z jangchilarini Yamandan olib chiqib ketishga kelishishdi. Biroq kelishuv amalga oshirilmadi; hatto 1967-yildagi arab-isroil urushi davrida ham misrlik askarlarning bir qismi Yamanda qoldirildi. Shunga qaramay ziddiyat pasaya boshladi, urush 1970-yilda yakunlandi: respublika saqlanib qoldi, biroq hukumat tarkibiga monarxistlar ham kirishdi.
Xuddi shu vaqtda yonma yon hududlarda ham vaziyat o’zgardi. Ingliz kaloniyasi bo’lgan Adenda 1958-yildan milliychilar inglizlar mavjudligini to’xtatishni talab qilishadi. Protektoratda 1959-yildan Arab Amirliklari Federatsiyasi tashkil etiladi; 1963-yildan uning tarkibiga ingliz kaloniyasi ham kiradi. Addenda milliychilar inglizlarga qarshi terror boshlaydi, yordam olish umidi bilan Misrga shikoyat bilan murojaat qiladi. Bunday vaziyatda Angliya o’z ketishini tezlashtirishga qaror qiladi: 1967-yilda Aden va unga yondosh barcha hududlar mustaqil Yaman Xalq Demokratik Respublikasiga aylandi.
1994-yil oktyabrda, konstitutsion tuzatishlar joriy etilgandan so’ng, Yaman prezidenti sifatida A.A.Solih tanlanadi. Mamlakat parlamentida Umumiy xalq Kongressi boshqaruv partiyalari Yaman birlashuvi islohatlar himoyasi sifatida namoyish etildi. Bu partiya islom fundamentalistlari partiyasi bo’lib, uning lideri Saudiya Arabistonining ko’zga ko’ringan vakillari bilan uzviy aloqalarni qo’llab quvvatlagan shayx al-Axmar edi.
Fors va Ummon qo’ltig’i G’arbiy qismi davlati. Har ikki ko’rfazning sharqiy qismi Eron boshqaruvi ostida bo’lsa, g’arbiy qismi turli knyazliklarga tegishli. Angliya Hindiston yo’lidagi bu suvda o’z hukmronligini ta’minlashga va Fors ko’rfazining janubiy qismidagi knyazlik hududlarida harakat qiluvchi piratlardan ularni himoya qilishga urinadi.
1820-yilda kelishuvlar ketma-ketligi imzolanadi, unga ko’ra Angliya Bahrayn oroli chegarasigacha bu rayonlar xavfsizligini ta’minlash majburiyatini oladi. XIX asr oxirida Angliya knyazliklar ichki ishlarida o’ziga hech qanday majburiyatni olmay tashqi siyosat ustidan o’z nazoratini o’rnatadi. Uning ichki quruqlik yo’li chegaralari XX asrda ham Angliyani umuman qiziqtirmas edi, u faqat o’z harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari bilan dengiz kommunikatsiyasi xavfsizligini nazorat qilishga urinadi xalos.
Shuningdek, bu hududda chegara ziddiyatlariga yo’l qo’ymasdan va zaif knyazliklarni Saudiya Arabistonidan himoya qilib, Fors ko’rfazida ichki barqarorlikni qo’llash uchun ingliz jangchilarining ishtiroki qayd etiladi.
Misol sifatida, 1955-yilda Saudiya Arabistoni, Maskat va Abu-Dabi talab qilgan El-Buraym vohasi uchun kelib chiqqan ziddiyatni dalil sifatida ko’rsatish mumkin: inglizlar kuch bilan u yerga yuborilgan saudiyalik jangchilarni haydab chiqardi va shayxlarni himoya qildi. Xuddi shu vaqtda Angliya 1963-yilda ichki tartibsizliklarni to’xtatish borasida Qatar protektorati hukumatiga yordam ko’rsatishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniyaning Fors ko’rfazida harbiy ishtiroki 1960-yillar o’rtalarigacha saqlanib qoldi; keyin 1970-yilda butunlay amalga oshgan doimiy ketish holati boshlandi.
Quvayt – Fors ko’rfazining eng shimoliy davlatlaridan. Boshqalardan farqli tarzda, u Buyuk Britaniyani tashvishga solgan davlat edi. Bu tashvish piratlar bosqini sababli bo’lmay, balki, Usmoniylar imperiyasi taqdim etgan temiryo’li konsessiyasi natijasida german ekspansiyasining imkoniyati tufayli edi. 1899 va 1913-yillarda shu bilan bog’liq maxsus kelishuvlar imzolandi, Birinchi jahon urushidan so’ng esa Quvayt ingliz protektoratiga aylanadi.
1951-yildan Quvayt amiri “Quvayt neft kompaniyasi” bilan neftdan keladigan barcha daromadni bab-baravar bo’lish haqida kelishuv tuziladi.
1961-yil aprelda Quvayt butunlay mustaqil davlatga aylanadi, biroq u darhol Iroq tomonidan bo’ladigan hujum havfi bilan to’qnashishga majbur bo’ladi – dektator Qosim o’z mamlakatining hududiydavosi haqida e’lon qiladi. Ancha ilgari Iroqning Quvaytga davosi 1930-yildayoq namoyon etilgan edi. Quvayt hukumati yordam bilan Angliyaga murojaat qiladi; uncha katta bo’lmagan bo’lingan ingliz jangchilari zudlik bilan Quvaytga yetib kelishdi. Bu iroqliklarni tiyilishga majbur; ikki yil o’tgach Iroq Quvaytning mustaqilligi va suverenitetini tan oldi.
1968-yilda Quvayt “Arab mamlakatlari tashkiloti – neft eksporti bo’yicha” deb nomlangan tarkibga Saudiya Arabistoni hamda Liviya bilan birga qo’shildi. Mamlakat neft bozorida faol ta’sir ko’rsata boshladi.
Eron-Iroq urushi davrida (1980-1988) Quvayt Iroqqa sezilarli darajada yordam berdi. Biroq, bu vaqtda S.Xusaynning umumiy harbiy harajatlari 100 mlrd dollarni tashkil etib, tashqi qarz 60 mlrd dollargacha oshadi. Iroqning Quvaytni egallash qarori o’z ishini boy qo’shnisi hisobiga to’g’rilash istagi edi. Vaziyat ham butunlay qulaydek tuyildi: 20 minglik Quvayt armiyasi jiddiy xavf tug’dirmas edi. Bundan tashqari iroqliklar ichki vaziyatni o’rganishgandi: 1986-yilda amir parlamentni tarqatib yuboradi va uning faoliyatini yangilash to’g’risidagi barcha iltimoslarni rad etadi. Aholining ko’pchiligi chet elliklar edi (1316 mingga qarshi 827 ming Quvaytning tub aholisi edi); ular Quvaytda tug’ilishgan bo’lsalarda, hech qanday fuqarolik huquqlariga ega emas edilar.
1990-yil 2-avgustda Iroq jangchilari Quvaytga bostirib kirishdi; amir va uning oilasi mamlakatdan qochib ketishdi; Quvaytning o’zi “Al Saddamiya” (Saddam Xusayn sharafiga) Iroq provinsiyasi deb e’lon qilindi. Ammo dunyo jamoatchiligi reaksiyasi tezkor va keskin bo’ldi. Agressiya barham etildi, 1990-yil 7-avgustda Amerika jangchilarini Saudiya Arabistonining Sharqiy provinsiyasiga tashlash boshlandi. Unga Fransiya, Buyuk Britaniya, Misr, Suriya va boshqa davlatlarning jami 780 ming kishilik jangchilari qo’shiladi. Xalqaro kuchga amerikalik general Norman Shvarskopf rahbarlik qiladi. Davlatlar kaolitsiyasi 30 dan ortiq mamlakatdan tashkil topadi.
S. Xusayn Quvayt va Iroq hududidagi 25 ming yevropalik hamda amerikaliklarni asir deb e’lon qiladi. 1990-yil 29-noyabrda BMTning Xavfsizlik Kengashi 678 rezolyutsiyani qabul qilib, unda 1991-yil 15-yanvargacha Quvayt hududidan gap so’zlarsiz Iroq askarlarining chiqarilishi talab qilinadi.
Ultimatum muddati tugagach ko’p millatli kuchlar 1991-yil 17-yanvarda “Cho’ldagi to’fon” operatsiyasini boshlaydi. Bu operatsiya natijasida 547 minglik iroq askarlari gurihi to’liq tor mor etiladi. Faqatgina o’ldirilganlar soni bilan ular 100 mingdan ortiq kishini yo’qotdi. Harbiy harakatlar 28-fevralda to’xtatildi – Quvayt ozod etildi.
Quvaytni egallagan vaqtda iroqliklar to’liq talon tarojlik ishlarini amalga oshirgan ed; natijada Quvayt fuqarolari Iroq hukumatidan faqatgina 162 mlrd dollar miqdordagi mablag’ni davo sifatida so’raydi, Quvaytning bu hujumdan umumiy zarari esa – 240 mlrd dollarni tashkil etgan edi. Quvaytga yetkazilgan zarar uchun Iroqdan kompensatsiya undirib olish uchun BMTning maxsus komissiyasi tuziladi. Shuningdek 12 ming asir iroqliklar tomonidan o’ldirilgan va yana 15 mingi daom daraksiz yo’qolgan edi. 1994-yil noyabrda Iroq hukumati Iroq hukumati Quvaytning suvereniteti hamda hududiy butunligini rasmiy ravishda tan oldi.
Iroq agressiyasi Quvayt hukumatini hududiy xavfsizlik konsepsiyasini ko’rib chiqishga majbur etdi: 1991-yil sentyabrda AQSH bilan 10 yil muddatga belgilangan harbiy sohada hamkorlik qilish haqida kelishuv imzolandi; 1992-yilda Angliya va Fransiya bilan ham shunga o’xshash kelishuv bitildi.
Agressiyaning iqtisodiy zararlari juda og’ir edi, buning ustiga S.Husayn mamlakatning asosiy boyligi bo’lgan neft mavjud bo’lgan joylarni yondirtirib yuborgan edi. Ammo, 1993-yilga keliboq neft eksportidan qilingan daromad urushdan oldingi darajaga ko’tarilib oldi va 9,9 mlrdni tashkil etdi. 1994-yilning o’rtalarida urush davrida jabrlangan neftni qayta ishlovchi korxonalar qayta tiklandi. Quvayt faol tarzda chegaralar bo’ylab kapitalini eksport qilib, ularni qimmatli qog’ozlar hamda chet el korxona va banklarining aksiyalariga almashtiradi. 1990-yillar oxirlariga kelib Quvaytning neft sotishdan daromadi 13,5 mlrd dollarga yetdi.
Quvaytning Rossiya bilan munosabati yaxshilana bordi: 2001-yil 800 mln dollarlik Rossiya quroli sotib olindi; Quvayt Rossiyaga 1 mlrd dollarlik kredit ajratdi.
2001-yil 11-sentyabrdan so’ng Quvayt kontrterroristik operatsiyada AQSHning ittifoqchisiga aylanadi: mamlakatga 4 ming amerikalik dengiz piyodasi kiritiladi; 2002-yil fevralda Quvayt AQSHdan 16 ta “Alachi” harbiy vertolyot oldi.
Quvaytning janubida Qatar joylashgan. Bir vaqtlar u Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan, Birinchi jahon urushidan so’ng esa ingliz protektoratiga aylanadi. Qatar o’z mustaqilligini 1971-yil 3-sentyabrda qo’lga kiritadi. Tashqi siyosatda bu davlat Saudiya Arabistoniga tayanadi; u bilan hududiy qarama qarshilik 1992-yil dekabrdagi kelishuvdan so’ng barham topadi.
Aholisi 1mln kishidan kamroq bo’lgan Qatar aholi jon boshi daromadi bo’yicha dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Uning boyligi neft hamda gazdan olingan daromadga to’planadi. Ishchilar orasida faqatgina 20 %nigina tub aholi tashkil etib, qolganlari chet davlatlardan, ulardan ko’pchiligi Hindiston va Pokistonlik.
Qatar boshlig’i amir shayx Xamad bin-Halif al-Tani Rossiya bilan yaxshi aloqalarni qo’llab quvvatlaydi. 2001-yil dekabrda u Moskvaga tashrif buyuradi, u yerda prezident V.Putin bilan uchrashadi va Rossiyaning Checheniston siyosatini ma’qullaydi. Diqqatga sazovorlisi shundaki, Qatar aholisining 95 % i musulmon-vahhobiylar.
Qatarga yaqin, 30 ta orol arxipelagida Bahrayn joylashgan. Bu davlat ham hali 1871-yildayoq ingliz protektorati edi; 1971-yil 14-avgustda Bahrayn davlati mustaqil bo’ladi.
Bahraynda dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlab chiqaruvchi kombinat joylashgan, ular Saudiya Arabistonidan sotib olingan neftni qayta ishlaydi, shuningdek suv og’irligi 500 ming tonnagacha bo’lgan kemalar tuzatadigan korxonaga ega. Savdo taraqqiyoti yangi Sulmon portini yaratilishiga imkon berdi.
Davlat boshlig’i – amir, shayx Iso bin Salmon Al Xalifa; 1992-yil dekabrda Maslahat kengashi tuzildi – amir tomonidan tayinlangan 45 kishidan iborat maslahat organi. 2004-yilda parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda o’rta asrlar arab adabiyoti yodgorligi hisoblanmish “Ming bir kecha” ertaklar to’plami qahramoni mashxur Sinbad yashagan. Bahraynda marvarid olishning yirik markazi taraqqiy etgan.
Mamlakat bu hududdagi boshqa davlatlarga o’rnak sifatida intilishga harakat qilmoqda. Bahrayn Fors ko’rfazida moliyaviy hamda savdo markaziga aylandi. Chet elliklarga mamlakatda korxonalar qurish va hatto xususiy yerga egalik qilish uchun ruhsat berilgan. Qishloq xo’jaligi uchun hududning faqatgina 5 % i ishlatiladi. Bahraynning eng katta yutug’i – yiliga 360 kun davomida quyoshning charaqlashi va iliq dengiz, qirg’oqdagi yirik plyajlar; turizm rivojlanmoqda, mehmonxonalar qurilishi jadal suratlarda amalga ishirilmoqda. Aholining 33% ini chet elliklar tashkil etadi.
Bahraynda AQSH harbiy-dengiz flotining 5- shtab kvartirasi joylashgan. Mamlakat Xavar oroliga davogarlik uchun Qatar bilan hududiy baxslarga ega. Eron Bahraynga bo’lgan o’z davolaridan shoh davridayoq voz kechgan edi. 2002-yil 14-fevralda davlat qirollikka aylanadi, uning boshlig’i esa qirol bo’ladi.
Rossiya bilan munosabatlari yaxshi rivojlanmoqda; 2002-yil aprelda russ provaslav cherkovining arximandrit Yelis rahbarligidagi delegatsiyasi amalga oshirildi. Mamlakatda diniy erkinlik qayd etilgan.
Janubroqda qachonlardir ingliz protektorati tarkibiga kirgan Kelishuvli Ummon knyazligi joylashgan. 1971-yil dekabrda ingliz askarlari evakuatsiya qilingach, ular Birlashgan Arab amirliklari (BAA) federatsiyasini tashkil etadi. Hozirda ular 7 ta: Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ras-el-Xayma, Adjman, El-Fudjayr, Umm-el-Kayvayn. Ular ichida eng yiriklari Abu-Dabi va Dubay hisoblanishadi.
Davlatni boshqaruvchi organ Oliy kengash hisoblanadi, uning tarkibiga barcha amirliklar rahbarlari kirgan. O’z tarkibidan prezident tanlaydi; 1996-yil oltinchi bor ketma-ket Abu-Dabi hukmdori shayx Zoid bin Sulton Al Naxayan prezident bo’ladi. 2002-yil 20-aprelda BAA prezidenti Said bin Sulton bo’ladi.
Neftdan kelyotgan daromad tufayli mamlakat dunyoda ko’zga ko’rinarli o’rin egallaydi. Neft bilan birga, BAA sement, alyumin ishlab chiqaradi, Dubayda dunyodagi eng yirik suv hajmi 1mln tonnagacha yetadigan tanklarni sozlaydigan korxona joylashgan. Chet el kapitalini jalb qila oladigan erkin sanoat zonalari yaratilgan. BAA Yaqin Sharqdagi yirik moliyaviy va bojxona savdosi markazi hisoblanadi. Quvaytning egallanishi amirlik aholisini qo’rqitib qo’yadi va busiz ham Eron bilan Fors ko’rfazidagi uch orol uchun hududiy janjallar aholini tashvishga solayotgan edi. Mamlakat antiiroq kaolitsiyasida faol ishtirok etadi.
Arabiston yarimorolining eng janubida sobiq Maskat sultonligi va Ummon imomligini birlashtirgan Ummon davlati joylashgan. Angliya u yerda hali XIX asr boshlaridayoq o’z protektoratini o’rnatadi. Ingliz askarlari doimiy tarzda ichki g’alayonlarga aralashib kelgan, misol uchun 1955-yildagidek.
1970-yil iyulda mamlakatda davlat to’ntarilishi amalga oshirildi : hokimiyatga yangi sulton Qobus ben Sayd keladi. Biroq, SSSR va QXR yordamiga tayanib Ummonni ozod etish Xalq fronti sultonga qarshi kurash olib borgan fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
1975-yil suton inglizlar va eronliklar yordamiga tayanib g’alayonchilarga zarba berib, fuqarolar urushini to’xtatishga muvaffaq bo’ldi. Sulton Qobus hozirgacha davlat rahbari hisoblanadi ; mamlakat harbiy sohada AQSH bilan hamkorlik haqida kelishuvga ega, G’arb bilan uzviy aloqalarni qo’llab quvvatlaydi.
1975-yil noyabrda Ummon Kengashi tomonidan ko’rib chiqilgan Ummon Kostitutsiyasi qabul qilindi; uning birinchi majlisi 1997-yil dekabrda ytashkil etildi.ummon neftdan kam bo’lmagan daromad olib, u valyuta tushumining 90 % ini beradi ; bundan tashqari mamlakat sabzavot, meva, baliq eksport qiladi.
Hududda Saudiya Arabistoni ilg’or rol o’ynaydi : 1981-yil uning tashabbusi bilan Fors qo’ltig’ida arab davlatlari hamkorlik Kengashi chaqiriladi, uning tarkibiga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon kiradi. Bu hududiy tashkilot xalqaro inqirozning 1990-yil Quvaytning Iroq tomonidan okkupatsiya qilinishi bilan bog’liq vaziyatda ijobiy rol o’ynadi.
Suriya Suriya 1941-yilning 27-sentabrida mustaqil davlat deb e`lon qilingan bo'lsa-da, ingliz - fransuz armiyasi mamlakat hududida qola bergan edi. 1946-yil Suriya Buyuk Britaniya va Fransiyaning o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat etdi.
Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldilar. Shu tariqa Suriya suvereniteti to'la tiklandi va 17-aprel Milliy bayram kuni bo'lib qoldi.
Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlay olmadi. Bu esa 1949-yilda ketma-ket 3 marta davlat to'ntarishi ro'y berishiga olib keldi. 1951-yil noyabrida esa polkovnik Shishaklining harbiy diktaturasi o'rnatildi. Biroq bu diktatura uzoq yashamadi. 1954-yilda u ag'darildi.
1956-yilda Shukri Quatli prezident etib saylandi. U Misr va Saudiya davlatlari bilan yaxshi munosabat o'rnatdi. 1956-yilda Misrga qarshi uchlar agressiyasi davrida Misrga yordam ko'rsatdi. Ayni paytda SSSR bilan ham munosabatlari mustahkamlanib bordi. Murakkab xalqaro sharoit, harbiy agressiya xavfi Suriyani Misr bilan birlashishga majbur etdi. 1956-yilning fevral oyida Suriya va Misr yagona davlatga birlashdilar. Bu davlat Birlashgan Arab Respublikasi deb ataldi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir BAR prezidenti etib saylandi. Biroq bu birlik uzoq davom etmadi. Suriyada hamma tabaqalar ham, jumladan, harbiylarning aksariyat qismi birlashuvdan birday manfaatdor emas edi.
1961-yilning 8-martida Bass (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) a'zosi bo'lgan zobitlar guruhi davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. 1966-yil 23-fevralda hokirniyatni general Hafiz Asad egalladi. U hayotining deyarli oxirigacha prezidentlik lavozimini egallab keldi (2000-yil).
Uning vafotidan keyin o'g'li Bashar al-Asad prezidentlik lavozimiga keldi. 1967-yilda arab-isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush harakatlari boshlanib ketdi. Bu urushda Suriya o'z hududining bir qismini yo'qotdi. 1973-yilgi arab - isroil urushida ham bu hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo'linmadi. Suriya Isroil bilan sйparвt shartnoma tuzishga uzoq yillar qarshi bo'lib keldi.
Liviya rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,6%, qishloq xoʻjaligining ulushi 5,5%.
Asosiy tarmoqlar: neft va neft-kimyo, er osti chuchuk suvni qazib olish, oziq-ovqat, to'qimachilik, tsement, metallurgiya. Yalpi sanoat mahsulotining eng katta ulushi neft va neft sanoati sohasiga tegishli. Tashish - yo'l, dengiz, quvur liniyasi.
Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, Liviya iqtisodiyoti 62,36 milliard dollarga (2009 yildagi) YaIMga nisbatan dunyodagi 63-o'rinni egallaydi, Liviya aholi jon boshiga YaIM bo'yicha dunyodagi birinchi 50 mamlakatda - $ 9714 (2009), dunyoda 49-o'rinni egalladi. Import - oziq-ovqat, mashinalar, to'qimachilik, transport vositalari (Italiya - 22,3%, Germaniya - 12,0%, Buyuk Britaniya - 8,9%, Fransiya - 6,8%, Tunis - 5%). Eksport - neft va neft mahsulotlari (Italiya - 41,3%, Germaniya - 16,6%, Ispaniya - 10%, Turkiya - 6%, Fransiya - 3,6%).
XX asr oxirida. Davlat korxonalari tomonidan barcha sanoat mahsulotlarining qariyb 90 foizi ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qariyb 60% ni tashkil qiladi; XX asr oxirlarida Tripoli va Beng'ozi portlari ancha kengaydi. XXI asr birinchi o`n yilligi o'rtalarida amalga oshirilgan modernizatsiyadan so'ng Misurata, Rasami al-Anouf, S-Sider va Ez-Zuwaitin portlari sezilarli darajada kengaydi. Liviyaning o'z yuk tashish shoxobchasi (tankerlar, shu jumladan) umumiy tonnasi 70 ming tonnadan ziyod.
XXI asrga qadar 1,800 kilometr quvur va kanallar yotqizildi, yo'llar va suv omborlari qurildi.
Liviya sanoatidagi eng muhim rol neft va gaz sanoatini qattiq ushlab turadi. Bu XXI asr boshlarida Liviya davlatining ushbu daromadlarining spazmatik o'sishi hisobiga. keng miqyosli rivojlanish rejalarini moliyalashtirgan. Ularning asosiy yutuqlari iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiyalash, neftni qayta ishlash komplekslari (to'g'ridan-to'g'ri distillash uchun o'simliklarning yillik quvvati 17,4 million tonnagacha) va gazni asosan eksportga yo'naltirish, asosiy, keng ko'lamli organik kimyo , polivinilxlorid, karbamid va boshqalar). Boshqa sanoat tarmoqlari (ichki bozor uchun iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, qurilish, avtomobil jihozlarini yig'ish) chet el asbob-uskunalarini, xom ashyoni, tarkibiy qismlarni va ko'pincha chet el ishchilaridan importga bog'liq.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |