ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 2
44
ZAMONAVIY LINGVODIDAKTIKA PRINSPLARI VA INTEGRATSIYASINING
NAZARIY ASOSLARI
Nomozova Zarnigor Abdimoʻminovna
TerDu Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi, Denov tuman 8-maktab oʻqituvchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.6569305
Annotatsiya: Mazkur maqolada lingvodidaktikaning rivojlanish tarixi va zamonaviy
lingvodidaktika prinsplari haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek,
lingvodidaktika integratsiyasining nazariy asoslari yoritib berilgan.
Kalit so`zlar: zamonaviy lingvodidaktika, tilshunoslik, integratsiya, prinsp, nazariy
tushuncha asoslari, lingua.
THEORETICAL FUNDAMENTALS AND PRINCIPLES OF MODERN
LINGUVODIDACTICS AND INTEGRATION
Annotation:
This article provides detailed information on the history of the development
of lingvodidactics and the principles of modern lingvodidactics. The theoretical foundations of
linguodidactical integration are also covered.
Keywords:
modern lingvodidactics, linguistics, integration, principle, basics of theoretical
concepts, lingua.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И ПРИНЦИПЫ СОВРЕМЕННОЙ
ЛИНГУВОДИДАКТИКИ И ИНТЕГРАЦИИ
Аннотация: В данной статье представлена подробная информация об истории
развития лингводидактики и принципах современной лингводидактики. Также
рассматриваются теоретические основы лингводидактической интеграции.
Ключевые слова: современная лингводидактика, языкознание, интеграция, принцип,
основы теоретических понятий, лингва.
Kirish.
Lingvodidaktika 20-asrning birinchi yarmida paydo bo’lgan.
Lingvodidaktika
integral fan bo’lib ta’limni o’rganish sharoitida tilni o’zlashtirish mexanizmlarini va ushbu
mexanizmlarni boshqarish xususiyatlarini tavsiflash uchun mo’ljallangan. Lingvodidaktika til
o’qitishning ummiy nazariyasi. Ushbu atama ilmiy foydalanishga N.M.
Shanskiy tomonidan
kiritilgan. Lingvodidaktika bu til o’qitish nazariyasi,ya’ni o’qitish metodikasining nazariy qismi
bo’lib tilshunoslik va metadalogiyaning integratsiyasi natijasida yuzaga kelgan. Lingvodidaktika
lotincha “lingua” til va yunoncha”didaktikos” o’rgatish so’zlaridan olingan bo’lib,til o’qitishning
umumiy nazariyasini yaratish bilan shug’ullanuvchi fan hisoblanadi. Shanskiy bu fanning tilni
ta’lim berish muammolarini tadqiq etishga mo’ljallanganligini ta’kidlaydi. Ba’zi tilshunos va
metodistlar mazkur atamaning kelajakda qo’llanishiga gumon qilganlar.
Boshqa olimlar esa
lingvodidaktika atamasi bildirgan tushunchani inkor etmagan holda til ta’limining umumiy
nazariyasini lingvodidaktika emas didoktotilshunoslik atamasini longvodidaktika deb atashni
tavsiya
qilishgan