Qatnashdilar: Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari 1 kurs va Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til yo’nalishi 2-kurs talabalari va kafedra o’qituvchilari
KUN TARTIBI
“Kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi” mavzusidagi tadbirni o’tkazish
Besh muhim tashabbusning ahamiyati muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishida ta’kidlab o‘tilgan, Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusniTTJda 2022-yil 17-fevralda kuni “Kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi”mavzusidagi tadbirni biz “5-tashabbus -5 imkoniyat ” shiori ostida tadbir tashkil etildi .Shulardan 4-tashabbus : Yoshlarning ma’naviyatini shakllantirish, yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish buyicha tizimli ishlarni tashkil etishdir. Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta’rif berish joiz bo‘lsa, uni ma’naviyat quyoshi deb ta’riflash o‘rinlidir. Ya’ni, quyosh bo‘lmasa olamning, tabiatning, hattoki hayotning bo‘lishi shubha ostida qoladi, kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivojlanishi ham mavhum bir fikr bo‘lib qolaveradi. Kengroq mushohada yuritadigan bo‘lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o‘qimishliligiga bog‘liq. Istiqloldan so‘ng mustaqil mamlaka-timizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita e’tibori tufayli sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Mehnat jamoalarida sport-sog‘lomlashtirish inshootlari, tennis maydonchalari barpo etildi. Biroq sog‘lom avlod deganda faqatgina jismonan baquvvat inson- nigina tushunish masalaga biryoqlama yondoshish bo‘lur edi. Avlod barkamolligi uning ma’naviy kamolotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ana shuni nazarda tutsak, o‘shanday binolar yonida kitob do‘konlari, kutubxonalar qad rostlasa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi. Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob haqida shunday deydi: "Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql qal'asidir". Qaror qilindi: “Kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi” mavzusidagi o’tkazilgan tadbirdan ko’zlangan maqsadga erishildi deb qabul qilinsin.
Kafedra kunlari munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlar saviya va sifati yanada oshirilsin.
Tarjimashunoslik va lingvodidaktika kafedrasi mudiri: N.F.Qosimova