ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 2
45
ko’pincha lingvodidaktik maqolalarda rus tilini milliy maktablarda o’qitish metodikasida
qo’llaniladi” deydi.
Bugungi
kunda
tilshunosligimizda
sotsiolingvistika,
psixolingvistika,
lingvokognitalogiya,
pragmalingvistika,
kompyuter
lingvistikasi,
lingvokultrologiya,
neyrolingvistika (korpus lingvistikasi)kabi zamonaviy yo‘nalishlar
tilshunosligimizda paydo
bo‘lmoqda. Bulardan psixolingvistika shaxsga yo‘naltirilgan. Kompyuter lingvistikasi esa
faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlar tilshunosligimiz rivojida muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning eng
so‘nggi
yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Avvalo egallangan bilim mustahkamlanib,
bilimga keyin ko‘nikmaga aylanishi lozim. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Bilim bu – ma’lum ma’lumotni qabul qilib, uni ongli o‘zlashtirish;
Ko‘nikma esa - egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish
qobiliyati.
Malaka - muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvi.
Tadqiqot natijalari
. Ona tili o‘qitish mazmuni —
fonetika, leksikologiya, grammatika
(morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri
talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap
tuzish; ijodiy fikrlash, fikmi to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat), matn ustida ishlash
va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.Uzluksiz ta’limning yangi sistemasi bo‘yicha
talabalar alohidakollejlarda kasb-hunar egallash bilan birga umumiy o‘rta ma’lumotli bo‘ladilar,
akademik
liseylarda esa, chuqurlashtirilgan umumiy ta’lim tayyoigarligi oladilar. Bunda
asosiy e’tibor yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish va uni amalda
ifoda eta olishlariga qaratiladi.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” respublikamizda
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit sistemasini yaratishni o‘z
oldiga maqsad qilib
qo‘ydi.“Ta’lim to‘g‘risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Respublikamizda
ta’limning tubdan isloh qilinishiga, ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqilishiga asos bo‘ldi.Endilikda ta’limning barcha bosqichlariga oid o ‘quv
dasturlari va darsliklari DTS talablari asosida yaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: