Mavzu: Aralash bez gormonlari va ularning funksiyalari
Reja
1 Gormonlar haqida maʼlumot
2.Aralash bez gormonlarining funksiyalari va ularga nimalar kiradi
Bajardi: Yigitaliyeva Malika
Qabul qildi: Yoʻldoshev Eldor
1.Gormonlar vitaminlar bilan bir qatorda biologik faol organik moddalar jumlasiga kiradi. Gormonlar endokrin bezlar yoki ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqaradi. Gormon sekretsiyasi tezlashganida gipofiz gormonlari koʻp ajraladi va qon orqali periferik endokrin bezlarga borib ularda gormonlarning ishlab chiqilishi va ajratilishini kuchaytiradi. Gormon tasiriga moyil hujayralarning membranasida har bir gormonni alohida taniydigan va u bilan oʻziga xos munosabatda boʻladigan retseptorlar mavjud. Ayrim bezlar funksiyaning zoʻrayib ketishi natijasida gormonni ortiqcha ishlab chiqarilishi giperfunksiya yoki faoliyatning susayishi
natijasida kam ajratilishi gipofunksiya bilan bogʻliq.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Oʻsish va jinsiy gormonlar organizmning oʻsishi va rivojlanishini boshqaradi
2. Aralash bezlarning toʻqimasi ikki qismdan iborat boʻlib bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlariga oʻxshab tashqi muhitga chiqariladi ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlari singari organizmning ichki muhitiga yani qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga meda osti va jinsiy bezlarni kiritishimiz mumkin.
Oshqozon osti bezi gormoni organizmda insulin gormoni yetishmasligi uglevodlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Qonda shakarning miqdorini koʻpayishi va siydikda shakarning miqdorini koʻpayib ketishi natijasida qandli diabet kasalligi kelib chiqadi. Insulinning biologik ahamiyati glikogenning biosintezi uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Birinchidan insulin glukokinaza fermentining faolligini oshiradi yani ATP ishtirokida glukoza fosfat hosil boʻlishini katalizlaydi. Ikkinchidan glikogenni biosintezini tezlashtiradi. Uchinchidan glikogensintetazaning faolligini oshiradi.
Jinsiy gormonlar jinsiy bezlar urugʻdonlar bilan tuxumdonlar ishlab chiqaradi. Ayollar jinsiy gormonlari esterogenlar boʻlib asosan tuxumdon va sariq tanada ishlab chiqariladi. Tuxumdon gormonlari esterogenlar qatoriga esteron stiol va estradiol kiradi. Esterogenlar uglevodorod estronning hosilasidir. Erkak jinsiy gormonlari androsteronning hosilasidir. Odamlarda jinsiy bezlarning atrofiylanib ketishi organizmda oksidlanish jarayonlarining susayishiga va yogʻ zaxiralarida yogʻ toʻplanishiga olib keladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Mirxamidova Muxamedov Babaxanova Biokimyo
2 libraru uz
Dostları ilə paylaş: |